Texnologiyalari universiteti kriptografiyaning matematik asoslari


O‘rin almashtirishga asoslangan shifrlash algoritmlarining xususiyatlari va matematik modeli



Download 2,95 Mb.
bet37/80
Sana12.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#779691
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80
Bog'liq
61a1f802400240.80551248

4.3. O‘rin almashtirishga asoslangan shifrlash algoritmlarining xususiyatlari va matematik modeli


O‘rin almashtirishga asoslangan shifrlash algoritmlarining asosiy xususiyati ochiq ma’lumot va shifrma’lumot alifbosi belgilarining bir xilligidadir, ya’ni shifrma’lumotni tashkil etuvchi belgilarning ma’nosi mos keluvchi ochiq ma’lumotdagi belgilarning ma’nosi bilan bir xil bo‘ladi. Haqiqatan ham, o‘rin almashtirishga asoslangan shifrlash jarayonida ochiq ma’lumot alifbosi belgilari o‘rinlari almashtirilishi natijasida shifrma’lumot hosil qilinadi. Misol uchun, shartli ravishda, biror alifboda tuzilgan ushbu “ x1x2 ...xN ” – ochiq ma’lumotdan, uni tashkil etuvchi shifr qiymatlar o‘rinlarini almatirish natijasida “ xi1 xi2 ...xiN ” –shifrma’lumot hosil qilingan bo‘lsa, u holda kalitni ifodalovchi 1i1, 2 i2 , ...,N iN - o‘rin
almashtirishlar soni ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alifbo belgilarining soni bilan teng. Kalitni ifodalovchi funksiyani ushbu 4.11- jadval ko‘rinishida berish mumkin.
4.11- jadval

Tartib sonlar

1

2

3

...

N-2

N-1

N

Shifr qiymatlarining
ochiq ma’lumotdagi o‘rni

x1

x2

x3


xN2

xN1

xN

Shifr qiymatlarining
shifrma’lumotdagi o‘rni

x
i1

xi2

xi3


xiN2

xiN1

xiN

bu yerda 1 i j N . Umumiy holda o‘rin almashtirishga asoslangan shifrlash
algoritmlari akslantirishlari ochiq ma’lumot shifr qiymatlarining shifrlanuvchi ma’lumot matnida joylashgan o‘rnini belgilovchi indekslar ustida amalga oshirilib, shifr qiymatlarning shifrma’lumotda joylashish o‘rnini belgilovchi indekslarini aniqlaydi, ya’ni o‘rin almashtirish qoidasini – funksiyasini aniqlaydi. Keltirilgan jadvalli funksiyaga mos analitik formula ko‘rinishidagi funksiya: f (i)mod(N 1)  ji yoki xi x f (i) mod(N1) xij bo‘lishi mumkin. Bu yerda f () -
indekslar o‘rin almashtirish qoidasini aniqlovchi funksiya.
O‘rin almashtirishga asoslangan shifrlash algoritmlarining kaliti uzunligi, umuman olganda, shifrlanishi kerak bo‘lgan ma’lumot uzunligiga, ya’ni ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alifbo belgilarining soniga teng. Bundan tashqari, ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alifbo belgilarining chastotaviy xususiyatlari to‘laligicha shifrma’lumotga o‘tadi. Bunday holatlar amaliy tatbiq imkoniyatlarini cheklaydi. Shunday bo‘lsada ularning samarali tatbiqlarini ta’minlashga qaratilgan sinflari mavjud. Yo‘nalishli o‘rin almashtirish sinfidagi shifrlarning qo‘llanilishi amalda ko‘p tarqalgan. Bunday shifrlash algoritmlari biror geometrik shaklga asoslangan bo‘ladi. Ochiq ma’lumot bloklari geometrik shaklga biror trayektoriya
(uzluksiz iz) bo‘yicha joylashtiriladi. Shifrma’lumot esa boshqa trayektoriya bo‘yicha hosil qilinadi. Geometrik shakl sifatida (nxm) o‘lchamli jadval olib, uning birinchi satri boshidan boshlab ochiq ma’lumot belgilarini chapdan o‘ngga ketma-ket joylashtirib, satr tugagach ikkinchi satrga, ochiq ma’lumot belgilarini o‘ngdan chapga ketma-ket joylashtirib, bu satr tamom bo‘lgach, keyingi satrga oldingisiga teskari yo‘nalishda joylashtiriladi va hokazo. Oxirida to‘lmay qolgan satr yacheykalari ochiq ma’lumot alifbosidan farqli bo‘lgan belgilar bilan to‘ldiriladi. So‘ngra ochiq ma’lumotni joylashtirish tartibidan farqli bo‘lgan biror yo‘nalish tanlab olinib, shu yo‘nalish asosida shifrma’lumot hosil qilinadi. Shifrma’lumot hosil qilish yo‘nalishi kalit vazifasini bajaradi. Misol sifatida “yo‘nalishli o‘rin almashtirishga asoslangan shifrlash algoritmi” jumlasini shifrlashni (4x10)–o‘lchamli jadval asosida quyidagicha amalga oshirish mumkin (amalda jadvalning o‘lchami kalit sifatida maxfiy hisoblanadi):
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

y

o‘

n

a

l

i

sh

l

i

o‘

i

t

sh

a

m

l

a

n

i

r

r

i

sh

sh

i

f

r

l

a

sh

...

i

m

t

i

r

o

g

l

a

Bu jadval ustunlari ketma-ketliklarini aralashtirgan holda (bunday aralashtirishlarning umumiy soni 10!=3628800 ta bo‘ladi), masalan, 72968411035 tartib (kalit) bilan
sharoo‘tiiiialilfrlnlgaashtyiro‘rshanshshmlmii” shifrma’lumotni hosil
qilamiz. Shifrma’lumotni hosil qilish jarayonini jadvalning satrlari o‘rinlarini yoki har bir ustunlari satrlarini alohida almashtirishlar bilan yana ham murakkablashtirish mumkin. Satrlar, ustunlar va alohida olingan satr ustunlarini yoki alohida olingan ustun satrlarini shifrlash jarayoni bosqichlarida o‘zgartirib turish bilan yana ham murakkab bo‘lgan shifrlash algoritmlarini hosil qilish mumkin.
Berilgan 4x10 o‘lchamli jadval 4x10 o‘lchamli A410 - matrisa ko‘rinishida ifodalansa, uning elementlariaij , i 1,2,3,4; j 1,2,...,8;satr va ustunlari ustida akslantirishlarni bajarish qulay bo‘lib, matrisalar nazariyasining ayrim xossalaridan foydalanib, kriptografik samaradorlikni oshirishning ilmiy asoslangan usullari kelib chiqadi. Bu fikrlarning isboti hozirgi kunda matrisalarni kriptologiya sohasida keng va samarali qo‘llanilayotgani hamda yangi ilmiy izlanish g‘oyalari natijalari bilan tasdiqlanadi.
O‘rin almashtirishga asoslangan shifrlash algoritmlari haqida to‘laroq ma’lumotlarni [12-13, 59-60] dan topish mumkin.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish