Innovatsion faoliyat – pedagogning o’z kasbini takomillashtirishdagi mavjud
shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. O’qituvchi
innovatsion faoliyatning sub’yekti va tashabbuskori sifatida yangilikni yaratish,
qo’llash va ommalashtirishda ishtirok etadi. Zero, o’qituvchi innovator sifatida
muayyan fan asoslari, an’analariga xos o’zgarishlar mazmunini tahlil eta olishi
kerak.
“Innovatsion faoliyat” tushunchasi “innovatsiya”, “innovatsion” jarayon kabi
tushunchalar bilan chambarchas bog’liq. Shu sababli ushbu tushunchalar
mazmunini anglamasdan turib, innovatsion faoliyat mohiyati tushunish mumkin
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |