Texnologiyalari universiteti


Sotali aloqa konsepsiyasi va qurish tamoyillari



Download 1,46 Mb.
bet42/125
Sana01.01.2022
Hajmi1,46 Mb.
#280081
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125
Bog'liq
5f5afe676c9254.307623391-1611

Sotali aloqa konsepsiyasi va qurish tamoyillari. 1947 yilda Bell laboratories birinchi marta sotali aloqani qurish tamoyilini taklif etdi. Uning ma’nosi shundan iboratki, R0 radiusli butun xizmat ko‘rsatiladigan zona (hudud) R radiusga ega bo‘lgan yacheykalarga shartli bo‘linadi. Yacheykaning ideal shakli aylana, lekin maydonlar va o‘zaro ta’sirlarni hisoblash oddiy bo‘lishi uchun asosga to‘g‘ri olti burchaklik olingan. Real jihatdan yacheyka joyning relefi, qurilishlar

va boshqa omillarning ta’siri tufayli noto‘g‘ri aylana shakliga ega bo‘ladi (2.1-rasm) [1,6,10].

Yacheykalarda bo‘lgan harakatdagi abonentlarga BTSlar xizmat ko‘rsatadi, ular har bir MSga undan chaqiruv kelganida bo‘sh chastotalar kanalini taqdim etadi. Barcha BTSlar kommutatsion tizim yordamida bir-birlari bilan ulanishi mumkin, shuningdek oddiy TLF tarmoqqa chiqishga ega bo‘ladi.

Kommutatsion tizim MS ko‘rinishida jamlangan yoki taqsimlangan bo‘lishi mumkin, bu bunday xizmat ko‘rsatish turiga dastlabki xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Taqsimlangan holda kommutatsiyalash tugunlari BTSga o‘rnatiladi. Qabul qilish- uzatish qurilmalari bilan jihozlangan har bir BTS orqali chastotalar kanallari to‘plami beriladi, binobarin, himoya intervali bilan ajratilgan har bir BTSlarda o‘sha bir kanallar takroran ishlatiladi, bu HSATning asosiy tamoyili bo‘lib, u tizimning yuqori chastotaviy samaradorligini aniqlaydi. Turli chastotalar kanallarini ishlatadigan yonma-yon BTSlar S stansiyalardan guruhni hosil qiladi (2.2- rasm).


2.1- rasm. HSAT xizmat ko‘rsatish hududi


S qiymat tizimning chastotaviy parametri (klasteri) hisoblanadi va SHATning bo‘lishi mumkin kanallari sonini aniqlaydi.


2.2-rasm. Yonma-yon stansiyalar guruhi

Agar har bir BTSda to‘plam Fk polosa kengligili L kanallardan tashkil topsa, u holda HSATning uzatish yo‘nalishidagi polosasining umumiy kengligi Fc=FkℓCni tashkil etadi. R0 radiusli xizmat ko‘rsatish hududidagi BTSlar soni (L) taxminan quyidagicha aniqlanadi:


L=1,21 (Ro/R)2

U holda butun xizmat ko‘rsatish hududidagi aktiv abonentlar soni N=Lℓ kabi, chastotalar spektridan foydalanish samaradorligi esa quyidagicha aniqlanadi:



o
G=N/Fc=L/FkS = 1,21 R 2/ FkCR2

ya’ni u ℓ to‘plamdagi kanallar soniga bog‘liq bo‘lmaydi va yacheykaning R radiusi kamayishi bilan ortadi. Bu yerdan kelib chiqadiki, yacheykaning R radiusi qanchalik kichik bo‘lsa, chastotalarni shunchalik tez-tez takrorlash, ya’ni ulardan bir vaqtda

foydalanish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, S chastota parametrining kichikroq qiymatini tanlash kerak bo‘ladi.

Yacheykalarning shakli olti burchakli shaklga ega bo‘lganida S kattalik va D interval (takrorlanadigan chastotalar orasidagi interval) orasidagi optimal nisbat o‘z o‘rniga ega bo‘ladi:


C=(D/R)2/3
Bundan tashqari. yacheykalarning shakli olti burchakli shakli MS uzatkichining cheklangan quvvatili va chastotalar kanallarining taqsimlanishini tizimlashtirish imkoniyatli tizimdagi doiraviy zonaning eng yaxshi approksimatsiyalanishini ta’minlaydi.

Ko‘rib chiqilgan hududni ikki o‘lchamli qamrab olish sxemasi yacheykalarni bitta uzun liniya bo‘ylab chiziqli joylashishi sxemasidan biroz farqlanadi. Chiziqli joylashish tizimlarni radial yo‘nalishda, masalan, avtomagistrallar bo‘ylab qurishda eng katta qiziqishni uyg‘otadi. Bunda chastotalar kanallarining minimal zarur soni S = D/2R sifatida aniqlanadi.

Ishlatish tajribasi va hisoblashlar ko‘rsatadiki, R va D/R nisbatni kamaytirish HSATda yuqori o‘tkazish qobiliyati va chastotaviy samaradorlikka erishishga imkon beradi. Lekin, yacheyka radiusini o‘ta kamaytirish abonentlarning harakatlanishida yacheykalarning shartli chegaralarini kesishilari sonini keskin ortishiga olib keladi. Shunga ko‘ra, ishlov berishni talab qiladigan ma’lumotlar oqimi ortadi, bu boshqarish va kommutatsiyalash nimtizimlarining o‘ta yuklanishiga va buning natijasida tizimning rad etishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, R ning kichik qiymatlarida real joy sharoitlaida BTS antennasining aniq joylashishidan og‘ishi o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin. Hisoblashlar ko‘rsatadiki, R = 1,6 kmda BTS antennasining geometrik markazga nisbatan chorak radiusga surilishi BTS qabullagichi kirishidagi signal/shovqin nisbatini 10 %ga kamayishiga olib keladi.

D/R qiymat o‘zaro halaqitlarning berilgan sathi orqali aniqlanadi, D/Rning kichik qiymatlarida qabul qilishning yuqori halaqitbardoshligini saqlashga yo‘naltirilgan maxsus choralarn ko‘rish talab qilinadi. Halaqitbardosh qabul qilishni oshirish usullaridan biri yo‘naltirilgan antennalardan foydalanish hisoblanadi. Masalan, AMPS (AQSH) tizimida qabullagich kirishidagi berilgan signal/shovqin nisbatida yo‘naltirilmagan antennalar o‘rniga uchta 120°li

antennalarning qo‘llanilishi (2.3- rasm) chastota parametrini S=7 gacha kamaytirishga (yo‘naltirilmagan antennalar uchun S=12) imkon beradi.

2.3- rasm.AMPS tizimidagi antennalar



Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish