Texnologiya ta`limi praktikumi (chilangarlik) fanidan


Mustahkamlash uchun savollar



Download 4,13 Mb.
bet19/34
Sana07.03.2022
Hajmi4,13 Mb.
#485568
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
TTP amali mashg\'ulot

Mustahkamlash uchun savollar:
1.Zubiloning vazifasi va u haqida ma’lumot bering?
2.Kreysmeyselning vazifasi va u haqida ma’lumot bering?
3.Zubilo va kreysmeysellar qanday charxlanadi?
4.Chilangarlik bolg’alari va sandon haqida ma’lumot bering?


AMALIY MAShG’ULOT № 5




Mavzu: Egovlarni o’rganish.




Ishdan maqsad: Talabalarga egovlarning turlari, tuzilishi, nadfillar va shaberlarni ishlatilishini o’rgatish. Egovlashni mashq qilish.

Asbob-uskuna va moslamalar: Chilangarlik dastgohi, tiska, egovlar, nadfil, shaber o’lchov asboblari, zagotovka.


Tayanch iboralar: yirik tishli egovlar, mayday tishli egovlar, mayin tishli egovlar, egovlarning ko’ndalang kesimlariga qarab turlari, nadfillar, shaberlar.
Nazariy ma’lumotlar.

Egovlar tishlariga qarab: yirik tshli (dag’al-drachevoye), mayda tishli (lichnoye), mayin tishli (barxatnoye) egovlarga bo’linadi.


Yirik tishli egovlar (1 sm uzunligida 10-12 qator tishlari bo’ladi) sirtlardan 0,5-0,6 mm gacha qalinlikda qirindi olish yo’li bilan xomaki ishlov berishda ishlatiladi. Bu egovlar bilan ishlangan sirtlarning iniqlik darajasi 0,2-0,5 mm dan oshmaydi.
Mayda tishli egovlar (1 sm uzunligida 16-24 qator tishlari bo’ladi) sirtlardan 0,1-0,3 mm gacha qirindi olish yo’li bilan toza ishlov berishda ishlatiladi. Bu egovlar bilan ishlangan sirtlarning aniqlik darajasi 0,02-0,15 mm ga yetib boradi.
Mayin tishli egovlar (1sm uzunligida 24-40 qator tishlari bo’ladi) 0,01-0,02 mm gacha qirindi olish yo’li bilan aniqligi 0,01-0,005 mm gacha bo’lgan sirtlar hosil qilishda ishlatiladi.
Egovlarning tishlari maxsus zubilo bilan kertib yoki frezalash yo’li bilan hosil qilinadi. Tishlar bir qatorli yoki ikki qatorli bo’ladi.Bir qator tishli egovlarda tishlarning qiyalik burchagi yon tekislikka nisbatan 70-800 bo’ladi; bu egovlar yumshoq metallar (mis, alyuminiy, babbit va boshqalar)ni egovlash uchun mo’ljallangan; ikki qator tishli egoqlarning tishlari bir-biri bilan kesishgan bo’lib, birinchi qatordagi tishlarning qiyaligi 55-600 burchak hosil qilib joylashtirilgan. Bunday egovlar yumshoq hamda qattiq metallarni egovlashda ishlatiladi.
Egovlar ko’ndalang kesimlariga qarab: yassi (to’g’ri to’rtburchaklik), kvadrat, uchburchaklik, romb, dumaloq, yarim dumaloq shakllarda bo’ladi.
Egovlanadigan sirtlarning shikliga, uning xomaki yoki toza ishlanishiga qarab unga mos egov tanlanadi.
Xomaki materiallarni egovlab silliqlash va aniq o’lchamga keltirishda dastlab yirik tishli egovlar ishlatiladi. Ular bilan sirtlarning aniqligi 0,2-0.5 mm gacha keltirilib, so’ngra mayda tishli egovlar bilan egovlashga o’tiladi va sirtlarning aniqlik darajasi 0,02-0,1 mm ga keltiriladi. Talab etilishiga qarab mayin tishli egovlar bilan egovlanadi, shaberlab sirtlarning silliqligi, aniqlik darajasi orttiriladi.
Egovlar U13 va U13A markali uglerodli asbobsozlik po’latlaridan, ba’zan ShX15 yoki 13X markali legirlangan asbobsozlik po’latlaridan 100, 125, 150, 200, 250, 300, 350 va 400 mm o’lchamlarda tayyorlanadi, ularga tish chiqarilgandan so’ng termik ishlov beriladi.
Egovlar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: ish qismi, uchi, qirra, yoq, bandi (quyruq), dasta. Ular zarang, qayrag’och, qayin, chinor, yong’oq kabi yog’ochlardan yoki presslangan qog’oz, plastmassalardan tayyorlangan dastalar bilan dastalanadi. Presslangan qog’oz va plastmallar yorilmasligi bilan yog’ochlardan farq qiladi. Dastasiz egovlar ishlatilmaydi. Dastalar yorilmagan. Darz ketmagan, butoqsiz, sirti silliq, alflangan yoki laklangan bo’lishi kerak. Dastaning uzunligi va yo’g’onligi egovning o’lchamiga mos bo’lishi kerak.
Egovni ishlatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim.

  1. Egovlarni biror buyumga urmaslik kerak. Bu-tishlarning ishdan chiqishiga sabab bo’ladi.

  2. Egovlarni bir-biri ustiga qo’ymaslik ularni yog’och tagliklarga terib qo’yish kerak.

  3. Qattiq metallarni yoki toblangan detallarni egovlamaslik kerak, chunki egov o’tmaslanadi.

  4. Egovga va egovlanadigan sirtga moy yoki boshqa moyli modddalar tegmasligi kerak. Moylangan egov egovlanmaydi, balkisirpanib ketadi.shuning uchun egovlarni qo’l bilan artmaslik kerak, chunki qo’lda moy pardasi bo’ladi. Moyli qirindi egov tishlari orasiga kirib uni o’tmaslab qo’yadi.

  5. Egov zanglab qolmasligi uchun uni nam ta’siridan saqlash kerak.

  6. Egovning tezda ishdan chiqmasligining oldini olish uchun zanglagan sirtlarni egovlashdan oldin tozalash kerak.

Sirtlar zangdan sim cho’tka bilan tozalanadi.

  1. Yumshoq va qovushoq metallarni egovlashda egov tishlari orasiga qirindi to’lib qolmasligining oldini olish uchun ishdan oldin egovlarga bo’r surtib olinadi (alyuminiyni egovlashda steain surtiladi).

  2. Egovlarni doimo tozalab turish kerak. Egovlash vaqtida qirindi tiqilib qolmasligi uchun egovni uchi bilan dastgohga tez-tez urib turiladi.

Egovlar sim cho’tka yoki alyuminiy. Jez va boshqa yumshoq metalldan tayyorlangan qirg’ich bilan qirib tozalanadi.
Nadfillar. Kichik yuzalarni egovlashda kichik o’lchamli egovlardan-nadfillardan foydalaniladi. Ular U12, U12A va U13, U13A markali uglerodli asbobsozlik po’latlaridan 80, 120 va 160 mm uzunlikda tayyorlanadi.
Qattiq qotishma. Keramik materiallar. Shishalarni ishlashda olmos nadfillar ishlatiladi.
Shaberlar. Sirtlar mayin egovlar bilan egovlanib silliqlanishdan qat’iy nazar, unda ma’lum g’adir-budurliklar qoladi. Sirtlarni yuqori darajada silliqlashda shaberlash (qirish) usulidan foydalaniladi.
Shaberlash o’tkir qirg’ich-shaber bilan detil sirtidan yupq a qirindi olishdan iborat. Bunda detal sirtidagi notekisliklar, egov yoki boshqa turdagi keskich izlari yo’qotiladi. Bu usul bilan bir-biriga biriktiriladigan detallarning jipsligi va germetikligi ta’minlanadi.
Detal sirtining shaberlanishi lozim bo’lgan joylarini aniqlash uchun uni yupqa qilib bo’yoq surtilgan tekshirish plitasi yoki lineyka ustiga qyiladi va ohista bosib uyoq-buyoqqa suriladi. Bo’yoq tekkan do’ngliklar shaberlanadi.
Detal sirtiga bo’yoq bir tekis tegadigan bo’lgunga qadar shaberlash davom ettirilaveradi.
Shaberlash aniqligi 25x25 mm kvadrat yuzadagi dog’lar soni bilan o’lchanadi. Masalan, shaberlangan stanina yo’naltiruvchilari. Support salazkalaridagi dog’lar soni 10 tadan, aniq ishlaydigan stanoklarda 16 tadan ortiq bo’lmasligi kerak.
Podshipniklarda yuzaning ¾ qismi valga tegadigan bo’lgunga qadar shaberlash davom ettiriladi.
Shaberlash bilan yuzani 0,005-0,01 mm gacha toza ishlash mumkin. Shaberlangan yuzaning juda silliq chiqishini ta’minlash uchun cho’yanlarni quruq holda, mis va po’latlarni esa sovunning quyuq eritmasiga shaberni botirib shaberlash kerak.
Shaberlar eski egovlardan yoki U10A va U12A markali uglerodli asbobsozlik po’latlaridan har xil shaklda tayyorlanadi.



Download 4,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish