Texnologiya ta`limi praktikumi (chilangarlik) fanidan


Mustahkamlash uchun savollar



Download 4,13 Mb.
bet17/34
Sana07.03.2022
Hajmi4,13 Mb.
#485568
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bog'liq
TTP amali mashg\'ulot

Mustahkamlash uchun savollar:
1.Chilangarlik arralarining vazifasi va ularning turlarini ayting?
2.Dastaki arralar haqida ma’lumot bering?
3.Stanogli arraning tuzilishini tushuntiring?
4.Arra polotnosi haqida ma’lumot bering?




AMALIY MAShG’ULOT № 4




Mavzu: Zubila va kreysmeysel, chilangarlik bolg’asi va sandon.




Ishdan maqsad: Talabalarga zubila va kreysmeyselning tuzilishi, bolg’alarning tuzilishi va ishlatilishini o’rgatish , qirqishni mashq qilish.

Asbob-uskuna va moslamalar: Chilangarlik dastgohi, tiska, zubila va kreysmeysel, bolg’a, sandon, o’lchov asboblari

Tayanch iboralar: zubilo, kreysmeysel, chilangarlik bolg’alari, sandon.




NAZARIY MA’LUMOTLAR.
Zubilo va kreysmeysel. Metallar zubilo va kreysmeysellar yordamida qirqiladi va tarashlanadi.
Zubilo ish qismi (tig’), tana va zarb beruvchi qismlardan iborat bo’lib, U7, U7A, U8, U8A markali uglerodli asbobsozlik po’latlarida tayyorlanadi.
Ishlanadigan materialning qattiqligiga qarab zubilo har xil burchak ostida charxlanadi, ya’ni uning o’tkirlik (charxlanish) burchagi turlicha bo’ladi: cho’yan, bronza kabi qatiq metall va qotishmalar uchun 700; o’rtacha qattiqlikdagi metall matreiallar (po’lat) uchun 600; yumshoq metall materiallar (mis, latun, alyumin qotishmalari) uchun 30-450.
Zubilolar 100, 125, 150 va 200 mm uzunlikda tayyorlanib, tig’ning eni unga mos ravishda 10, 15, 20 va 25 mm bo’ladi.
Zubiloning ish qismi toblanadi va bo’shatiladi. Uning toblanganlik darajasini aniqlash uchun uni eni 50 mm, qalinligi 3 mm li St6 markali po’lat polosani tiskiga qistirib qirqiladi. Bu vaqtdagi o’tmaslanmasa, ezilmasa, uchib ketmasa, toblash yaxshi o’tkazilgan hisoblanadi yoki zubiloning toblangan qismini mayin egov bilan egovlab ko’riladi. Agar egovlash vaqtida qirindi (kukun) hosil bo’lmasa, toblanganlik darajasi yaxshi hisoblanadi.
Kreysmeyselar tor ariqchalar (kanavkalar), shponka pazlari ochishda, ichki konturlarni tarashlashda ishlatilib, ular zubilodan tig’ining ensizligi va tanasining qalinligi bilan farq qiladi. Ularning materiali, o’tkirlik burchagi, toblanganlik darajasi zubiloniki bilan bir xil bo’ladi.
Zubilo va kreysmeysellar elektrik charxlarda charxlanadi. Charxlash vaqtida ularni tirgakga tirab charxtoshga ohista bosiladi. So’ngra toshning eni bo’ylab o’ng va chapga surib boriladi. Charxlanuvchi asbobni toshga qattiq bosmaslik kerak. Aks holda u qizib ketadi, buning natijasida kesish xususiyatini yo’qotadi. Asbob charxtoshga ohista bosilishidan qat’iy nazar charxlash davomida uni tez-tez suvga botirib, sovitib turish kerak. O’tkirlik burchagi maxsus burchak o’lchagich andaza yordamida tekshirib boriladi.
Chilangarlik bolg’alari. Metallarni bolg’alash (egish, bukish, to’g’rilash), parchinlash zubilo va kreyymeysellar yordamida qirqish, tarashlashda slesarlik bolg’alaridan foydalaniladi. Ular yumaloq va kvadrat muhrali bo’lib og’irligi 200, 400, 500, 600 grammgacha bo’ladi. Bolg’alar U7 va U8 markali uglerodli asbobsozlik po’latlaridan tayyorlanadi va toblanadi.
Bolg’alarning dastalari qora qayin, zarang, qayrag’och, eman kabi qattiq, qayishqoq yog’ochlardan tayyorlanadi. Ular butoqsiz. Yorilmagan bo’lishi kerak. Dastaning balg’aga puxta o’rnaini ta’minlash uchun unga metall yoki yog’och ponalar qoqiladi.
Slesarlik o’quv ustaxonalarida tunukalar bilan ish ko’rganda yog’och to’qmoq (kiyanka)lardan foydalaniladi. Ular yumaloq va to’g’ri to’rtburchaklik muhrali qilib tayyorlanadi.
Sandon yaxlit metall taglik bo’lib, uning ustida metallarni to’g’rilash, parchinlash, zubilo yordamida qirqish ishlari olib boriladi. Uni maxsus stol, tumbochka yoki kunda ustida o’rnatiladi. Ish vaqtida sandonning o’rinsiz bolg’alanishiga, zubilo bilan chaqalanishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bu hol sandon sirtining silliqligi va tekisligini buzadi, u o’z navbatida zagatovka sirtining ezilishiga sabab bo’ladi. Bunday hollarning ro’y bermasligining oldini olish maqsadida yupqa listlarni qirqishda sandon ustiga yumshoq po’latlardan ehtiyot plastinka qo’yib olinadi, qalin listlarni ikki tomonlama qirqib sindirib olinadi.


Download 4,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish