Texnologiyalari universiteti qarshi filiali "kompyuter injiniringi"



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.06.2022
Hajmi0,57 Mb.
#694314
  1   2   3
Bog'liq
6 - Amaliy ish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT 
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
“KOMPYUTER INJINIRINGI”

fakulteti


4 - bosqich
ATS-11-18
guruh talabasi
Halimov Dostonning
“Internet of things (IoT)”
fanidan tayyorlagan
 
6-amaliy mashg’ulot 
Bajardi
:
Halimov D 
Qabul qildi: Ochilova .S
 


Internet of things (IoT) tizimini iqtisodiy samaradorligi tahlili. 
 
Ishdan maqsad
: Internet of things (IoT) tizimini iqtisodiy samaradorligi 
tahlili bilan tanishish.
Bugungi kunda insoniyat turmush tarziga zamonaviy axborotkommunikatsiya 
texnologiyalari (AKT)ning keskin kirib kelishi hamda iste’molchining mahsulotga 
bo‘lgan talablari, jumladanб mahsulot haqida to‘liq ma’lumotga oson va qulay ega 
bo‘lish, dunyoning har nuqtasidan buyurtma bera olish, mahsulot shaklini shaxsiy 
xohish irodasiga ko‘ra o‘zgartira olish, tezkor ega bo‘lish va shu kabilar natijasida 
ijtimoiy munosabatlar o‘zgarib, raqobatlashuv sharoitida rivojlanayotgan korxona 
va jamiyatlarning yangi boshqaruv texnologiyalari va platformalarini yaratishiga 
turtki bo‘ldi.
Yangi texnologiyalar va platformalar korxona boshqaruvida, iste’molchilarda 
va barcha aloqador faoliyatlarda katta masshtabda tranzaksion xarajatlarni 
qisqartirishga olib keldi hamda davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida 
yaqindan aloqalar o‘rnatilishini vujudga keltirdi. Natijada tarmoq xizmatlariga 
asoslangan, ya’ni raqamli iqtisodiyot shakllandi. Raqamli segmentning kengayib 
borishi bazaviy sabablaridan biri bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar YaIMning 
70 foizni tashkil etadigan tranzaksion sektorning rivojlanishi hisoblanadi.


Bugungi kunda davlat boshqaruvi idoralari va korxonalar tomonidan katta 
masshtabda o‘rganilayotgan va joriy etilayotgan yangi texnologiyalar qatoriga 
buyumlar interneti texnologiyasi, “bulutli” hisoblash texnologiyasi, katta 
ma’lumotlar, blokcheyn hamda elektron hukumat tizimlari kiradi.
Raqamli iqtisodiyotdagi biznes modellarini tavsiflash avvalida, ularning 
bazaviy metodoligiyasiga hisoblangan BMDI (Business Model Development & 
Implementation)ga qisqacha tarif berib o‘tamiz. BMDI – bu kreativ yondashuvga 
asoslangan kuchli, biroq texnologik nuqtai nazardan mustaqil bo‘lgan innovatsion 
biznes modeli hisoblanadi (Brown 2008).
6.1-rasm. Aqlli ombor
Ushbu model asoschisi SAP bo‘lib, undan foydalanish maqsadi kelgusida 
biznes yuritish talablariga moslashishi va faoliyat jarayonini jadallashtirilgan 
ravishda o‘zgartirishga erishishdir (Doll and Eisert 2014). Raqamli biznesda ko‘plab 
muvafaqqiyatga erishgan kompaniyalar o‘zlarning biznes modellari asosi sifatida 
BMDIdan foydalanadi. Biroq ushbu modelning kamchiligi sifatida uning raqamli 


transformatsiyaga integratsiya qilinmaganida. Ammo, bu model boshqa yangi biznes 
modellarga fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi.
Faith Shimba 2010-yilda “bulutli” hisoblash bo‘yicha olib borgan tadqiqotida 
ushbu iqtisodiy modelga ko‘ra endilikda tashkilotlar AKTni butunlay sotib olish va 
uni texnik tomondan qo‘llab-quvvatlashi shart emas, bulutli texnologiyalar 
yordamida barcha AKT resurslaridan foydalanganligi uchun to‘lov amalga oshirishi 
mumkin xolos.
Plummer va boshqalar ta’kidlashicha, “bulutli” hisoblash texnologiyasi 
ko‘plab tashqi mijozlar uchun Internet texnologiyalaridan xizmat sifatida 
foydalanish imkonini beruvchi katta masshtabga ega va elastik hisoblash stili 
deyiladi.
Sun va boshqalar (2012) buyumlar interneti texnologiyasi ekotizimi orqali 
amalga oshiriladigan biznesni an’anaviy biznes yuritish usuliga solishtirganda 
an’anaviy usul allaqachon o‘z dolzarbligini yo‘qotganligini ko‘rish mumkin. 
Boshqacha qilib aytganda, buyumlar interneti texnologiyasi bozor shartlariga tezroq 
moslashishini ta’minlaydi.
Raqamli iqtisodiyotda bulutli hisoblash bo‘yicha biznes vakillari AKTga 
ehtiyoji bo‘lgan korxonalarga uchta yo‘nalishda xizmatlarni taqdim etadi. Jumladan, 
infratizimni xizmat sifatida (IaaS), platformani xizmat sifatida (PaaS), dasturiy 
mahsulotlarni xizmat sifatida (SaaS) o‘z mijozlariga taklif etadi. Qizig‘i shundaki, 


