6-Mavzu: Qishloq xo’jalik ekologiyasi.
Reja:
1.Qishloq xo’jalik ekologiyasi haqida tushuncha.
2.O’simlikni himoya qilishda ishlatiladigan pestitsidlarning ta’siri.
3. Qishloq ho’jaligida ishlab chiqarishda chiqindisiz va kam chiqindili
texnologoyalarni joriy qilish.
Dehqonchilik qilinadigan hududlarda ekologik muammolarni hal qilishda
qishloq xo‘jaligini ekologizatsiyalash ham katta ahamiyatga egadir. Ilgari
qishlok, xo‘jaligi ishlab chiqarishida ko‘pchilik ekologik priniiplar stixiyali
(ongsiz) ravishda ishlatilgan. Keyinchalik esa uning ilmiy asoslari yaratilishiga
qaramasdan, undan foydalanish priniiplari ongli ravishda buzib kelindi. Hozirgi
vaqtda ham ekologik bilimlarning autoekologiya — yangi tur ekologiyasi
sohasidagi bilimlarga amal qilinadi. SHu vaqtning o‘zida esa ekologiyaning
quyi populyasiya ekologiyasiga va ekosistemalar prinsiplariga kam e’tibor
beriladi. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini to‘la ximiyalashtirish tufayli,
erlarni surunkasiga haydash va dehqonchilikda monokulturaga amal qilish
biotsenozlarni degradatsiya qilinishiga olib keldi. Buning natijasida ko‘pchilik
foydali hasharotlar va boshqa jonli organizmlarning turlari yo‘qoldi, bularning
hammasi madaniy o‘simliklar hosilining pasayishiga olib keldi .
O‘zbekistonda dehqonchilikni yuritishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar
natijasida ko‘pchilik hududlar tabiatida ekologik fojialar sodir bo‘ldi va bu
jarayon hali ham davom etmoqda. Bunday holatlar Amudaryoning quyi
oqimidagi rayonlarda dehqonchilikdagi ilmiy asoslarning buzilishi tufayli sodir
bo‘ldi. Ana shu zonaning tabiiy florasi va faunasi juda keskin o‘zgargan,
ko‘pchilik turlari umuman yo‘qolib ketgan. Undan tashqari atrof muhit har xil
zaharli moddalar bilan ifloslangan bo‘lib, u shu erdagi odamlar salomatligiga
katta zarar etkazmoqda, ya’ni aholi o‘rtasida har xil kasalliklar (boshqa
regionlarga nisbatan) ko‘p uchraydi. Bu erda bolalar o‘limi ham boshqa
zonalardagiga nisbatan 2—3 marta ko‘pdir.
Bu hududlarda ekologik muvozanatlarni tiklash uchun birinchi navbatda
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ekologizatsiyalash zarurdir. kishloq
xo‘jaligini ekologizatsiyalashning asosiy yo‘llari bu biotsenologik va
ekosistema usullarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga tatbiq qilishdan
iboratdir. Almashlab ekishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish va uni
joriy qilish uchun agrolandshaftlarning shunday komplekslarini ishlatish
kerakki, bunda ular yo‘qotilgan biotsenozlarni qayta tiklash imkonini bersin va
biotsenologik
sistemaning
to‘liqligini
ta’minlasin.
Dalalarda
faqat
produtsentlarni madaniy ekinlar hisobiga saqlab turish usullaridan to‘la voz
kechib, Agrotsenozlardagi jarayonlarni tabiiy boshqarish usullariga o‘tkazish
kerak. Agar dalalarda turlarning boyligi va har xilligi to‘la ta’minlansa, u vaqtda
zararli hasharotlarning yoppasiga ko‘payib ketishining oldi olingan bo‘ladi. Bu
faqat madaniy ekinlardan olinadigan hosilning miqdorini oshirib qolmasdan,
qishloq xo‘jaligida har xil zararli ximikatlardan foydalanishni kamaytirdi, bu
esa tabiatdagi ekologik muvozanatni destabilizatsiya qiluvchi omillarning
kamayishiga olib keladi va atrof muhitni ifloslanishdan himoya qiladi. Qishloq
xo‘jaligini ekologizatsiya qilishda keyingi davrda ekinlarni zararkunanda va
hasharotlardan
himoya
qilishda
uyg‘unlashtirilgan
usuldan
keng
foydalanilmoqda.
Bu usul zararkunandalarga qarshi kurashda tabiiy kushandalardan to‘la
foydalanish hisobiga kimyoviy moddalardan mumkin qadar kamrok,
foydalanishga qaratilgandir. Qishlok xo‘jaligini ekologizatsiya qilishda,
zararkunandalarga qarshi kurashda biologik usuldan foydalanish ham katta
istiqbolga egadir.
Tabiatdagi
ekologik
muvozanatni
tiklashda
Agrotsenozlarning
strukturasini qayta ko‘rib chiqish ham muhim rol o‘ynaydi. YA’ni hozirgi
vaqtda dehqonchilik sistemasida hukmronlik qiladigan monokultura, ya’ni faqat
bir ekinni bir necha yillar davomida takror ekmasdan, buning o‘rniga dalalarga
bir necha tur ekinlarni ekish yo‘li bilan, dalalardan olinadigan biomassani
ko‘paytirish mumkin. Bu o‘z navbatida tabiatdagi muvozanatni saqlashga
imkoniyat yaratadi.
Bu muommaga Respublikamizda keyingi davrda katta e’tibor berilmoqda
ya’ni agrofitotsenozlarni to‘g‘ri tashkil dilish, barcha jarayonlarni biosfera
darajasida tashkil qilish imkonini yaratishga harakat qilinmoqda, birlamchi
mahsulotlarning umumiy zaxirasini yaratish atmosferadagi kislorod va boshqa
gazlar darajasini saqlash, biogen elementlarining oqib kelishini, suv almashish
jarayonlarini normal holda saqlashni ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligida tashkil
etilgan ozgina ish ham tuproq qatlamining unumdorligiga va sifatiga katta ta’sir
ko‘rsatadi.
SHunday qilib, Amudaryoning quyi oqimidagi hududlarda antropogen
omillar ta’sirida sodir etilgan fojialarni bartaraf etish uchun yuqorida qayd
qilingan usullarga amal qilish kerak. SHuning uchun qishlok, xo‘jaligini
intensifikatsiya qilishda uning ekologik oqibatlari to‘la va chuqur tekshirilishi
kerak.
Nazorat uchun savollar
1.
Qishloq ho‘jaligini yuritishda biogeotsenologik prinsiplarga asoslanishi deganda nimani
tushunasiz?
2.
Mineral o‘g‘itlardan foydalanishda ilmiy asoslarining buzilishi qanday oqibatlarga olib
keladi?
3.
Pestitsidlar nima va ulardan qishloq ho‘jaligida qanday foydalanish mumkin?
4.
Xorazm viloyatida uzoq yillar davomida qishloq ho‘jaligida mineral o‘g‘itlarni me’yoridan
ortiq ishlatish qanday muammolarni paydo qildi?
5.
Tuproqni muhofaza qilish qanday ahamiyatga ega?
6.
Tuproq melioratsiyasi deganda nimani tushunvsiz?
7.
Dehqonchilik tizimini ekologizatsiyalash deganda nimani tushunasiz?