Ta’lim texnologiyalarning fiziologik asosi o‘quvchilarning turli yoshdagi fiziologik hususiyatlarini hisobga olishdan iborat. Bunda o‘g‘il va qiz bolalar fiziologiyasidagi farqlar alohida hisobga olinishi lozim. Pedagogik texnologiya jarayonida fiziologik talablarni hisobga olish sog‘lom avlodni voyaga etkazishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Ta’lim texnologiyalarning gigiyenik asosi ta’lim-tarbiya jarayonida salomatlikni saqlash talablariga rioya qilishdan iborat. Bunda turli zararli va ortiqcha ta’sirlarni bartaraf qilish, o‘quv sharoiti: yoritilganlik, harorat, havoning tozaligi, o‘quvchining va o‘qituvchining ish o‘rni, jihozlar, o‘quv yuklamalarining me’yorlari, didaktik vositalarning qulayligi sifati va shu kabilar tibbiyot, fiziologiya, ekologiya talablariga, insonparvarlik g‘oyalariga muvofiq bo‘lgan ilmiy asoslarda belgilab boriladi. Bu talab va me’yorlarga rioya qilish pedagogik texnologiyani amalga tatbiq etish imkoniyatini yaratadi. Bu masalalarni o‘rganish bilan maktab gigienasi fani shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |