Texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/64
Sana31.12.2021
Hajmi3,12 Mb.
#199367
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
RAX qo'llanma ўқув бўлими

«Mustahkamlash» rejimi. Mazkur rejimda oʻquvchi «Oʻrganish» 
rejimida olgan bilimini mustahkamlaydi.  
Bu yerda oʻquvchiga mavzu matni berilmaydi. Ehtiyoj tugʻilganda 
u «Oʻrganish» rejimiga oʻtib, mavzu matnini yana oʻqib olishi mumkin.  
“Mustahkamlash”  rejimi  uchun  interaktiv  mashq,  animatsiya,  tasvir, 
videolavha  va  oʻyin-lavha  bloklari  tavsiya  etiladi.  (Bu  yerda  tasvir 
“Oʻrganish” rejimidagidan farqli koʻrinishda, ya’ni mavzuga oid barcha 
tasvirlar  toʻplami  (galereyasi)  koʻrinishida  beriladi.)  Keltirilgan 
materiallar  asosida  oʻquvchi  oʻtilgan  materialni  soʻzlab  berishga 
tayyorgarlik koʻradi.  
Bundan  tashqari  rejimda  oʻquvchiga  oʻz-oʻzini  tekshirish  testini 
bajarish  tavsiya  etiladi.  Testni  qayta  bajarish  imkoniyati  mavjud.  Bu 
yerdagi test savollari joriy mavzu boʻyicha tuzilishi kerak.    
Ikki  rejimda  («Oʻrganish»  va  «Mustahkamlash»)  ham  qidiruv 
tizimiga ega boʻlgan izohli lugʻatga murojaat qilish imkoniyati boʻlishi 
lozim. 
Bayon etilgan pedagogik va texnologik senariy asosida ishlangan 
elektron  darslik  yangi  mavzuni  tushuntirish  va  mavzu  materiallari 


87 
oʻzlashtirilishini  nazorat  qilish  orqali  sinf-dars  mashgʻulotlari 
samadorligini oshirishga xizmat qiladi. 
Sinf-dars  mashgʻulotlarida  olingan  bilimlarni  mustahkamlash,  uy 
vazifasini  bajarish  va  oʻz  bilimini  tekshirish  jarayonida  elektron 
darslikdan  foydalanish  oʻquvchilarning  darsdan  tashqarida  oʻquv 
materiallari bilan ishlash jarayoni samaradorligini oshiradi.   
6-sinf  uchun  Geografiya  fanidan  elektron  darsligi  misolida 
yuqorida  bayon  etilgan  elektron  darslik  yaratish  texnologiyasining 
afzalliklarini keltiramiz. 
Elektron darslik bosh ish darchasi (4.5-rasm) da keltirilgan. 
 
4.5-rasm. 
«Oʻrganish»  va  «Mustahkamlash»  rejimlari  bandlari  4.6-  va  4.7- 
rasmlarda koʻrsatilgan.  
 
 
4.6-rasm. 
 
4.7-rasm. 
Elektron darslik yaratishning asosiy bosqichlari: 
1. 
Predmetni  va unga oid  manbalarni tanlash, aniqlash; 
2. 
Muallif  bilan  uning  materialini  qayta  ishlashga  ruxsat 
beruvchi shartnomani imzolash; 
3. 
Mundarija va tushunchalar roʻyxatini tayyorlash; 


88 
4. 
Matn  koʻrinishidagi  materiallarni  tayyorlash  (asosiy  matn, 
qoʻshimcha matn, test, savollar, topshiriqlar, lugʻat, yordam va h.k.); 
5. 
Multimedia  (tasvir,  animatsiya,  video,  audio)    uchun 
materiallarni aniqlash va ularni tayyorlash; 
6. 
Materiallar oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrnatish (dasturlash); 
7. 
Sinov-tajribadan oʻtkazish; 
8. 
Foydalanish boʻyicha metodik  qoʻllanmani tayyorlash; 
9. 
Elektron  darslik  haqidagi  tashqi  ma’lumotlarni  yaratish. 
Qadoqlash boʻyicha normativ hujjat mavjud (GOST 7.83-2001. Elektron 
nashrlar. Asosiy turlari va chiquvchi ma’lumotlar). 
4.2-jadval. 
OʻzDst 2310:2011. Elektron nashrlar. Asosiy turlari va chiquvchi 
ma’lumotlar  boʻyicha  elektron  nashlarni  qadoshlash  talablari.  Unda 
mahsulotni tashuvchi sifati kompakt holda keltiriladi [8].  
BSh – boʻlshi shart, ShE – shart emas, F –fakultativ. 
Chiquvchi ma’lumot 
elementlari 
Joylashish oʻrni 
Titul 
ekra-
ni 
Ta-
shuv-
chi 
etike-
tasi 
Bir-
lamchi 
qadoq-
lash 
Ikki-
lamchi 
qadoq-
lash 
Chop 
etilgan 
qoʻl-
lanma 
Elektron nashr 
yaratishda ishtirok 
etgan yuridik va 
jismoniy shaxslar 
haqida ma’lumot 
BSh 
BSh 
BSh 
BSh 
BSh 
Elektron nashr nomi 
BSh 
BSh 
BSh 
BSh 
BSh 
Yaratuvchilarning  
manzillari, kontakt 
telefonlari, elektron 
pochtasi 
BSh 
BSh 
BSh 
BSh 
BSh 
Nashr yili 

ShE 
ShB 
ShB 
ShE 


89 
Minimal tizimiy 
talablar 



ShB 
ShB 
Mualliflik huquqi 
belgisi 
BSh 
BSh 
BSh 
BSh 
BSh 
Bibliografik yozuvi 

ShE 

BSh 

Annotatsiya 

ShE 

BSh 

 
Elektron  darslik  yaratishda  quyidagi  mutaxassislarning  ishtiroki  
talab etiladi: 

 
Malakali soha mutaxassisi. Uning vazifasiga sohani (fanni),  
obyektni  tanlash,  Davlat  ta’lim  standartlari  mosliginini  ta’minlash,  
senariychi  mutaxassis  bilan  birgalikda  mavzular  boʻyicha  senariyni 
yaratishda  qatnashish,  ovozlashtirish  uchun  (suxandon  oʻqishi  uchun) 
matnni tayyorlash kiradi.   

 
Senariychi  mutaxassis. Elektron darslik senariysini tuzishda 
qatnashadi. 

 
Dasturchi-dizayner. 
Elektron 
darslikka 
qoʻshiladigan 
tasvirlarni  qayta  ishlash,  menyu,  ishchi  darcha  dizayni  va  mahsulotni 
tayyor holga keltirish uchun bezaklarni yaratishni amalga oshiradi.  

 
Dasturchilar.  Mavzuning  barcha  materiallarini  ekranga 
chiqarish,  eshittirish,  videoni  namoyish  etishni  ta’minlash  va  ularni 
tayyorlash  bilan  shugʻullanadilar.  Matnni  formatlash,  tasvirlar 
galereyasini  yaratish,  audio  axborotlarni  ishlash,  video  axborotlarni 
ishlash,  nochiziqli  montaj  qilish  va  animatsiya  materiallarni  ishlash 
ularning zimmasida.  

 
Suxandon. Matnni ifodali oʻqishni amalga oshiradi.  
Elektron  darslikni  yaratish  jarayonida  yuqoridagi  mutaxassislar 
safiga koʻpincha quyidagilar qoʻshiladilar: 

 
Malakali  pedagog-uslubchi  (amaldagi  darslik  muallifi 
maqsadga muvofiq).  

 
Amaliyotchi  pedagog.  Yaratilgan  mahsulotni  sinashda    va 
foydalanuvchi  qoʻllanmasini  yaratishda  ishtirok  etish  uning  vazifasiga 
kiradi. 


90 
 

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish