Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar


Ta’lim texnologiyalarning mafkuraviy asosi



Download 9,36 Mb.
bet216/351
Sana08.02.2022
Hajmi9,36 Mb.
#437110
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   351
Bog'liq
Texnalogiya fanini o\'qitishda inovatsion pedagogik texnalogiyalar mustaqil

Ta’lim texnologiyalarning mafkuraviy asosi uning milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi tamoyillarini o‘zida mujassam etishi va ularni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishidan iborat. Bunda barkamol insonni shakllantirishda mafkuraviy tarbiyaning fidoiy, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan boshqalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli, ijtimoiy faol insonni voyaga etkazishdan iborat asosiy vazifalarni amalga oshirib borishi har bir pedagogik texnologiya uchun dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Ta’lim texnologiyalarning huquqiy-me’yoriy asosi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirishga doir qonuniy va meyoriy hujjatlar bilan belgilanadi. Bular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, davlat 31 ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlar; O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya sohasiga tegishli Farmonlari, Vazirlar qaror va buyruqlari, ular asosida tayyorlanib o‘rnatilgan tartibga tasdiqlangan nizomlar, ustavlar va boshqa me’yoriy hujjatlar hisoblanadi.
Ta’lim texnologiya jarayoni ishtirokchilari ushbu huquqiy-me’yoriy asoslarni tegishli darajada bilishlari va amalga oshirib borishlari lozim. Ta’lim texnologiyalarning iqtisodiy asosi ta’lim menejmenti xulosalari va marketing tadqiqotlari natijalariga muvofiq belgilanadi. Ta’lim texnologiya ijtimoiy sohadagi faoliyat bo‘lgani sababli uning iqtisodiy samarasi o‘ziga xos tartiblarda aniqlanadi va ta’minot masalalari hal qilib boriladi. Pedagogik texnologiya iqtisodiy asosini mustahkam bo‘lishi uni amaliyotda davom ettirish uchun zaruriy shart hisoblanadi. Ta’lim texnologiyalarning tarixiy asosi ta’lim-tarbiya masalalarini turli tarixiy davrlarda amalga oshirishning shakl va usullari, mazmuni hamda turli pedagogik nazariyalar haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lib ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarning kelib chiqishi uchun zamin hisoblanadi.

Download 9,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   351




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish