“Intsedent” metodda mashg`ulotlarni olib boorish, o`quvchilarning ekstremal holatlarda tezkorlik bilan muammolarni yechimini toppish ko`nikmasini hosil qilishga o`rgatadi. O`tkazish qoidasi: o`quvchilarga muammo yuzasidan qisqacha axborot beriladi va o`quvchi 0.5-1 minut davomida javob berishi shart. Bu usul o`quvchilarni shoshilinch holatlarda ishlashga va fikr yuritishga o`rgatadi. Metodning ahamiyatli tomoni shundaki, uning to`liqligi emas, balki aniqligi va tezkorligi inobatga olinadi va o`quvchi 1.0 koeffitsiyent bilan baholanadi. Ushbu metod darsning hamma bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |