Issiq va yaxna ichimliklar
Ertalabki dasturxonga qanday ichimlik turi tortiladi? Ichimlik
turi uchun qanday idishlardan foydalanasiz?
Choy
– mashhur ichimlik turi hisoblanadi. Qadimdan choydan davo lash usulida
foydalanilgan. Oshqozon, ichak kasalliklarida, qon bosimi oshganda, asab tolalarini
tinchlantirishda choydan foydalanilgan. U o‘z xususiyatiga ko‘ra chanqovbosdi
hamda charchoq chiqaruvchi hamdir. Choyni Yevropaga birinchi bo‘lib gollandiyalik
savdogarlar olib ki rishgan bo‘lib, keyinchalik Indoneziya, Hindiston, Yaponiya, Af
rika davlatlarida choy yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Choyni yetishtirish unga ishlov
berishga qarab bir necha navlarga bo‘linadi. Qo‘l mehnati bilan yetishtirilgan, terib
olingan, unga rang, ishlov berilgan choylar oliy navli choylar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |