Texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/64
Sana31.07.2021
Hajmi9,02 Mb.
#133317
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
Bog'liq
охирги диссертатция

Innovatsiya (ing. “innovation” – yangilik kiritish) – tizim ichki to’zilishini 
o’zgartirish, deya ta’riflanadi. Innovatsiya – amaliyot va nazariyaning muhim 
qismi bo’lib, ijtimoiy-madaniy ob’yekt sifatlarini yaxshilashga yo’naltirilgan 
ijtimoiy sub’ektlarning harakat tizimidir. Bu g’oya nazariyasi mohiyatining 
yaratilishiga nisbatan turli yondashuvlar va fikrlar mavjud bo’lib, uning mohiyati 
borasida fanda yagona  
fikr mavjud emas.  Innovatsiyalar 
dolzarb, 
muhim 
ahamiyatga ega bo’lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlar. Ular 
tashabbuslar va yangiliklar   asosida   tug’ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish 
uchun istiqbolli bo’ladi, shuningdek,  umuman ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. Innovatsiya-ma’lum bir   faoliyat   maydonidagi yoki ishlab 
chiqarishdagi  texnologiya, shakl va metodlar, muammoni  yechish  uchun 
yangicha yondashuv  yoki  yangi  texnologik  jarayonni  qo’llash, oldingidan  
ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma’lum bo’lgan  oxirgi natijadir.  
Ta’lim tizimida qo’llaniladigan innovatsiyalar tasniflanadi: 
1.  Faoliyat yo’nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi). 
2.  Kiritilgan o’zgarishlarning tavsifiga ko’ra (radikal, modifikatsiyalangan, 
kombinatsiyalangan). 
3.  O’zgarishlar ko’lamiga ko’ra (lokal, modulli, tizimli). 
4.  Kelib chiqish manbaiga ko’ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan 
olingan).   


Innovatsiyaning   maqsadi   sarflangan  mablag’  yoki  kuchdan  eng yuqori 
natija olishdan iborat. Boshqa turli-tuman o’z-o’zidan paydo bo’ladigan 
yangiliklardan farqli o’laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi 
o’zgarishlar mexanizmini tashqil etadi. Amaliyotga innovatsiyaning kiritilishi 
innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi.  Innovatsion o’zgarishlarga tayyogarlik 
ko’rish va uni amalga oshirish jarayoni innovatsion jarayon deb aytiladi.  
I.P.Podlasiy pedagogik tizimda ro’y beradigan innovatsion o’zgarishlar 
quyidagilardan iborat ekanligini ta’kidlaydi: 
1. Pedagogik tizimning tamomila o’zgarishi.  
2. O’quv jarayonining o’zgarishi. 
3. Pedagogik nazariyaning o’zgarishi. 
4. O’qituvchi faoliyatining o’zgarishi.  
5. Talaba faoliyatining yangilanishi. 
6. Pedagogik texnologiyaning o’zgarishi. 
7. Mazmunning yangilanishi. 
8. Shakl, usul va ta’lim vositalarining o’zgarishi.  
9. Boshqaruvning o’zgarishi. 
10.Maqsad va natijaning o’zgarishi. 
Ta’lim jarayonidagi innovatsion o’zgarishlar, ta’lim tizimiga har qanday 
yangilikning kiritilishi bevosita o’qituvchi faoliyatini yangilash va o’zgartirish 
orqali amalga oshirilishi ham muallif tomonidan qayd etilgan.  
Ta’lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga kiritish, innovatsion 
jarayonlarni boshqarishni tahlil qilish orqali innovatsion faoliyat tushunchasini 
ta’riflash imkoniyati paydo bo’ldi. Innovatsion faoliyat - pedagogik jamoani 
harakatga keltiruvchi, olg’a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir.  “Innovatsion 
faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy  me’yorlarning mos 
kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining mavjud 
me’yor bilan to’qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni 
yechishga  qaratilgan  faoliyatdir”,-deb  ta’kidlaydi  V.I.Slobadchikov[56.]. 
Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo’lib, ijtimoiy-


madaniy  ob’yekt  sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub’yektlarning 
harakat tizimi bo’lib, u ma’lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina 
emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion 
tayyorgarlikka ega bo’lishdir. O’qituvchi innovatsion faoliyatining  markaziy 
masalasi o’quv jarayonini samarali tashqil etishdan iborat. 
Talabalarni  innovatsion  faoliyatga  tayyorlashdan  maqsad-o’qituvchining 
yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o’z ustida ishlash ko’nikmasi va malakasini 
shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, 
dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazish malakasini takomillashtirishdan 
iborat.   Innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar,  ishlanmalar yaratish, tajriba 
ishlarini olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda  
yangi texnologik jarayon, yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishni ifodalaydi. 
Mohiyatan amalda yangi texnologiyaning shakllanishini ifodalovchi innovatsion 
faoliyatning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi loyihaga, loyihani 
texnologiyaga aylantirishdan iborat.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish