Skaner ish zonasi — skanerlash mumkin boʻlgan hujjatning
maksimal oʻlchami. Bu oʻlcham konstruksiyaga bogʻliq. Qoʻl skanerlari
va barabanli skanerlar uchun aslning faqat eni chegaralansa, planshenli
va proyeksion skanerlar uchun boʻyi va eni boʻyicha chegaralanadi
(masalan, A4 format).
Skanerlash tezligi — odatda oq-qora asl tasvirni maksimal optik
oʻtkazuvchanlik bilan oʻtkazishga ketgan vaqt. Bu koʻrsatkich
kompyuter tezligiga, operativ xotirasiga hamda apparat interfeysiga
(kompyuter bilan skaner ulanishiga) bogʻliq. Har xil interfeyslar mavjud:
LPT, USB, ISA, SCSI, PCMCIA va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |