II. O‘TKAZISh BOSQIChI
2.1. Topshiriq ustida yakka tartibda yoki guruh bilan ishlash
|
Manbalar bilan ishlash
|
Trening
|
Aqliy hujum
|
O‘yin texnikasi bilash ishlash
|
Guruhlararo
munozara
|
Guruhlarning chiqishi
|
Natijalarni himoya qilish
|
Munozara qoidasi
|
Taqrizchilar (ekspert) ishi
|
III. TAHLIL BOSQIChI
|
3.1.
|
O‘yinnning yakuni
|
3.2.
|
Rollar tahlili
|
3.3.
|
Rollarni baholash
|
3.4.
|
Xulosa chiqarish
|
3.5.
|
Tavsiyalar berish
|
3 – TOPSHIRIQ
Texnologiya fanidan o‘quv dasturini taxlil qilib chiqing. 5-9 sinf o‘quv dasturidan foydalangan xolda Amaliy darsga tayyorgarlik ko’rish yo’riqnomalarni o’tkazish tartibi ishlab chiqing.
Amaliy fanlar blok-moduli oʻz ichiga Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʻat, Chizmachilik, Texnologiya, Jismoniy tarbiya va Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik oʻquv predmetlarini qamrab oladi hamda oʻzaro aloqadorligini taʻminlaydi.
Oʻquvchilarni maʻnaviy dunyosini boyitish, borliqni idrok etishda uning yaxlitligi, takrorlanmasligi va uygʻunligini anglash, hayotiy tasavvurini amaliy faoliyatida ifodalash orqali tafakkurini oʻstirish, ijodkorlikni rivojlantirish, innovatsion gʻoyalarni yaratish hamda kundalik hayotga tatbiq etishga oʻrgatish amaliy fanlar blok-moduli orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, oʻquvchilarni maʻnaviy, badiiy, axloqiy madaniyatini rivojlantirib, ijodiy mahorat, badiiy-estetik didini oʻstirishda, kasb-hunarga yoʻnaltirish bilan birga, jismonan baquvvat boʻlib, sogʻlom turmush tarziga amal qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatga tayyorlash, hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish Amaliy fanlar tarkibida olib boriladi.
Hozirgi kunda yangiliklar, yuqori texnikaviy-texnologik innovatsiyalar, maʻlumotlar oqimining oʻsib borishi hayotning barcha jabhalarida toʻrtinchi texnologik inqilobni yuzaga keltirmoqda. Shaxsning qiziqishlari va jamiyatning talablari oʻzgarmoqda. Kundalik hayotni ilmiy-tadqiqot, texnika taraqqiyoti konsepsiyalari bilan taʻlimning integrativ yondashuvini STEAM taʻlimini joriy etadi. Bunday yondashuvdan maqsad - taʻlim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini taʻminlashda maktab, jamoatchilikni jalb qilib, ilmiy savodxonlik, raqobatbardoshlikni targʻib qilishga qaratilgan. Ilgari mehnat darslarida qizlar faqat fartuk tikishni, oʻgʻil bolalar yogʻochga va metallga ishlov berishni, tasviriy sanʻat va chizmachilik darslarida rasm va chizmalar, qalam bilan qoʻlda chizishni oʻrganishgan boʻlsa, hozirga kunda buning oʻzi yetarli boʻlmay qoldi. Bugungi kunda butun dunyo maktab oʻquvchilarini robototexnika, modellashtirish, konstruksiyalashtirish, dasturlashtirish, 3D-loyihalashtirish va boshqa koʻplab yangiliklar qiziqtirmoqda.
Bunday qiziqishlarni amalda sinab koʻrish uchun yanada murakkabroq bilim, koʻnikma, malakalarni egallash va kompenesiyalarni shakllantirish zarur boʻladi. Bu oʻrinda nafaqat bilish va uddalay olish, balki tadqiqot olib borish va ixtiro qilish talab etiladi. STEAM taʻlimi DTS asosida beriladigan bilim, koʻnikma va malakalarning ilmiy jihatdan qanday qilib kundalik hayot bilan bogʻliqligini koʻrsatish orqali sinfdagi dars mashgʻulotlari va maktabdan tashqari taʻlim jarayonida oʻquvchilarning oʻquv tadqiqotlarini oʻtkazish, tajribalarni bajarib koʻrish, loyihalashtirishga yoʻnaltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga boʻlgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Musiqa madaniyati oʻquv predmeti oʻquvchilarning maʻnaviy, badiiy va axloqiy madaniyatini rivojlantirishga, milliy gʻurur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni oʻstirishga xizmat qiladi. Shuningdek, oʻzbek, klassik va zamonaviy sanʻat haqidagi boshlangʻich bilimlarni oʻzlashtirishga, musiqiy asarlarni tinglab tushunish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni egallash hamda hayotda qoʻllay olish layoqatini shakllantirish koʻzda tutilgan.
Tasviriy sanʻat oʻquv predmeti oʻquvchilarda tasviriy savodxonlikni rivojlantirishga, badiiy-estetik tafakkur va emotsional sezgirlikni oʻstirish orqali ijtimoiy hayotda zarur boʻlgan bilimlarni egallashga xizmat qiladi.
Chizmachilik oʻquv predmeti oʻquvchilarning grafik savodxonligi, fazoviy tasavvuri va tafakkurini rivojlantirishga, texnik detal va buyumlarning chizmalarini oʻqish va uni tuzish qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, oʻquv predmeti oʻquvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishga alohida eʻtibor qaratiladi.
Texnologiya oʻquv predmeti oʻquvchilarda texnik ijodkorlikni, qobiliyatni, tafakkurni rivojlantirish, dars jarayonida tabiiy, metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini oʻrgatish orqali kasb-hunarga yoʻnaltirishni yanada kuchaytirish, hunarmandchilik asoslari, ishlab chiqarish va roʻzgʻorshunoslik asoslari, elektrotexnika ishlari, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash texnologiyasi, kasb-hunarga yoʻllash boʻyicha oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini hayotda qoʻllay olish layoqatini shakllantirishni koʻzda tutgan. Oʻquv predmetini oʻqitish orqali oʻquvchilarning texnik ijodkorlik qobiliyati, kreativ koʻnikmalarini rivojlantirishga alohida eʻtibor qaratiladi.
Jismoniy tarbiya oʻquv predmeti oʻquvchilarni jismonan sogʻlom, baquvvat, vatanga sadoqatli boʻlish ruhida tarbiyalash orqali jismoniy sifat: kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik hamda egiluvchanlik malakalarini rivojlantirish, oʻquvchilarning salomatligini saqlash, ularning jismonan yetuk boʻlib yetishishi uchun shart-sharoitlar yaratish va mashgʻulotlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik oʻquv predmetini oʻqitishda oʻquvchilarga harbiy qasamyod, harbiy ish asoslarini, zaruriy harbiy bilimlar va amaliy koʻnikmalar, shuningdek, harbiy chiniqish, ruhan bardam boʻlish, fuqaro himoyasi va tibbiy bilim asoslarini egallash hamda ularni hayotda qoʻllay olish layoqatini shakllantirish koʻzda tutilgan.
Amaliy fanlar blokidagi fanlar oʻzaro ona tili va adabiyot, matematika, biologiya, kimyo, fizika, geografiya va boshqa fanlar bilan bogʻlab oʻqitiladi. Dars jarayonida quyidagi fan yoʻnalishlari bilan oʻzaro aloqalar amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |