uning pichoqlari uzoq-uzoqlarga yoyilgan. U o ‘z ustozidan o'rgangan
pichoqchilik sirlarini yoshlarga o'rgatyapti. U pichoq tayyorlash
texnologiyasini, ya’ni tig‘ uchun qizdirilayotgan po‘latparchasini qaysi
rangga yetkazib toblashni, bolg‘a bilan tig‘ hamda dasta tayyorlash, uni
bezash, sayqal berish, tig‘ga qoramtir tus berish usullarini sidqidildan
o ‘z shogirdlariga o‘rgatdi. Shunday shogirdlaridan biri Akramjondir. U
ustozi qo‘lida 7 yil shogird b o lib bu kasbini juda chuqur egallab oldi.
0 ‘zbekiston xalq ustalarining "Usto" uyushmasiga a’zo bo'ldi. U juda
ko‘p pichoqlar ishlab berdi. Uning pichoqlari sayyohlarga borib
yetayotganidan ruhlanib ijodiga-ijod qo‘shildi. U har yili 200ta pichoq
tayyorlab bermoqda. Ustozi Bakirjon aka bilan Akramjon Qorasuv
pichoqchilik maktabini rivojlantirishga yanada katta hissa qo‘shishdi.
Ulaming tayyorlagan pichoqlari dasta va tigL
rung mutanosibligi,
dastasini sadaf hamda rangli plastik materiallardan yasab, ajoyib
o ‘simliksimon, geometrik naqshlar bilan bezatilgani bilan shuhrat
qozonmoqdalar. Farg‘ona vodiysida usta To‘xtasin, usta Xalil, Asqar
114
pichoqsoz, Bakirjon Asqarov pichoqsozlik bo'yicha shuhrat topgan
ustalardan. Ular o'zlari yaratgan pichoqlari bilan butun dunyoga
tanilganlar.
Chust pichoqchilik maktabi. Chust ustalari yasagan pichoqlar
boshqa pichoqlardan keskin farq qiladi. Pichoqning dasta hamda tig ‘i
uzunroq, tig'ining uchi tashqariga, dastasining uchi ichkariga tomon
qayrilgan b o ia d i Chust shahrida pichoqchilik an’analari hali ham
davom etib kelmoqda. Farg‘ona vodiysida Chust asosiy pichoq
tayyorlash joyi b o iib , u boshqa pichoqchilik maktablaridan mutlaqo
farq qiladi. Chust pichoqlari shaklining soddaligi hamda siqiqligi bilan
mashhur.
1932-yilda Chustda "Qizil kuch" nomli artel ochilib, unda
pichoqlar ishlab chiqarila boshlanadi. B a’zi og‘ir q o i mehnatlari
stanoklarda bajarilgan. Oldin ustalar pichoq tig ia rin i yasash uchun eski
arralar hamda podshipniklardan foydalanganlar. Pichoq dastalari esa
hayvon shoxlaridan va yog'ochlardan yasalgan. 1949-yildan boshlab
artel tuman maishiy xizinat ko ‘rsatish kombinati deb yuritildi.
Keyinchalik, 1970-yilda Chust shahrida pichoq ishlab chiqarish zavodi
qurildi. Chust pichoqlarining dovrug i butun m am lakatga taraldi. Chust
pichoqlari sobiq Ittifoq ko'rgazm alaridagina emas, balki Hindiston,
Suriya, Polsha, Turkiya, Bolgariya, Vengriya, Belgiya, Shvetsiya va
boshqa chet mamlakatlardagi k o ‘rgazm alarda ham m unosib o ‘rinlarni
egalladi.
1980-yili
Nyu-Delida
ochilgan
III
Xalqaro
Osiyo
yarm arkasiga 10 xil Chust p ic h o g i yuborilgan edi.
Xiva pichoqchilik maktabi. Xorazmdagi Xiva shahrida ham
pichoqchilik an’analari davom etib kelmoqda. Hozirda xivalik
ustalarning XIX-XX asrlarda ishlagan pichoqlari mamlakatimizdagi
turli muzeylarning doimiy k o ‘rgazm alariga aylanib qolgan. Bu
pichoqchi ustalarning ishlarini k o ‘zdan kechirar ekanmiz, pichoq
shakllarim ng nozikligi, bezakdorligi ham da metallni m ohirona qayta
ishlanganligini, pichoqlarning tig ‘ yuzasini nozik islomiy naqshlar
bilan bezatilganligini, "qinbog‘”ning metalldan yasalib badiiy naqshlar
bilan bezalganligini k o ‘ramiz.
Xiva pichoqchilik m aktabiga katta hissa q o ‘shgan ustalardan biri
Otajon M adraimovdir (1884-1916). U o'zining ijodiy merosini o ‘g ‘li
M adraim Otajonovga qoldirgan. Madraim Otajonov xalq amaliy san’ati
ustalari uyushmasida ishlab, ajoyib guldor pichoqlar tayyorlab xalqqa
tanilgan. U Xiva hunarmandchiligi an’analarini davom ettirdi. Xiva
115
Do'stlaringiz bilan baham: |