5. OShKORA KALITLI KRIPTOTIZIMLAR
5.1. Oshkora kalitli kriptotizimlarning umumiy xususiyatlari
Simmetrik kalitli krpitoalgoritmlar asosida yaratilgan kriptotizim axborotkommunikasiya tarmoqlarida ma’lumotlar almashinuvining muhofazasini ta’minlash masalalarini yechishda qanchalik ishonchli bo‘lmasin, bari bir undan amalda foydalanish jarayonida ayrim qo‘shimcha xavfsizlikni ta’minlash masalalari kelib chiqib, ularning yechilishi talab etiladi. Shunday masalalardan biri kalitlarni tizim foydalanuvchilariga tarqatish masalasidir. Ishlab chiqilgan bardoshli kalitlarni tizim foydalanuvchilariga yetkazish xavfsizligi kafolatli ta’minlangan bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun esa qo‘shimcha holda yana biror boshqa kriptotizimdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bu masala yechimining qo‘shimcha kriptotizimdan foydalanmay hal etilishi klassik va zamonaviy algebrada olingan ilmiy natijalar asosida yaratilgan ochiq kalitli (oshkora kalitli, nosimmetrik) kriptotizimlarning vujudga kelishi bilan amalga oshirildi [2, 14].
Ochiq kalitli kriptotizim mohiyati har bir foydalanuvchi uchun birini bilgan holda ikkinchisini topish, yechilishi murakkab bo‘lgan masala bilan bog‘liq kalitlar juftligini yaratishdan iborat. Bu juftlikni tashkil etuvchi kalitlardan biri ochiq (oshkora), ikkinchisi maxfiy (shaxsiy) deb e’lon qilinadi. Ochiq kalit oshkora e’lon qilinadi, maxfiy kalit faqat uning egasigagina ma’lum bo‘ladi. Biror foydalanuvchining ochiq kalitini bilgan holda uning maxfiy kalitini topishning amaliy jihatdan mumkin emasligi, yechilishi murakkab bo‘lgan masalaning hal etilishini talab qilishi bilan kafolatlanadi. Ochiq ma’lumot, shu ma’lumotni olishi kerak bo‘lgan foydalanuvchining ochiq kaliti bilan shifrlanib unga uzatiladi.
Shifrlangan ma’lumotni olgan foydalanuvchi faqat uning o‘ziga ma’lum bo‘lgan maxfiy kalit bilan uni deshifrlab, ochiq ma’umotga ega bo‘ladi.
Kriptotizimning har bir i - foydalanuvchilarining ochiq kio va maxfiy kiм kalitlari maxfiy tutilishi lozim va shart bo‘lgan piм - parametrga yoki barcha foydalanuvchilar uchun umumiy bo‘lgan p м - parametrga bog‘liq holda biror Qqoida bo‘yicha ishlab chiqiladi (generasiya qilinadi). Bunda ochiq kalit kio va generasiya qoidasi Q ma’lum bo‘lsada, maxfiy piм yoki p м parametrni bilmaslik kiм - maxfiy kalitni aniqlash imkoniyatini bermaydi.
Shifrlash qoidasi E va deshifrlash qoidasi D deb belgilansa, j– foydalanuvchi M -ochiq ma’lumotni shifrlab, C -shifrlangan ma’lumotni i– foydalanuvchiga jo‘natishi uchun i–foydalanuvchining barchaga ma’lum bo‘lgan kio -ochiq kalitidan foydalanadi, ya’ni Ekio (M) C - shifrma’lumotni i– foydalanuvchiga ochiq aloqa tarmog‘i orqali yuboradi. Bu Ekio (M) C shifrma’lumotni qabul qilib olgan i –foydalanuvchi, faqat uning o‘ziga ma’lum bo‘lgan o‘zining kiм - maxfiy kaliti bilan deshifrlaydi, ya’ni Dkiм (C) М - ochiq ma’lumotga ega bo‘ladi. Shifrlash qoidasini aniqlovchi akslantirish Ekio (M) C bir tomonlamalik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni E - akslantirish, kio - ochiq kalit va C - shifrma’lumotni bilgan holda M - ochiq ma’lumotni aniqlash imkoniyati yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |