I BOB
OLIY MAKTABDA TA’LIM JARAYONI
1.1.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va 0 ‘zbekiston Respubiikasida
oliy maktab taraqqivoti
Ochiq bozor iqtisodiga asoslangan demokratik, huquqiy jamiyat barpo
etishning asosiy tamoyillarini shakllantirar ekan, O‘zbekiston Respubiikasi
Prezidenti I.A. Karimov davlatning ustuvor tamoyillaridan biri sifatida
uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishni belgilab berdi.
0 ‘zbekiston Respublikasining “T a’lim to ‘g‘risida”gi qonuni va “ Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”ga binoan oliy ta ’limning maqsadi, hozirgi davr
talablariga javob beradigan, ilmiy-texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
rivojlanishni ta’minlay oladigan hamda yuksak m a'naviy va axloqiy sifatlarga
ega bo‘lgan yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar bilan ta ’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |