Birinchi guruhga maxsus motivlar taalluqli. Ular o‘quvchilar tomonidan barcha hayotiy ehtiyojlarni chuqur anglash, mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun bilimlarni egallashning ijtimoiy zarurligini tushunishni qamrab oladi. Bu guruh motivlarini o‘qituvchi mavzuning amaliy xarakteri va kasbiy yo‘nalganligini namoyish qilish orqali o‘quvchilar-ning tushunchalarini amalda qo‘llash orqali kuchaytirish mumkin.
Ikkinchi guruh motivlari o‘quv fanlari va bilishga bo‘lgan qiziqish bilan bog‘langan. Bu guruh motivlari mohiyatini o‘qituvchi o‘quvchilar-dagi o‘quv fanlariga bo‘lgan qiziqishni bilish to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish orqalikuchaytirishi mumkin.
O‘quv jarayonini takomillashtirish metodlari muammoli o‘qitish jarayonida samaradorligi bilan alohida ahamiyatga ega. Ulardan o‘quvchi ijodiy shaxsni – bo‘lg‘usi mutaxassisni shakllantirish nuqtai nazardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Bunday o‘qitishda o‘quvchilarning bilish mustaqilligini shakllantirish va rivojlantirish katta ahamiyatga ega, chunki u o‘quvchilarda bilimga bo‘lgan barqaror qiziqishning shakllanganligini, tashabbus va mustaqil faoliyatning muntazamligini, muayyan aqliy harakatlar va aqliy sifatlar tizimini ko‘zda tutadi.
Ma’lumki, bilish o‘quvchilarning tushunishi uchun bo‘lgan aniq fan sathida boshlanar va bu bosqichga uning rivojlanishi, qobiliyati mos kelishi, tabiat jarayonlari va hodisalarining ichki mohiyati va haqiqiy mazmuniga yetish va shu tariqa asl ilmiy bilimlar o‘zlashtirilar ekan, bu o‘rinda o‘qitishning faol, muammoli-ijodiy metodlarini qo‘llash zarur. Vazifa ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o‘z-o‘zidan hal bo‘lmaydi. Uning yechilishi tafakkurni maxsus mashq qildirishga jalb etadi. Shu ma’noda gap o‘quv materialini o‘rganishning muayyan obrazi, tashkiliy, pedagogik maqsadga muvofiqligi jarayoni, fikrlashning faol taraqqiy etib borishi, bilish faolligi va o‘quvchilarning mustaqilligi haqida boradi. Demak, muammoli o‘qitish, bu – o‘qitishning pedagogik texnologiyasi bo‘lib, o‘zining mazmuni va tuzilmasi boyicha o‘qituvchi va o‘quvchi-ning ijodiy jarayonlarini sintezlaydi. Muammoli o‘qitishda pedagogik faoliyatning xususiyatlari o‘quv axborotlari mazmunini muammoli vazifalar va muammoli vaziyatlarga ko‘chirish orqali maqsadlarni oydinlashtirish jarayonidan iborat bo‘ladi. Ijodiy o‘quv faoliyati muammoli o‘qitishning asosiy qoidasini saqlagan holda ma’lum darajada harakatlarga erkinlik berish va bu harakatlarni bilish jarayonining butun tuzilmasi tizimida tartibga tushirish bilan boshqariladi.
Muammoli o‘qitishni tashkil etish natijasida o‘quvchilarda kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalar hamda fikrlash qobiliyatini o‘stirishning ijodiy imkoniyatlari yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |