3.8.2. Taqqoslamalar
Butun a va b sonlari modul n bo‘ycha taqqoslanadigan deyiladi, agarda ularni n ga bo‘lganda qoladigan qoldiqlari teng bo‘lsa, ab(mod n)
deb yoziladi. Bundan esa a va b sonlar ayirmasining n ga qoldiqsiz bo‘linishi kelib chiqadi.
Qoldiqni ifodalash uchun ushbu b=a (mod n)
tenglikdan foydalaniladi hamda b=a (mod n) tenglikni qanoatlantiruvchi b sonini topish a sonini modul n bo‘yicha keltirish deyiladi.
Ixtiyoriy butun b soni uchun ushbu
M={a0 ,a1 ,…, an-1 Z: 0 ak n1; k=0,1,…,n-1}
to‘plamga tegishli ak b (mod n) munosabatni qanoatlantiruvchi son ak , k{0,1,…, n-1} mavjud bo‘lsa, to‘plam M modul n bo‘yicha to‘liq chegirmalar sinfi deyiladi.
Ko‘rinib turibdiki, to‘liq chegirmalar sinfi
M={a0 ,a1 ,…, an-1 Z: 0 ak n1; k=0,1,…,n-1} ={0,1, …,n-1}.
Biror n modul bo‘yicha qo‘shish, ayirish va ko‘paytirish amallariga nisbatan quyidagi kommutativlik, assosiativlik va distributivlik munosabatlari o‘rinli:
(a+b)(mod n)=((a mod n)+(b mod n))(mod n),
(a-b)(mod n)=((a mod n)-(b mod n))(mod n),
(ab)(mod n)=((a mod n) (b mod n))(mod n), a(b+c)(mod n)=(((ab) mod n)+(ac) mod n))(mod n).
1-teorema. Butun a va b sonlari o‘zaro tub bo‘ladi, qachonki shunday butun u va v sonlari topilsaki, ular uchun au+bv=1 tenglik o‘rinli bo‘lsa.
Bu keltirilgan teoremani quyidagicha ham ifodalash mumkin: butun a va b sonlari o‘zaro tub bo‘lishi uchun, butun bo‘lgan u va v sonlari topilib, ular uchun au+bv=1 tenglikning bajarilishi zarur va yetarli.
Agarda butun a va b sonlari o‘zaro tub bo‘lsa, ya’ni EKUB (a, n)=1 bo‘lsa, u holda ushbu aa’ 1(mod n) munosabatni qanoatlantiruvchi butun a’ soni mavjud bo‘lib, bu a’ son a soniga modul n bo‘yicha teskari deyiladi hamda a’ a-1(mod n) deb belgilanadi. Teskari a’ elementni a va n sonlarining chiziqli kombinasiyasidan iborat bo‘lgan ularning EKUB ifodasidan au+bn=1 foydalangan holda, bu tenglikning har ikkala tomonini modul n bo‘yicha keltirish (hisoblash) bilan a’ u (mod n) ekanligi topiladi.
Quyida teskari elementni hisoblashning yana bir usuli keltiriladi.
Berilgan n soni bilan o‘zaro tub bo‘lgan (1; n) oraliqdagi barcha elementlarning soni bilan aniqlanuvchi n funksiyaga Eyler funksiyasi deyiladi:
n M , bu yerda M M – to‘plamning quvvati,
M mi N :1 mi n; mi ,n1.
Agarda n p1k1 ptkt bo‘lib, p1,, pt - har xil tub sonlar bo‘lsa, u holda
t
Eyler funksiyasining qiymati n p j 1 pkj j 1 ifoda bilan hisoblanadi.
j1
Fermaning kichik teoremasi deb ataluvchi ushbu tasdiq o‘rinli, agar n – tub son bo‘lsa, an-1 1(mod n) o‘rinli.
Eyler tomonidan olingan, Ferma kichik teoremasining umumlashgani deb ataluvchi ushbu tasdiq o‘rinli, agar n – tub son bo‘lsa, an 1(mod n) munosabat bajariladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, a-1 an1(mod n)
munosabatning o‘rinligiga ishonch hosil qilinadi.
Agar n–tub son bo‘lsa, u holda n n1. Agar n=pq bo‘lib, p va
q–tub sonlar bo‘lsa, u holda np1q1. Bu kabi xossalardan ochiq kalitli kriptoalgoritmlar yaratishda foydalaniladi. Masalan, qanday son modul 7 bo‘yicha 5 soniga teskari ekanligini topaylik. Bu yerda, 7 soni tub bo‘lgani uchun, uning
Eyler funksiyasi 7 7 1 =6, modul 7 bo‘yicha 5 soniga teskari son esa a-1
an1(mod n) formulaga ko‘ra
51 561mod755mod73125mod7.
Haqiqatan ham, 53mod7 15mod7 1mod7 1. Biror modul bo‘yicha berilgan songa teskari bo‘lgan son har doim ham mavjud bo‘lavermaydi. Misol uchun, 5 soniga modul 14 bo‘yicha teskari son 3:
53mod14 15mod14 1mod14 1. Ammo, 2 sonining modul 14 bo‘yicha teskarisi mavjud emas, ya’ni 2x1 (mod 14) yoki 2x=14k +1 tenglama x va k noma’lumlarning butun qiymatlarida yechimga ega emas, chunki x va k noma’lumlarning butun qiymatlarida har doim tenglikning chap tomonida juft son, o‘ng tomonida esa toq son hosil bo‘ladi.
Umumiy holda, agar a va n sonlari o‘zaro tub bo‘lsa, tenglama a-1 x mod n yagona yechimga ega bo‘ladi; agar a va n sonlari o‘zaro tub bo‘lmasa, tenglama a-1 x (mod n) yechimga ega emas. Bevosita hisoblashlar asosida, ushbu (ax) mod n = b tenglama a, n, b – sonlarining qanday qiymatlar qabul qilishiga qarab yoki bir nechta yechimlarga ega bo‘lishi mumkinligiga yoki bitta ham yechimga ega bo‘lmasligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Quyidagilarni ta’kidlash joiz: agar a soni M sonini bo‘lsa va b soni ham M sonini bo‘lsa, u holda bu M N soni a,bZ sonlarning umumiy bo‘linuvchisi
(karralisi) deyiladi. Umumiy bo‘linuvchilar ichida eng kichigi eng kichik umumiy bo‘linuvchi deyiladi hamda [a, b] deb belgilanadi.
2-teorema. Agar M N son a,bZ sonlarning umumiy bo‘linuvchisi bo‘lsa, u holda M soni bu sonlarning eng kichik bo‘linuvchisi [a, b] ga ham bo‘linadi.
3-teorema. Ushbu [a, b] = ab/ EKUB (a, b) munosabat o‘rinli.
Do'stlaringiz bilan baham: |