MA’RUZA № 3
INFORMATIKA FANLARINI O‘QITISHDA MULTIMEDIYALI
TEXNOLOGIYALAR.
Reja:
1.
Informatika
fanlarini
o‘qitishni
rivojlantiruvchi
texnologiyalar.
2.
Informatika
fanlarini
o‘qitishda
multimediyali
texnologiyalar.
3.
Informatika darslarida o‘quvchilar
bilimini nazorat
qiluvchi texnologiyalar.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z rivojlanish
yo‘lini tanlab rivojlanib bormoqda. Bu yo‘l demokratik huquqiy
davlat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik
jamiyati qurishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli islohotlar yo‘lidir.
Axborot inqilobi va axborotlashgan jamiyatning shakllanishi ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishda bilimlarning rolini tubdan o‘zgartirib yubordi.
Zamonaviy sharoitlarda asosiy iqtisodiy faoliyat turi bo‘lib,
axborotlarni ishlab chiqish va iqtisodiyotni samarali amal qilishi
uchun undan foydalanish hisoblanadi.
Bunda asosiy ishlab chiqarish omili bo‘lib bilimlar hisoblanadi
va bu bilimlar ta’lim tizimi orqali yetkazib beriladi. Zamonaviy o‘quv-
tarbiyaviy jarayoni asosida ta’lim oluvchi shaxsini barkamol
rivojlantirish konsepsiyasi yotadi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19
fevralda “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-sonli
Farmoni qabul qilindi. Farmonda
axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash
va malakasini oshirishning amaldagi tizimi IT-texnologiyalar
rivojlanishining tezkor sur’atlarini hisobga olmayapti, shuningdek,
ta’lim berishning ilg‘or uslublarini joriy etish uchun xorijiy
mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari bilan samarali
muloqotni tashkil qilish imkonini bermayotganligi muammo sifatida
ta’kidlangan.
Mazkur
muammolarni
hal
qilishda
yetakchi
xorijiy
kompaniyalar va ta’lim muassasalarining
eng yaxshi amaliyoti
asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida
strategik va loyiha boshqaruvi, menejment, marketing bo‘yicha ilmiy
tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash
hamda malakasini oshirishni tashkil qilish ustuvor yo‘nalishi
belgilangan [1].
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli Qarori qabul
qilingan. Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada
rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biri bu, ta’lim tizimining
barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni
keng joriy etish va
zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan raqamli bilimlarning
darajasini oshirish, ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish,
shuningdek, «Besh tashabbus» loyihasini amalga oshirish doirasida
2022 yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli
bilimlarga o‘qitish markazlarini ochishdir [2].
Multimedia – bu kompyuter yoki boshqa raqamli ma’lumotlar
bilan ishlovchi boshqa texnik vositalar orqali sizga taqdim etiladigan
matn, tasvir, ovoz va videodan iborat murakkab ko‘rinishdagi
ma’lumot xisoblanadi. Siz ma’lumotni yorqin tasvir va animatsiya,
videotasvir va matn, o‘ziga jalb qiluvchi ovoz ko‘rinishida qa’bul qilish
natijasida axborotni ong va tasavvurda keng xis qilishingiz mumkin.
Agar bu jarayonga interaktivlik tadbiq qilinsa, u holda ta’sir doirasi
yanada ortadi.
Multimedia, yuqorida aytib o‘tilganidek, matn, tasvir, ovoz,
animatsiya va videoning bir butun ko‘rinishiga aytiladi. Agar
foydalanuvchi multimedia ilovani tomosha qilish bilan birgalikda uni
boshqara olsa, u holda bunday ilovalar
interaktiv multimedia
ilovalari deyiladi. Agar ilovada strukturasida navigatsiya mavjud
bo‘lsa, u holda bunday multimediali ilova Gipermedia deb ataladi.
Multimedia ta’rifiga kura oddiy tuyulsa xam, u bilan ishlash
jarayoni murakkab xisoblanadi. Multimediani bilish bilan bir
katorda multimedianing texnik va dasturiy vositalarini xam bilish
lozim. Multimediali axborotlardan birgalikda ilovalarini yaratuvchilar
mutaxassislarni multimedia yaratuvchilar deb ataymiz.
Multimedia
ilovalari kompyuter, TV ekranida, PDA(personal
digital assistant) shaxsiy raqamli yordamchi, yoki mobil telefon orqali
ko‘rish mumkin. Bundan tashqari multimedia ilovalari tijorat yo‘lida,
yoki biror manzilga yetkazilishi maqsadida CD yoki DVD
tashuvchilarda yoki ma’lumotni tortib olish uchun Internet
tarmog‘iga joylashtirilishi mumkin.
Multimedia ilovalari interaktiv bo‘lishi shart emas. Bunday
ilovalar chiziqli bo‘lib, boshlanishidan ohirigacha foydalanuvchi
ta’sirisiz amalga oshadi. Agar foydalanuvchi navigatsiya boshqaruvi
orqali multimedia ilovasining borish jarayoniga ta’sirini ko‘rsatishi
mumkin bo‘lsa, u holda bunday multimediali ilova chiziqli bo‘lmagan
deb ataladi va bunday interaktiv ko‘rinishdagi
multimedia ilova
ma’lumot olishda keng imkoniyat yaratadi.
Foydalanuvchi multimedia ilovani qay darajada foydalana
olishi, ilovani boshqara olishi imkoniyatiga qarab ilova strukturasi va
ssenariysi, ilova dizayni va dasturlashga katta e’tibor qaratiladi va
ulkan mahorat talab qilinadi. Notug‘ri interfeys yaratilgan
multimedia ilovaning muvaffaqiyatsiz chiqishiga olib keladi. Bundan
tashqari kontent notug‘ri yaratilishi natijasida multimedia ilovada
kerakli ma’lumotlarni topa olmasligingiz mumkin.
Multimedia vositalari – bu foydalanuvchi ovoz, video, tasvir,
matn, animatsiya yordamida muloqotda bo‘ladigan
apparat va
dasturiy vositalarning yig‘indisi. Multimedia qurilmalari - bu
multimediali ma’lumotlarni qayta ishlash, ya’ni matn, ovoz, tasvir va
videoaxborotlar bilan ishlaydigan apparat vositalari bo‘lib ularga
quyidagilar kiradi:
( Ma’lumotni yozib olish qurilmalari;
( Ma’lumotni chiqarish qurilmasi;
( Manipulyatorlar;
( Virtual borliq qurilmalari;
( Axborot tashuvchi qurilmalari;
( Tasvirlarni qayta ishlash qurilmalari.
Multimedia
elementlari
dasturiy
vositalar
yerdamida
birlashtiriladi. Bu dasturiy vositalar multimedia elementlarining
aloxida kurinishi uchun amalga oshiriladi.
Ta’lim multimedianing eng ko‘p ishlatiladigan sohasi
xisoblanadi. Qo‘shma Shtatlarining axborot texnologiyalari
yetarlicha ta’minlanmagan joylari ko‘p.
Shunday ekan, bunday
joylarga barchaga samara keltiruvchi ko‘p yillik muddatga jalb qilish
lozim. AQSH hukumati har bir auditoriyani, kutubxonani, tibbiy
muassasalarni, kasalxonalarni, bir axborot supermagistraliga ulash
maqsadida katta ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Hozirgi kunda
ko‘pgina maktablar va kutubxonalar bir tarmoqqa (eRate) ulangan.
Bundan tashqari okruglardagi
kam daromadli qishloq va
shaharlarning maktablari davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanadi.