HSATda chastotaviy rejalashtirish. Kanallarn taqsimlash usullaridan biri ikkilangan tuzilma usuli hisoblanadi. Bu usulnng eng oddiy qoidasiga muvofiq, BTSga k, k + ℓ, k+ ℓS nomerlarga ega bo‘lgan kanallar to‘plam ajratiladi, bu yerda k – turli tplamlarni ishlatadigan stansiyalar guruhidagi BTSning nomeri, ya’ni k = 1,2 … S. Masalan, 3 raqami bilan belgilangan yacheykalarda k = 7 da 3,10,17,24 …va h.k. kanallar ishlatiladi.
Yo‘naltirilgan antennalarli tizimda simvollararo halaqitlarni so‘ndirish yonma-yon kanallar antennalarining mos fazoviy yo‘naltirish hisobiga yanada samarali bo‘ladi.
Bunday chastotaviy rejalashtirishning (qayd etilgan) boshqa usullari simvollararo halaqitlar darajasin ta’minlash bo‘yicha taxminan o‘sha natijani beradi.
CHastotalar kanallarini qayd etilgan taqsimlash usulidan tashqari, dinamik taqsimlash usuli ma’lum, uning asosiy vazifasi kanallardan foydalanish samaradorligini oshirish va bu yacheykaning barcha kanallari band bo‘lganida chaqiruvni blokirovkalanishi ehtimolligini kamaytirish hisoblanadi. Bunda barcha kanallari band bo‘lgan BTSlarga aloqa seansi vaqtiga qo‘shni yacheykalardan kanallar taqdim etiladi.
Shuningdek kanallarni taqsimlashning aralash usullarini ham ishlatish mumkin. Bunday tizimlarda har bir BTSga qayd etilgan kanallar soni, shuningdek bir qancha dinamik taqsimlangan kanallar
ajratiladi. Bunday qurishda chaqiruvni blokirovkalanshi ehtimolligi ham mavjud bitta kanalga yuklamaga, ham qayd etilgan va dinamik kanallar sonlari orasidagi tanlangan nisbatga bog‘liq bo‘ladi.
Dinamik va aralash taqsimlashning muhim avzalligi ular bitta kanalga telefon yuklamasini, agar uning zichligi o‘zgarmas bo‘lmasa, tenglashtirishni amalga oshirishga imkon berishi hisoblanadi. Qayd etilgan taqimlashda bunga yacheykaning radiusini kamaytirish, shuningdek yuqori trafikli joylarda BTSga kanallar sonini oshirish yo‘li bilan erishiladi. Bunday tamoyil bo‘yicha tizimning dastlabki ishga tushirilishi amalga oshiriladi, ya’ni dastlab yirik yacheykalarli bir necha BTSlar kiritiladi, keyin esa sotali panjaraning bosqichma- bosqich bo‘linishi yo‘li bilan tizim maksimal o‘tkazish qobiliyati rejimiga o‘tadi.
HSATni loyihalashtirishda nafaqat chastotaviy rejalashtrish va kanallarni taqsimlash masalalarini o‘rganish, balki UQTni shahar va shahar oldi zonalarini tarqalishin tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega. Ko‘p karrali qaytish (ko‘p nurlilik) mumkin bo‘lgan shahar va qishloq joylari sharoitlarida UQTning tarqalishini o‘tkazilgan ko‘p sonli tadqiqotlari ko‘rsatdiki, radioto‘lqinlarning so‘nishi sezilarli tarzda faqat BTS antennasining h balandligiga bog‘liq bo‘ladi va uning ortishi bilan kamayadi. Bundan tashqari, signalning quvvati antennalar orasidagi masofaga bog‘liq ravishda deyarli bir xil o‘zgaradi.
HSATga, bir tomondan aralash kanallarli yacheykalarning o‘zaro halaqatlari, boshqa tomonda kanallararo halaqitlarning mavjudligi bilan shartlanadigan ichki tizimli halaqitlar ham xususiyatli hisoblanadi. O‘zaro halaqitlar sathi S va D tarmoqlarning tanlangan parametrlari orqali aniqlanadi, ular berilgan o‘tkazish qobiliyati va ajratlgan chastotalar polsasida halaqit qiluvchi stansiyalar sonin aniqlashga imkon beradi. Agar umumiy BTSlar soni katta bo‘lmasa, ya’ni L S qiymatdan sezilarli ortiq bo‘ladi, u holda tizimda bir yoki bir necha halaqit qiluvchi stansiyalar bo‘lishi mumkin.
Ichki tizimli halaqitlarni hisoblashning turli uslublari mavjud. Ular bo‘yicha hisoblash natijalari taxmnan bir xil. Bunday hisoblashlarni tahlil qilish ko‘rsatdiki, halqitbardoshlikni oshirish va spektrdan yanada samarador foydalanish uchun BTSga yo‘naltirilgan 120° - antennalarning o‘rnatilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu holda har bir BTS olti burchakli yacheykaning burchaklaridan biriga joylashtiriladigan va shunday tarzda bir vaqtda uchta yacheykani
qamrab oladigan uch sektorli antennaga ega. Har bir yacheykaga uchta BTSlardan uchta sektorlar to‘g‘ri keladi, u holda BTSlarning umumiy soni tizimning yacheykalari soniga teng bo‘ladi. MS olti burchakli yacheykaning burchaklaridan biriga joylashadigan yomon hol uchun S=1da, qabullagich kirishidagi signal/halaqit nisbati 1,7 dB qiymatgacha ortadi. Umumiy holda ko‘rinadiki, yo‘naltirilgan nurlanish HSATda o‘zaro halaqitlar darajasni kamaytirishning samarali chorasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |