T/r
Chоk turlаri
Rasmli ko‘rinishi
1
Qaytma chok.
Bu chok bir xil
yiriklikdagi qaviqlarning uzluksiz
qatoridan iborat bo‘ladi. Ignani
o‘ngdan chapga yuritib, birinchi
qaviq bilan shu qaviq yirikligidagi
oraliq hosil qilinadi. Ikkinchi qaviqni
tushirish uchun ip chapdan o‘ngga
yotqizib, birinchi qaviq tugagan
joydagi nuqtaga igna sanchiladi-da,
qaviq yirikligida o‘ngiga chiqariladi.
Uchinchi va undan keyingi qaviqlarni
tushirishda ularning o‘zidan oldingi
qaviq tugagan joyga igna sanchiladi.
Qaytma chokni qaviqlar orasida ochiq
joy qoldirib tiksa ham bo‘ladi
2
Suv chok
. Bir-biriga zich joylashgan
qator qiya qaviqlardan iborat bo‘ladi.
Bu chokni chapdan o‘ngga tomon
yoki o‘zidan oldinga qaratib yo‘naltirib
tikish mumkin. Suv chokni tikayotganda
ip doimo bir tomonda – chapda yoki
o‘ngda bo‘lishi kerak. Tikayotganda
ip yo‘nalishini o‘zgartirib bo‘lmaydi,
chunki chokning tuzilishi buzilib
qoladi
Do'stlaringiz bilan baham: |