15-§.
GAZLAMANI BICHISHGA TAYYORLASH VA BICHISH
Kiyimni tikishga tayyorlashning gazlama tanlash, andazani gazla maga joy-
lashtirish, bichish, tikish hamda kiyimga oxirgi ishlov berish bosqichlari mavjud.
Ushbu jarayonni bosqichma-bosqich amalga oshirish kiyimni sifatli va talab
darajasida tayyorlashga zamin bo‘ladi.
Gazlamani bichishga tayyorlashdan oldin uning arqoq va tanda iplari joylanishini,
o‘ng va teskari tomonlarini aniqlab olish kerak. Ayrim gazlamalarning o‘ng va
teskari tomonlaridagi gullari ikki tomonlama bo‘ladi. Bunday holatda gazlamaning
bir tomonini bichishga tayyorlab, unga tikuvchilik bo‘ri bilan belgi qo‘yish kerak.
Gazlamaning tuki, guli, shaklli chiziqlari joylanishini inobatga olib, namlab-isitish
jarayoni o‘tkaziladi. Ushbu jarayonda gazlamaning g‘ijimlangan qismlari tekislab
olinadi.
Gazlamaga andazani joylashtirishda dastlab asosiy qismlarni, so‘ngra ochiq
qolgan joylariga mayda detallarini joylashtirish kerak.
Gazlamaning milki
Gazlamaning milki
Gazlamaning milki
Gazlamaning milki
Buklov
Qirqim
Qirqim
Qirqim
Qirqim
a
b
170
170
Do'stlaringiz bilan baham: |