barcha foydalanuvchilar uchun xoh u milliy bo‘lsin, xoh xorijiy o‘z xizmatlarini 
taklifini bemalol ko‘rsata oladi (Cloud Security Aliance 2009).
Demak, ta’kidlab o‘tilgan 3 turdagi xizmatlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 
mijozlarga yetib boradi:
Jamoat buluti (Public cloud)- bulutli xizmat ko‘rsatishning ushbu modeli 
orqali barcha jamoatchilik uchun ochiq foydalanishga ruxsat etiladi. Bunda 
foydalanuvchilarning xizmatdan foydalanishda xavfsizlik darajasini xizmatni 
taqdim etgan tomon o‘z zimmasiga oladi, chunki foydalanuvchi tomonidan to‘lov 
amalga oshiriladi. Bunga yaqqol misol sifatida, “Amazon Web Services EC2”ni 
ko‘rsatish mumkin.
— Xususiy sektor buluti (Private cloud) bunda foydalanuvchi xususiy sektor 
vakillari bo‘lib, o‘zlarida AKTga bo‘lgan ehtiyojlarini minimallashtirish maqsadida 
foydalanishadi. Chunki har qanday kichik korxonalarda AKT resurslarini saqlashga, 
boshqarishga, qo‘llab-quvvatlashga imkoniyat yo‘q.
— Gibrid buluti (Hybrid cloud) bu model o‘z nomidan ko‘rinib turganidek, ham 
jamoatchilik uchun ham xususiy sektor uchun birday xizmat ko‘rsatadi. Bunda 
asosiysi, har ikki vakillar tomonidan foydalanadigan bulutli texnologiyalarni 
integratsiyalashdir.
— Uyushmalar buluti (Community cloud) ushbu modeldan bir manfaatga ega 
bo‘lgan turli tashkilotlar uchun umumiy AKT infratizimini taqsimlab berish orqali 
xizmat ko‘rsatadi (CSA 2009).
Buyumlar internetiga asoslangan biznes modelning quyidagi tarkibiy qismlari 
mavjud;
— Jismoniy erkinlik – bu tarkibiy qism raqamli xizmat bilan qo‘shimcha 
qiymatlarsiz sotiladigan jismoniy shaxslar aktivlarini ifodalaydi. Mijozlarning ko‘p 
qismi ushbu holatni xizmat ko‘rsatilgandan keyin tanlaydilar.
— Raqamli qo‘shilgan qiymat yoki qo‘shimcha – jismoniy shaxslar aktivlari juda 
arzon narxda sotiladi. Vaqt o‘tishi bilan xaridor har qanday raqamli xizmatni katta 
marja bilan faollashtirish yoki xarid qilishi mumkin.


— Raqamli qulflash – bu qo‘l bilan teginish orqali amalga oshiriladigan, kafolat va 
xavfsizlikni ifodalaydigan sezuvchan raqamli qulflashni ifodalaydi.
— Mahsulot sotish nuqtasi – mijozlar mahsulotlardan mahsulot sotish nuqtasi 
sifatida foydalanishi mumkin, bunda smartfonlar va identifikatsiya texnologiyalari 
misol bo‘la oladi.
— O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish obyekti – bu mahsulotning Internet orqali o‘z-o‘ziga 
xizmat ko‘rsatishini ifodalaydi.
— Masofdan foydalanish va holatni monitoring qilish – “Aqlli” buyumlar o‘z 
egalariga yoki ma’lumotlar markaziga holat yuzasidan axborot berib turishi 
mumkin. Yoki masofadan turib, internet orqali boshqarish imkoniyatini beradi.
Katta ma’lumotlar biznes modelini quyidagi jadval asosida tushuntirishimiz 
mumkin;

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish