Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Sovuq urishining I darajasi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/167
Sana27.01.2023
Hajmi2 Mb.
#903670
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   167
Bog'liq
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsiligi

Sovuq urishining I darajasi
terida qon aylanishining buzilishlari bilan 
xarakterlanadi, lekin bu o‘zgarishlar tiklanadi. Shikastlangan kishining terisi oqarib 
ketgan, bir oz shishgan, sezuvchanligi keskin pasaygan yoki batamom yo‘qolgan. 
Isitishdan so‘ng teri ko‘kimtir-qizil tusga kiradi, shish kamayadi, bunda ko‘pincha 
lo‘qillagan og‘riq bo‘ladi. Yallig‘lanish (shish, qizillik, og‘riq bir necha kungacha 
saqlanib, so‘ngra asta-sekin yo‘qoladi. Keyinroq terining po‘st tashlashi va qichishi 
kuzatiladi. Sovuq urgan soha ko‘pincha sovuqqa ojiz bo‘lib qoladi. 
Sovuq urishining II darajasi
teri yuza qatlamlarining nekrozi bilan yuzaga 
chiqadi. Isitishdan so‘ng shikastlangan kishining oqargan terisi to‘q qizil-ko‘kimtir 
tusga kiradi, tezda to‘qimalar shishib rivojlanib, sovuq urgan joy atrofiga ham 
tarqaladi. Sovuq urgan sohada tiniq yoki oq rangli suyuqlik bilan to‘lgan 


171 
pufakchalar hosil bo‘ladi. Shikastlangan sohada qon aylanishi asta-sekin tiklanadi, 
terida sezuvchanlikning buzilishi uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin, biroq 
ayni vaqtda birmuncha og‘riq bo‘lishi qayd qilinadi. 
Sovuq urishining bu darajasida umumiy hodisalar ro‘y beradi: tana harorati 
ko‘tariladi, et junjikadi, ishtaha va uyqu yomonlashadi. Ikkilamchi infektsiya 
rivojlanmasa, shikastlangan sohada terining nekrozga uchragan yuza qatlamlari 
granulyatsiya va chandiq hosil qilmay asta-sekin (15-30 kunda) ko‘chib tushadi. 
Bu joydagi teri uzoq vaqtgacha ko‘kimtir, sezuvchanligi past bo‘lib qoladi. 
Sovuq urishining III darajasi
da qon ta'minotining buzilishi (tomirlar 
trombozi) terining hamma qavatlari va yumshoq to‘qimalarning har xil chuqurlikda 
nekrozga uchrashiga olib keladi. Bunda nechog‘li chuqur shikastlanganlik asta-
sekin aniqlanadi. Dastlabki kunlari teri nekrozi qayd qilinadi: gemorragik va to‘q 
qo‘ng‘ir rangli suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalar paydo bo‘ladi. Terining 
nekrozga uchragan qismi atrofida yallig‘langan gardish (demarkatsion chiziq) 
paydo bo‘ladi. Chuqur to‘qimalarning shikastlari 3-5 kun o‘tgach, avj olayotgan 
nam gangrena ko‘rinishida aniqlanadi. To‘qimalarning sezuvchanligi butunlay 
yo‘qoladi, biroq bemorlar azob beradigan og‘riqdan nolishadi. 
Sovuq urishining bu darajasida umumiy hodisalar bir muncha ko‘p yuzaga 
chiqadi. Intoksikatsiya bemorning qattiq titrab-qaqshashi va terlashi, kayfiyatining 
buzilishi, atrofdagi hodisalarga befarq qarashida ko‘rinadi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish