G.K.Selevko tomonidan PTga oid yirik metodik asar – o‘quv qo‘llanma yaratildi va unda pedagogik texnologiyalar tasnifi keltiriladi. Olim PTlarni o‘n ikki turga ajratadi:
Qo‘llanish darajasi bo‘yicha (umumpedagogik; xususiy predmetli; lokalli, modulli, tor pedagogik).
Falsafiy asos bo‘yicha (materializm, idealizm, dialektik, metafizik, insonparvar, noinsonparvar, antroposofiya, teosofiya, progmatizm, ekzistentsializm, stsionizm).
Ruhiy rivojlantirisning yetakchi omillari bo‘yicha (biogenli, sotsiogenli, psixogenli, idealistik).
O‘zlastirish kontseptsiyasi bo‘yicha (assotsativ – reflektorli, rivojlantiruvchi, bexevioristik, gestalttexnologiya, suggestiv, neyrolingvistik).
Shaxs tuzilmasiga yo‘naltirilganlik bo‘yicha (informatsion, operatsion, hayajonli – badiiy, hayajonli – ahloqiy, o‘z – o‘zini rivojlantiruvchi, evristik va amaliy).
Mazmuni va tuzilish xarakteri bo‘yicha(ta‘limiy va tarbiyaviy, dunyoviy va diniy, umumta‘lim va kasbga yo‘naltirilgan, gumanitar va texnokratik, turlicha sohaviy texnologiyalar, xususiy predmetli hamda mono texnologiyalar, poli texnologiyalar).
Tashkiliy shakllar bo‘yicha (sinf – dars, muqobilli, akademik, yakka tartibli, guruhli, jamoa bo‘lib o‘qish usullari, tabaqalashtirilgan ta‘lim).
Bilish faoliyatini tashkil etishh va boshqaris turi bo‘yicha (ma‘ruzali klassik o‘qitish; audiovizualli texnik vositalar yordamida o‘qitish; “maslahatchi tizim”; kitob yordamida o‘qitish; “kichik guruh” tizimi; kompyuterli o‘qitish; “repititor” tizimi; “dasturli ta‘lim” – V.P.Bespalko).
Bolaga yondashish bo‘yicha (avtoritar, didaktotsentrik, shaxsga yo‘nalgan texnologiyalar, hamkorlik texnologiyasi, erkin tarbiyalash texnologiyasi, ezoterik texnologiyalar).
Ustuvor metodlar bo‘yicha (reproduktiv, tushuntirish – ko‘rsatish, rivojlantiruvchi ta‘lim, muammoli ta‘lim, ijodiy; dasturli ta‘lim, dialogli, o‘yinli ta‘lim, o‘z-o‘zini o‘qitish ta‘limi, informatsion ta‘lim).h
Mavjud an‘anaviy tizimlarni yangilash yo‘nalishlari bo‘yicha (munosabatlarani insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosida; bolalar faoliyatini faollastirish va jadallashtirish asosida; tashkillashtirish va boshqarish samaradorligi asosida; o‘quv materiallarni metodik va didaktik rekonstruktsiyalash asosida; tabiatan monandlik, muqobillik texnologiyalari; mualliflik maktabining yagona texnologiyasi).
Taxsil oluvchilar toifasi bo‘yicha (ommaviy texnologiya, olg‘a odimlovchi ta‘lim, to‘ldiruvchi; o‘zlashtirmovchilar bilan ishlash texnologiyalari, iqtidorlilar bilan ishlashtexnologiyalari).
Sunday qilib, PT kontseptsiyasining rivojlanis tarixini kuzatis natijalari asosida bu sohadi sermasaqqat izlanislarni olib borayotgan tadqiqotcilarni faoliyat darajalariga bog‘liq holda sartli uc guruhga ajratis mumkin:
Ba‘zi “jonkuyar” olimlarning PTni pedagogikadagi zamonaviy yo‘nalisi, deb an‘anaviy yondasislari va o‘z imkoniyatlari doirasida muammoga ilk bor qo‘l urislari. Ular “tasodifiy ” guruh vakillaridir.
Ta‘limning bugungi axvoliga qayg‘uradiganlar va uni inqirozdan qutqaruvci kuc texnologiyalastiris, deb qaraydigan “qisman ijodkor” guruhiga mansub tadqiqotcilar.
Bu guruh a‘zolari texnologiyalastirisni ob‘ektiv jarayon, deb xisoblaydilar va yangi sifatiy muammolarni yecis uchun ta‘limni evolyutsion jarayonga ko‘taris sartlaridan biri ekanligini e‘tirof etgan holda ijod qilmoqdalar. Ular “ilmiy” guruhni tashkil etadilar.
Ta‘limning qaysi sohasiga yangiliklarning kiritilishi va qo‘llanilishiga qarab, birinchi mezonga quyidagi yangiliklarni kiritish mumkin:
ta‘lim mazmunida,
texnologiyasida,
tashkil qilishhda,
boshqarish tizimida.
Yangiliklarni joriy qilishhning yo‘llaridan qat‘iy nazar ularni quyidagilarga ajratish mumkin:
tizimli, rejali, oldindan o‘ylangan;
kutilmagan, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan, to‘satdan paydo bo‘lgan. Yangiliklarni joriy qilishh tadbirlarining kengligi va chuqurligidan qat‘iy nazar ularning quyidagi turlarini sanab o‘tish mumkin:
ommaviy, katta, global, tizimli, keskin, asosli, muhim, jiddiy, chuqur va
boshqalar;
qisman, kichik, mayda.
Yangilikning paydo bo‘lish xususiyatiga qarab ularni quyidagicha birlashtirish mumkin:
a) tashqi va b) ichki.
Yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlar ta‘lim oluvchi manfaatdorligining yuksak darajasini belgilaydi, natijada ta‘lim jarayonining samaradorligi ortadi.
Yangiliklarni joriy qilishh asosida ta‘lim berish quyidagi holatlarda yuqori samara beradi:
shaxsiy qiziqtiruvchi omillarga asoslangan bo‘lganda. Talabalar o‘quv jarayoni uchun mas‘uliyatli bo‘ladalar, chunki ular o‘z ehtiyojlarini yaxshi biladilar;
birinchi navbatdagi ehtiyojlarga javob berganda. Ta‘lim talabalarning birinchi navbatdagi ehtiyojlaridan kelib chiqqanda o‘qishga intilish yuqori darajada bo‘ladi;
talabalarning jalb etilishini ta‘minlaganda. O‘quv jarayonida sustkashlik bilan emas faol ishtirok etishh;
mustaqil fikrga asoslanganda. O‘quv jarayoni mustaqil fikrga
asoslanganda, u eng katta samara keltiradi, talabalar birbirlaridan o‘rganadilar;
teskari aloqani ta‘minlaganda. Samarali bilim berilishi uchun
yo‘naltiruvchi va qo‘llab quvvatlovchi teskari aloqa mavjud bo‘lishi talab etiladi; 7) o‘rganuvchilarga nisbatan hurmat namoyish etilganda. O‘qituvchi hamda talabalar o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonch mavjud bo‘lishi uchun o‘quv jarayoniga yordam beradi;
do‘stona muhit yaratilganda. Do‘stona kayfiyatda bo‘lgan talaba cho‘chib o‘tirgan, hayajonlanayotgan, badjahl talabaga nisbatan materialni ancha osonroq o‘zlashtirib oladi.
qulay vaziyat sodir bo‘lganda. Talabada o‘zlashtirishga nisbatan motiv hosil bo‘lsa, o‘quv materialini tez va oson o‘zlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |