“Skarabey” metodi o`quvchilarda fikriy bog`liqlik, mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, muammoni hal qilishda o`z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur metod mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o`rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi hamda turli g`oyalarni ifodalash va ular orasidagi bog`liqliklarni aniqlashga imkon beradi. Mazkur metod oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatining fikrlash, bilish xusuxiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan bo`lib, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o`tkazish imkoniyatlariga ega.
“Skarabey” metodidan alohida
1-bosqich Ruhiy jihatydan bir-biriga yaqin bo`lgan o`quvchilarni o`zida biriktigan hamda son jihatidan teng bo`lgan kichik guruhlarni shakllantirish
Metoddan foydalanish bosqichlari
3-bosqich Guruhlar tomonidan muayyan g`oyalarning ishlab chiqilishi
(topshiriqlarning hal etilishi)
2-bosqich Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash
4-bosqich Topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish, ularni to`gri hal etilganligiga ko`ra turkumlarga ajratish
5-bosqich Topshiriqlarning yechimlarini qayta turkumlash, ya`ni, ularning to`g`riligi, yechimi toppish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan bayon etlishi kabi mezonlar asosida baholash
6-bosqich Dastlabki bosqichlarda topshiriqlarning yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona xulosaga kelish ishlarda, kichik guruhlarda va mashg`ulotlar o`tish jarayonida qo`llanilishi mumkin. Bu jarayonda ham tarbiyachi ham tarbiyalanuvchi, o`qituvchi va o`quvchida muloqot va tafakkur xususiyatlari rivojlanadi.
Ta`limdan tashqari “Skarabey” metodi tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
o`zgalar fikriga hurmat;
jamoa bilan ishlash mahorati;
imkoniyatni ko`rsatish ehtiyoji;
xushmuomalalik;
ishga ijodiy yondashish;
o`z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
“men”ligini ifodalashga imkon beradi;
o`z faoliyati natijalariga mas`ulllik va qiziqish uyg`otadi. Psixotexnik o`yinlar didktik o`yinlarning o`ziga xos xusussiyatiga ega bo`lgan turi hisoblanadi. Bu o`yinlar o`quv jarayonida kerak bo`luvchi malak, xotira, fikrlash, diqqat va tasavvur kabilarni shakllantiruvchi o`qitish usuli hisoblanadi. Psixotexnik o`yinlar ko`proq o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |