REJA:
KIRISH ASOSIY QISM
BOB. Biologiyani o`qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari
O`rganish materiallari
Pedogogik texnologiyalarining qisqacha tadqiqot tarixi 2 BOB. Analiz va umumiy qism
O`qitish, ishchanlikni o`zini-o`zi boshqarib faollashtiruvchi jarayon
O`quvchilarning o`qishga bo`lgan faolligini oshirishning didaktik asoslari
Biologiya darslarida bilishga bo`lgan ishchanlikni faollashtirishni analiz qilish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIOTLAR
KIRISH
Mustaqil Respublikamiz o`zining rivojlanish yo`lidagi birinchi baland ma`naviyatimizni tiklash milliy ta`lim tarbiya sistemasini etishtirishda ularni zamon talabiga mos jahon standarti darajasiga chiqarishda katta ahamiyat berib kelmoqda. Ta`lim haqida qonun va «kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» bo`yicha Oliy o`quv yurtlari oldiga yuqori malakali mutaxassislar bakalavr va magistrlar tayyorlashdek murakkab va ma`suliyatli vazifalar qo`yilgan.
Shunga muvofiq ta`lim muassasalarida o`qitiladigan barcha o`quv fanlarini ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta`minlashni ko`zda tutadi. Shu sababli barcha o`quv fanlari kabi biologiyani o`qitishda ham pedagogik texnologiyalardan foydalanish zamon talabi sanaladi.
Bugungi kuni ta`lim tizimida qo`llanilayotgan an`anaviy ta`limning mazmuni o`zgaradi va yangi ta`lim-tarbiya jarayoni tashkil etildi. Bu jarayon pedagogik munosabatlarning demokratiyalashtirishga o`quvchilarning bilish faoliyatining ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga, o`quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirishga, hamda ishlashga va xalq pedagogikasi maydonlaridan foydalanishga harakatlangan.
Biologiyani o`qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o`quvchilarning ongiga milliy istiqlol g`oyalarini singdirish, vatanga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash imkonini beradi.
Ta`lim sohasi bo`yicha davlat siyosatidagi tubdan o`zgarishlar o`qituvchi faoliyatini yangiladi. O`quvchilarda erkin fikrlash, insonparvarlik tuyg`ularini mustahkamladi.
Bugun O’zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topdi. O’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik
texnologiyalar bilan ta’minlash zarurati ham Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarish shartlaridan biridir. Shu sabab biz bu pedagogik fenomenning paydo bo’lishi va rivojlanish jarayonini o’rganishga tarixiy
yondashmoqdamiz.
Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov Oliy Majlisning XIV-sessiyasida “Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni nazorat ostiga olish zarurligi” ni alohida ta’kidladilar. Bugun olimlar va o’qituvchilar ilg’or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga astoydil kirishishlari shart va ular bu ishga mas’uldirlar. Bu sohaga yaqin xorijiy davlatlarda ham e’tibor kuchaytirilmoqda.
Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.Karimov tomonidan Milliy dasturni ro’yobga chiqarish bosqichida (2001-2005 yillar) “O’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Respublikamizdagi oliy (o’rta maxsus, kasb-hunar, maktab) ta’limi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilarni malaka oshirish kurslarida ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari bo’yicha yangi bilimlar tizimi bilan qurollantirishni uzluksiz tashkil etish davr talabidir. Bugun pedagogik texnologiya alohida fan sifatida pedagogika oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’quv rejasiga ham kiritildi.
Hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, o’qitishning hozirgi zamon tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Yangi pedagogik texnologiyalarni xislati shundaki, unda qo’yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o’quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg’ulotlarning muvaffaqiyatli o’tishining 80 % ta’lim jarayonini to’g’ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog’liqdir.
Har qanday faoliyat maqsadi – kelajak faoliyat natijasining xayoldagi qiyofasidir. Zamonaviy o’qitish texnologiyasi maqsadlarga izchil mo’ljal olishning asosi bo’lib, tezda ushbu borada qaytib keladigan aloqa manbai hisoblanadi. Bunda o’quv maqsadlari imkoni boricha aniqlashtiriladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya o’zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog’liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o’quv- tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo’naltirilgan; o’qitishning axborotli vositalaridan, didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi.
Kelajakda ta’lim taraqqiyotining haqqoniy dvigateli sifatida o’qituvchi faoliyatini yangilashga, ta’lim-tarbiya jarayonini maqbul (optimal) qurishga, o’quvchi yoshlarda hur fikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga sodiqlik, insonparvarlik tuyg’ularini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |