Tuxumni qaynatish usullari:
Tuxum qaynoq suvga solinib, 3–5 daqiqa ushlanadi. Iliq holda iste’mol qilinadi.
Tuxumni yumshoq pishirish uchun 2 daqiqa qaynatish kerak. Natijada oqsil
chala pishib, sarig‘i o‘sha holicha qoladi.
“Xaltacha” usulida pishirishda qaynayotgan suvda 4–5 daqiqa qay natish
kerak – oqsili pishadi, sarig‘i pishmaydi.
Qattiq qaynatib pishirish uchun tuxumni qaynoq suvda 7–10 daqiqa ushlash
kerak – oqsili ham, sarig‘i ham pishadi. Qaynatilayotganda tuxum yorilib
ketmasligi uchun suvga 1 choyqoshiqda tuz solib qo‘yish kerak (suv tuxumni
1 santimetrcha ko‘mib turishi lozim). Pishgan tuxum qobig‘ini oson archish
uchun pishganidan keyin uni darrov sovuq suvda 30 daqiqa tutib turish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |