CDMA-2000 1XEV. Bu standart 1X standartning keyingi takomillashtirilishi hisoblanadi. Uning yordamida chastotalar spektridan eng samarali foydalanishga erishiladi, ma’lumotlarni uzatish o‘tkazish qobiliyati oshadi, o‘sha bir 1,25 MGs chastotalar polosasida eng yuqori 2 dan 5 Mbit/sgacha ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishiladi. Bunda xavf kamayadi va operatorlik kompaniyalarining kapital qo‘yilmalari himoyalanadi. Operatorlarning ehtiyojlarini aniqlash bilan 1XEVda takomillashtirishning ikkita bosqichi ko‘rsatiladi. Birinchi bosqichning borishida ma’lumotlarni samaraliroq uzatish usuli uchun 2,4 Mbit/sdan ortiq ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishish talab qilinadi. Ikkinchi bosqichning amalga oshirilishida real vaqt ko‘lamida ovoz va ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |