Texnologiya ta`limi praktikumi (chilangarlik) fanidan



Download 4,13 Mb.
bet24/34
Sana31.05.2023
Hajmi4,13 Mb.
#946962
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
Texnologiya ta`limi praktikumi (chilangarlik) fanidan

Zenkerlar quyish, bolg’alash, shtamplash yo’li bilan cho’yan va po’latdan tayyorlangan detallardagi, shuningdek, oldindan parmalab ochilgan teshiklarni kengaytirish, tozalash va aniqlik klassini orttirish maqsadida ishlatiladigan keskich asboblardir. Ular bilan ishlangan sirtlar 4-6 klass tozalikka va 3-5 klass aniqlikka ega bo’ladi.
Zenkerlar parmalash bilan razvyortkalash oralig’ida ishlatiladigan asbob bo’lib, u bilan ishlov berilgan sirtlarda ma’lum qo’yim (qirindi chiqarish yo’li bilan olinadigan qatlam) qoldiriladi.
Zenkerlash parmalashga qaraganda unumli hisoblanadi. Chunki bir xil kesish tezligida zenkerning surilishini parmanikiga qaraganda 2.5-3 barobar orttirish mumkin.
Zenkerlar U12, U12A va 9X, 9XS markali uglerodli va legirlangan asbobsozlik po’latlaridan tayyorlangan yaxlit va VK6, VK8, VK6M, VK8V, T5K10, T14K8, T15K6 markali qattiq qotishmalardan tayyorlangan plastinkali qo’ndirma turlarga bo’linadi. Ular tuzilish jihatdan parmaga o’xshash bo’lib, 3-4 ta spiralsimon ariqchali bo’ladi.
Konussimon quyruqli zenkerlarning diametri 10 dan 40 mm gacha, uzunligi 80 dan 200 mm gacha, kesuvchi qirralari 3 ta bo’ladi.
Qo’ndirma zenkerlar diametri 32 dan 80 mm gacha, uzunligi 10 dan 18 mm gacha tayyorlanib, kesuvchi qirralari 4 ta bo’ladi. Zenkerlash parmalash stanoklarida olib boriladi. Po’lat, mis, latun, dyuralyuminiylardan tayyorlangan detallarni zenkerlashda sovituvchi emulsiya ishlatiladi.
Zenkovkalar oldindan ochilgan teshiklarni zenkovkalash yo’li bilan bolt, vint, parchin mix kallaklari uchun uyalar va faskalar, shayba o’rin, klapan uyalari ochish, tores yuzalarini tozalash uchun ishlatiladigan keskich asbobdir.
Zenkovkalar zenkerlardan ish qismlarining qisqaligi va tig’larining ko’p bo’lishi bilan farq qiladi. Ular silindrik, konusimon va toreslarga ishlov beruvchi turlarga bo’linadi.
Silindrik zenkovkalarning quyrug’isilindrik va konussimon bo’lib, ish qismining uchida yo’naltiruvchi turumlari bo’ladi, bular zenkovkalarning teshikda umumiy o’q atrofida aylanishini ta’minlaydi. Yo’naltiruvchi turumlar umumiy yoki tarli xil diametrdagi teshiklarni zenkovkalash imkonini beradigan almashinuvchi bo’lishi mumkin.
Zenkovkalar R9 va R18 markali tezkesar po’latlardan tayyorlanadi.
Konusimon zenkovkalar quyruq va ish qismlaridan iborat, ularda 4 tadan 8 tagacha kesuvchi tig’lar bo’ladi. 30, 60, 90, 1200 burchak ostida konuslangan zenkovkalar ko’p ishlatiladi. Ayrim konusimon zenkovkalarning uchida yo’naltiruvchi turumlari bo’ladi. Zenkovkalash parmalash stanoklarida olib boriladi.

Download 4,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish