O'zbekistonda po'lat ishlab chiqarish – Bekobodda O'zbekiston metallurgiya zavodi 1944 yil 5 mart kuni ishga tushirilgan. 1994 yili Shirin mashinasozlik zavodi bilan qo'shilishi natijasida OAJ “UZMETKOMBINAT”ga aylantirigan. Bu zavod xozirda Bekobod shaxrida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Ushbu kombinat O'rta Osiyodagi yagona qora metallurgiya korxonasi xisoblanadi.
Po'lat ishlab chiqarish mohiyati – Po’latda uglerod miqdori odatda 1,5% yoki undan kam buladi. Uglerod miqdorining ko'payishi qotishmaning mo'rtligi va qattiqligining ortishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun xam maxsus yuqori uglerodli po'latlar ishlab chiqarilib ular asosidagi buyumlar kattik lekin juda mo'rt bo'ladi.
Po'lat ishlab chiqarishning asosiy xom ashyosi bo'lib cho'yan va temir lom xizmat qiladi.