“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan


“Kasblar alifbosi” oʻyini. “Kasblar alifbosi”



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

“Kasblar alifbosi” oʻyini. “Kasblar alifbosi” 
oʻyinida kasblar roʻyxati 
tuziladi. Oʻqituvchi bitta kasbni oʻylaydi va shu kasb egasi nima ish qilishini 
muammoli tarzda oʻquvchilarga yetkazadi. Oʻquvchilar kasb nomini topishi uchun 
ikki yoki undan ortiq kasb egalarini nomlarini aytadi. Oʻqituvchi keyingi 
muammoli javoblarni davom ettiradi. Oʻquvchilarning oʻylagan kasblari birin-
ketin notoʻgʻri ekanligi aniqlanadi va roʻyxatdan oʻchirib tashlanadi. Natijada 
oʻqituvchi oʻylagan kasb egasining nomi aniqlanadi.
 


194 
3-seminar mashgʻulot 
Mehnat tarbiyasiga oid tadbirlarni tashkil etish. 
Reja: 
1. Mehnat tarbiyasiga oid tadbirlarni tashkil etish.
2. Tadbir turlari . 
Seminar
mashgʻulotning maqsadi: 
1. Seminarmashgʻulotlarda ish joyini toʻgʻri tashkil etish talablarini 
oʻrgatish.
2. Ish qurollaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish, amalda ulardan 
foydalanishga oʻrgatish.
3. Mavzuni oʻtish boʻyicha ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarini, amaliy 
ishlarni dars jarayonida yoritib berish.
Taʼlim metodlari: Tushuntirish, “Aqliy hujum”, amaliy ish, “Blits savollari” 
texnologiyasi. “Klaster” texnologiyasi.
Taʼlim vositalari: Koʻrgazmalar, xavfsizlik qoidalari, rasmlar, slaydlar.
Oʻqituvchining vazifasi:
1. Mehnat xonasida ishlash talablari bilan tanishtiradi;
2. Mehnat darslarida ish joyini toʻgʻri tashkil qilish talabalarini oʻrgatadi;
3. Texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtiradi;
4. Amaliy ish quroli turlari va ulardan foydalanish qoidalari bilan 
tanishtiradi.
Ish xonasida ishlash talablari
1. Ish xonasiga faqat oʻqituvchi ruxsati bilan kiriladi.
2. Har bir oʻquvchi faqat oʻz ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa boʻlib 
bajariladigan boʻlsa, oʻquvchilar oʻz majburiyatlarini yaxshi biladilar.
3. Ish faqat oʻqituvchining ruxsati bilan boshlanadi.
4. Ishni boshlashdan oldin ish joyini tayyorlab, asboblarni toʻgʻri va qulay 
joylashtirish: Oʻng qoʻl bilan ushlanadigan asboblarni oʻng tomonga, chap qoʻl 
bilan ushlanadiganini chap tomonga qoʻy, sanchiladigan, kesadigan asboblarni 


195 
hech qachon ikkita asbob orasiga qoʻyma, ularni doimo oʻz joyiga, oʻtkir tomonini 
narigi, dastasini oʻzing tomonga qilib qoʻy. Asboblarni oʻynama, ular oʻyinchoq 
emas.
5. Ish vaqtida ish joyingizni tartibli saqlang.
6. Oʻtmas yoki buzuq asbob bilan ishlamang.
7. Asbobni ishlatganda, uni oʻqituvchi koʻrsatganidek ishlating.
8. Asboblarni asrang, ularni toʻgʻri, oʻz oʻrnida ishlating, soʻng ularni 
tozalab qoʻying.
9. Har bir detalni oldingi safargidan sifatli, chiroyli va tartibli qilishga 
harakat qiling.
10. Ishni tugatdingizmi, ish joyingizni tezda tozalab, tartibli qilib qoʻying.
Ish joyini toʻgʻri tashkil etish: Oʻqituvchi stolning ustiga dasturxon yozib, 
oʻng tomoniga qaychi, yelim uchun choʻtka, chizgʻich, qalam, oʻchirgʻich 
joylashtiradi. Oʻquvchining old tomoniga yelim, qiyqimlar uchun quticha va 
sochiq joylashtiriladi. Oʻquvchining chap tomoniga, ish vaqtida xalaqit 
bermaydigan qilib rangli qogʻoz toʻplarni, qogʻoz toʻplarni va kerakli materiallar 
joylashtiriladi.
Sanitariya-gigiyena talablari: Oʻquvchi ish stolida ishlayotganda kiyimlarini 
kir qilmaslik uchun maxsus ish fartuklari va yenglar kiyib olinadi. Ish qurollaridan 
foydalanishda har bir asbobni yoki ish qurolini tartib bilan ishlatishni, yaʼni bitta 
ish qurolidan foydalanib boʻlib oʻz joyiga qoʻyib, keyin ikkinchisini qoʻlga olish 
talab etiladi. Bunda oʻquvchini ish stoli batartib boʻladi. Ish vaqtida oʻquvchi 
qoʻlini kiyimlariga, boshiga, yuziga tekkizmaslik, zarur boʻlganda qoʻlini sochiqqa 
artib keyin qoʻlini harakatlantirishi mumkin. Ishni tugatgandan soʻng ish qurollari 
va asboblarini oʻz gʻilof yoki idishlariga solib tartib bilan sumkasiga yoki maxsus 
javonga joylashtirib qoʻyishi kerak.
Toʻgʻri oʻtirish qoidalari: Oʻquvchilar ish vaqtida toʻgʻri oʻtirish qoidalariga 
amal qilishlari kerak. Har bir asbob yoki ish qurolidan foydalanayotgan vaqtida 
qoʻllarni keskin harakatlantirmaslik, oʻrnidan turmaslik, orqasiga qaramaslik
yoniga oʻgirilmaslik, oʻrtogʻiga gapirmaslik kerak. Ish vaqtida gavdani toʻgʻri 


196 
tutish, bir tomonga qiyshaymaslik, oyoqlarini toʻgʻri joylashtirish, qoʻllarni stol 
ustida harakatlantirish, asbob va ish qurollarni gavdasiga yaqin olib kelmaslik, ish 
stolida toʻgʻri oʻtirish kerak. SHunda oʻquvchi charchab yoki toliqib qolmaydi.
Ustaxonadagi asbob-uskunalar. Oʻquvchilar ustaxonada ishlayotganlarida 
har xil asboblar va moslamalardan foydalanishadi. Qaychi, qalam, chizgʻich, igna, 
angishvona, yelim, yelim choʻtkasi, bigiz, taglik taxtachalar, pichoq, gazlama, 
rangli qogʻoz toʻplarni, plastilin, turli urugʻlar, barglar, mato boʻlaklari, karton 
toʻplarni, sochiq, chiqindilar uchun quticha, stol ustiga plyonka.

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish