Kashta tikish uchun asbob va moslamalar
Qo‘lda kashta tikish uchun oddiy asboblar kerak. Bular: igna, angishvona, qaychi,
santimetr, o‘tkir uchli dukcha, chambarakdan ibo rat. Bundan tashqari, millimetrli
qog‘oz, kalka, nusxa ko‘chirish qog‘ozi kerak bo‘ladi.
Igna
ning ko‘zi qancha katta bo‘lsa, unga shuncha ko‘p qavat ipni o‘tkazish oson
bo‘ladi. Gazlamaning qalin-yupqaligiga qarab igna tanlanadi.
Angishvona
o‘ng qo‘lning o‘rta barmog‘iga taqiladi. U barmoqni siqib yoki undan
tushib qolmasligi kerak.
Qaychi.
Ishlash uchun uch xil qaychi ishlatiladi. Uchi ingichka qaychi gazlamadagi
ipni qirqish va tortib olib tashlash uchun; uchi qayrilgan o‘rtacha kattalikdagi qaychi
kashta tikayotganda ip uchini qirqish uchun kerak. Katta qaychi esa gazlama va
kalava iplarni qirqish uchun ishlatiladi. Qaychilar yaxshi charxlangan, tig‘lari to‘la
yopiladigan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |