Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik



Download 33,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/148
Sana05.04.2022
Hajmi33,06 Mb.
#529265
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   148
Bog'liq
5-texnologiya

Mustahkamlash uchun savollar
1. Qotishma deb nimaga aytiladi?
2. Qanday qotishmalar metall qotishma deyiladi?
3. Metallar qanday guruhlarga bo‘linadi?
Metallarni
farqli
belgilari
elastiklik,
plastiklik
mustahkamlik,
mo‘rtlik,
korroziyabardoshlik
elektr va
magnit xossasi,
qayishqoqligi
rangi, zichligi
qattiqligi,
egiluvchanligi
erish harorati,
payvandlanuvchanligi
Qora metall
Rangli metall
METALLAR
Temir
Cho‘yan
po‘lat
Og‘ir
Yengil
Qimmatbaho
Alyuminiy
Oltin
Nodir
Volfram
Tantal
Kumush
Kaliy
Mis
Qalay
va boshqa.
va boshqa.
va boshqa.
va boshqa.


52
52
Temir
Temir tabiatda eng koʻp tarqalgan element. Sof 
temir oq tusli yal ti roq metall ko‘rinishida bo‘ladi. 
Nam havoda yoki kislorodli suvda tezda quriydi, 
egiluvchan metall. Issiqlik va elektrni yaxshi о‘tka-
zadi. 
Texnikada temir va uning ruda lari qora metal-
lar deb ataladi. Texnik sof temir elektromagnitlar 
oʻzak lari va elektr mashinalari yakor lari, akkumulatorlar plastinalari uchun material dir. 
Temir zamonaviy texnika uchun eng zarur metallardan biri. Lekin sof temir yum-
shoq boʻlgani uchun kam ishlatiladi. Temir birikmalari sanoat, qishloq xoʻjaligi va 
qurilish ishlarida keng qoʻllaniladi.
Chо‘yan
Choʻyan har xil buyumlar (qo zon, santexnika 
qurilmalari, meʼ mor lik bezaklari va boshqalar) qu -
yish uchun ishlatiladigan moʻrt ma te rialdir. 
Choʻyan oq, kulrang, bolgʻala nuvchan, mus-
tah kamligi yuqori, max sus, olovbardosh turlarga 
boʻ li nadi.
Quymalar olish uchun ishlatiladigan kulrang 
chо‘yan quymakorlik choʻyani deb ham ataladi.
pо‘lat
Poʻlatning rangi kulrang bо‘ lib, toblanganda 
uning qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolgʻa-
lanuvchan boʻlib qoladi. 
Ishlatilishiga qarab, qurilish va mashinasozlik, 
asbobsozlik va bosh qa sohalarda asosiy material 
hisoblanadi.
Mis
Mis rangli metall hisoblanadi. Qadimda mis ru-
dasi Kipr orolidan qazib olingan, shuning uchun 
u orol ning nomi bilan “Cuprum”, ya’ ni mis deb 
atalgan. Mis tabiatda nisbatan kam tarqalgan bо‘lib, 
push ti-qizil rangga ega. U yumshoq va yopish-
qoq, bolgʻalanuvchan, yaxshi egi luv chanlikka ega, 
elektr tokini va issiqlikni yaxshi о‘tkazadi, kor-
roziyaga chidamli, ammo mо‘rt metalldir. 
Mis issiqlik va elektr tokini juda yaxshi oʻtkazadi, bu jihatdan faqat kumushdan 
keyinda turadi. 
Mis ochiq havoda qorayadi, nam havoda koʻkaradi. U, asosan, sulfidli mis ruda-
laridan olinadi. Mis elektr simlari, elektr asboblar va uskunalar ishlab chiqa rishda, 


53
53

Download 33,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish