Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar


Ta’lim texnologiyasi pedagogik tizim elementlari



Download 9,36 Mb.
bet59/351
Sana08.02.2022
Hajmi9,36 Mb.
#437110
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   351
Bog'liq
Texnalogiya fanini o\'qitishda inovatsion pedagogik texnalogiyalar mustaqil

Ta’lim texnologiyasi pedagogik tizim elementlari


Ta’lim jarayoni ta’lim texnologiyasining asosini, yadrosini tashkil etadi hamda ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o’quvchi, ta’lim shakli, metod, vositalari va ta’lim beruvchi kabi unsurlardan iborat tizim sifatida namoyon bo’ladi. Tarkibiy unsurlar o’zaro birlik va aloqadorlikda ta’lim jarayonining umumiy mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Ta’lim jarayoni bir nechta shartlarga muvofiq tashkil etiladi. Ular quyidagilar:

  1. ta’lim olish, muayyan nazariy hamda amaliy bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan ijtimoiy ( yoki shaxsiy ) ehtiyojlarning yuzaga kelishi (TE);

  2. ta’lim olish, muayyan nazariy hamda amaliy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan rag’batning uyg’onishi (TR);

  3. o’quvchining o’quv-bilish faoliyatini boshqarish (O’FB) ni yo’lga qo’yish omillarining mavjudligi

Pedagogik tizim” va “Pedagogik tizimda yangiliklar kiritish” tushunchasini aniqlab olaylik.
Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida o’tib boradi. Pedagogik tizim - bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo’lib, ular o’zgarishlarda ham barqarorligicha qolaveradi. Agarda o’zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo’lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o’rniga yangi boshqa xususiyatli tizim yuzaga keladi. Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam birlashuvidir. Har qanday pedagog tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar variantlari yig’indisi, o’zaro bog’liqligi ko’rinishi: o’quvchi; tarbiyaning maqsadi; tarbiya mazmuni; tarbiya jarayoni; o’quvchilar (yoki TTV - ta’lim texnik vositalari); tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllaridan iborat bo’ladi.
Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga detallashtirib yoyib ko’rsatilishi mumkin.
Qurilgan tizimning tarkibiy tuzilishi emas deb hisoblashga asoslarimiz bor. Ko’rsatib o’tilganlarga qo’shila olmaydigan pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, «Natijalar», «O’quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish», «Texnologiya»lardan iborat.
Ular berilgan rasmdagi Pedagogik tizim modelida ko’zga tashlanadi. Maqsadlar natijalar bilan mos kelib, uzluksiz stikl tashkil etiladi.
Maqsadlarning natija bilan to’la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, o’lchov ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma tarkibiy qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o’z maqsad va tuzilishlariga egalar.

Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida uni alohida omillar birligi ekanligini ta’kidlagan holda ko’pincha, o’quv tarbiya jarayonining texnologiyasini ko’rsatadilar. Bunday yondashish pedagogik tizim ko’zlangan mahsadga erishishni ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo’ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim ham texnologiyadir. Ana shu belgisi bo’yicha pedagogik tizimni tarkibiy qismlar ixtiyoriy «To’plamidan» ajratib olish osondir. Texnologik - bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo’ysunuvchi imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir.
Shu bilan birga topshiriqni baholash darajasining o’zidayoq, texnolog ma’lum jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. Ma’lum jarayonlar muvaffaqiyat ifodasi dalili sifatida foydalaniladi, ajoyib hodisalar natijalari esa yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga oshiriladi. O’quv texnologiyalarni loyihalashtirish metodik «Tajribalarni umumlashtirishdan» farqli «Mumkin emas» xulosasini bilmaydi. Texnolog uchun bu faqatgina vaqt va xarajatlar masalasidir. Texnolog faqatgina yaxshi ma’lum, tekshirib ko’rilgan, asoslangan, shubha qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi.
Texnolog tajribalar o’tkazmay, aniq ko’zlangan natijalar bilan ish olib boradi. Texnologiya variantlikka yo’l qo’ymaydi, uning asosiy vazifasi -aniq kafolatlangan natija olishdir, u har doim ham asosiy echimida oddiydir.
Asosiy echimni tushunish qolgan hammasini, o’zaro zarur elementlar sistemasi tartibini mazmunini ochib beradi. Texnologiyadan hech bir qismini olib tashlab bo’lmaydi, u erda ortiqchasi bo’lmaydi, bo’lishi mumkin emas. Bu juda murakkab holat, har ikkinchi o’qituvchi izlash - tadqiqotchilik tartibida ish olib boradi, shu bilan bolaning maktabdagi hayoti natijasi noaniqligini kuchaytiradi.
Har doim, ayniqsa «aniq» fanlar deb nomlanuvchi yo’nalish vakillari orasida pedagoglarni harakterlari uchun koyib turuvchilar topiladi, va ular har galgidek pedagogika tizimi modellarini reviziya qilish va moderizastiyalashdan boshlaydilar, pedagogika tizimi sodir bo’ladigan jarayonlarniig ba’zi prinstipal harakteristikalarida to’xtalib o’tamiz.
Pedagogika tizimining har bir aniq modifikastiyasi ko’zlangan natija erishish aniq xususiyat va imkoniyatlarga ega degan qoidadan kelib chiqamiz. Bu imkoniyatlar sistemaning aniq xususiyatlari bilan qattiq belgilab qo’yilgan. Bu tarzda biz ta’lim va tarbiyaviy ko’zlangan daraja va sifatga erishmoqchi bo’lsak, unda shunga mos pedagogika sistema haqida qo’yishimiz kerak, uning ishlashi pedagogik jarayonning kerakli yo’nalishi va intensivligini ta’minlaydi. Buning natijasi, o’quv-tarbiyaviy jarayonning yanada yuqoriroq samaradorligi, har doim pedagogik tizimni takomillashtirish oqibatidir. Bu juda murakkab muammo, ularni ishlab chiqishga Dunyo endi kirishmoqda.
Hozirgi umumiy ko’rinishga juda ko’p ko’rinishli ko’rsatgich, «Xarajat» va natijalarni to’plash mumkin bo’lmoqda va muammoni foydaliligini aniqlash iqtisodiy nuqtai nazariga o’tkazish mumkin bo’ldi. Intuitiv va sub’ektiv baholarni juda oson noto’g’ri deyish mumkin va bu yerda vaziyatdan chiqish faqatgina fikrlarni to’plashdan iborat bo’ladi.
Har qanday pedagogikaning maksimal umumiy samarasi 100% ko’zlangan maqsadga to’la erishilgan hisoblanib tarbiyachilar uchun mumkin bo’lib ilgari erishilgandan pastroq darajada bo’lmasa.
Yana bir bor pedagogika tizimi tuzilishiga nazar tashlaylik, u «yomon» va
«yaxshi» pedagogik sistema uchun ham birdir. Uni o’qituvchi ham birdir, Uni o’qituvchi, o’quvchilar munosabatigacha soddalashtiramiz. Bu munosabatlar o’rganilgan edi va umumiy xulosa ma’lum: deyarli 50% o’qituvchidan, 50% esa o’quvchigacha bog’liq. Bundan kelib chiqadiki, masalan: eng yomon pedagogika sistemaning samaradorligi, aytaylik o’qituvchi umuman hech qanday harakatlarni amalga oshirmagan holda, ammo sistema ishlasa 50% dan kam bo’lmaydi. An’anaviy pedagogik tizimning foydali harakat koeffistenti 60% dan oshmaydi deb hisoblanadi. Bu esa maktab tarbiyalanuvchilarining faqatgina yarmidan ozgina ko’prog’ini dasturni to’la egallashiga erisha oladi deganini bildiradi.
Yana bir muhim fikr, tizimning umumiy nazariyasidan ma’lumki tizimni baravariga bir necha parametrlar bo’yicha yaxshilash mumkin emas. To’g’ri yo’l yangilikni asta-sekin, uning foydaliligiga ishonch hosil qilib, har tomonlama tekshirib ko’rib, keyingi ishlarni o’ylab kiritishdan iborat. Tajribalar shuni ko’rsatadiki har bir yaratilgan yangilik oldiniga albatta ilgarigisidan ham yomon ishlaydi. Chunki o’rganish, moslashish, sustkashlikni engish kerak.
Pedagogik tizimni takomillashtirishning asosiy yo’llari ikkita: intensiv va ekstensiv. Intensiv rivojlanish pedagogik sistemani ichki imkoniyatlar hisobiga, ekstensiv yo’l esa qo’shimcha kuchlar jalb etish - ya’ni, vositalar, asbobuskunalar, texnologiyalar hisobiga takomillashtirishni ko’zda tutadi. Pedagogika texnologiyaning intensiv rivojlanish imkoniyat-lari tugagan deb hisoblanadi: maktabning mavjudligi ming yilliklar davomida hamma yo’llarni sinab ko’rib bo’lgan, hozirgi pedagoglar nasibasi qaytarish, tarbiya mazmuni va vazifasini, mantiqiy chuqur esga olish, uning birlamchi asoslariga chuqur tushib borishdan iborat.
Pedagogika fanida berilgan g’oyalarni ishlanganlik darajasining muvofiqlik jihatlari bo’yicha umumiy va qisman innovastion loyihalar miqdori, shuningdek, pedagogik amaliyotda ularda foydalanishning tahliliy umumiy pedagogik innovastiyalarga kiritish imkonini berdi.

  1. Pedagogik fan tizimi va pedagogik amaliyotni, yangi bo’lmagan biroq doimiy dolzarb va o’zidan o’quv-tarbiya jarayonini bitimlashtirishning umumiy g’oyalari va amaliy texnologiyalarini o’ziga mujassam qilgan.

  2. Insonparvalik pedagogikasini barcha nazariy qoidalari va amaliy texnologiyalarining yig’indisi jamlagan.

  3. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga yangi g’oyaviy yondashuvga asoslangan.

  4. Axborotlashtirish, ommaviy kommunikastiyalashning yangi g’oyalari va vositalarini qo’llashga asoslangan texnologiyalarni innovastion texnologiyalar hisoblanadi:

Pedagogik tizimda innovastion tuzilmalarining bosh yo’nalishi:

  • yaxlit pedagogik tizim:

-o’quv yurti:

  • pedagogik nazariya:

  • o’qituvchi:

  • o’quvchilar:

  • pedagogik texnologiya:

  • mazmun:

  • shakl, metodlar, vositalar:

  • boshqaruv:

  • maqsad va natijalar.

Tizim osti tuzilmalarining chuqurligi bo’yicha innovastion yangi kiritmalarning mohiyati, sifati va maqsadga muvofiqligi haqida xulosa qilish mumkin.
Pedagogik tizim o‘zaro bog‘liq komponentlarning tartiblashtirilgan majmuini kasb etsa, atrofdagi tizimlar bilan bo‘lgan o‘zaro ta’sir faqatgina boshqaruv yordamidagina emas, balki ichki mexanizmlar tufayli ham ta’minlanadi, faqat shundagina tizimning o‘zini-o‘zi boshqarishi haqida fikr yuritish mumkin. Pedagogik tizimning ahamiyatli belgisi bu maqsadga yo‘naltirganlik hisoblanadi. Biroq shuni aytib o‘tish joizki, aniq bir maqsadga qaratilgan tizim yarim funksional bo‘lib, maqsadlarni o‘zgartirish va erishgan yutuqlariga qarab, turli harakatlarni bajarish xususiyatiga egadir.
Pedagogik tizimning ochiqlik, dinamiklik, maqsadga yo‘naltirilganlik kabi asosiy xususiyatlari uning shakllanib borayotganligini, mukammallikka intilayotganligini ko‘rsatadi. Hayotning turli jabhalaridagi qayta o‘zgartirishlar jarayonida u mukammallashadi, tarkibiy, funksional, tarixiy va boshqa yo‘nalishlarda rivojlanib boradi.
Biz tadqiqotlarimiz davomida pedagogik tizimlarni tizimli tahlil qilish ikki kategoriyada amalga oshirilishi mumkinligini aniqladik, unda: sub’ektlar (ular o‘zaro ta’sirlashib, tizimning mavjudligiga asos bo‘luvchi maqsadga erishish uchun xizmat qiladi) va ob’ektlar (ular bilan ta’sirlashuv natijasida sub’ektlar shaxsiy funksiyalarini amalga oshiradi) orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ta’lim oluvchilar pedagogik tizimning sub’ektlari, ta’lim mazmuni esa uning ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Ta’lim mazmuni sub’ekt ongi yordamida o‘zlashtiriladi va o‘zgartiriladi, shaxs tomonidan o‘quv faoliyati jarayonida dunyoqarashga, qadriyatlar hamda mohiyatlar, e’tiqodlar, texniktexnologik tasavvurlar, bilim va ko‘nikmalar tizimiga aylantiriladi.
Tizim elementlarini sub’yekt va ob’yekt kategoriyalariga ajratib olish prinsipial jihatdan muhim bo‘lib, u sub’ektlar o‘zaro ta’sirlashuvining ahamiyatini, uning shaxslararo tavsifini, ya’ni shaxsning rivojlanishi faqatgina shaxslararo ta’sirlashuv natijasi sifatida amalga oshishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Olib borilgan tadqiqot ishlari va mavjud ilmiy nazariyalarga asoslangan holda aytish mumkinki, pedagogik tizimning tarkibiy komponentlari pedagogik tizim xususiyatlariga xos bo‘lgan tayanch elementlar hisoblanadi. Bu elementlar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • pedagogik tizimni yaratishning yo‘naltiruvchi asosi - Davlat ta’lim standarti talablarida aks ettirilgan ta’lim maqsadi;

  • o‘quv reja, dastur, darslik va qo‘llanmalarda aks ettiriladigan ta’lim mazmuni;

  • pedagogik tizim maqsadidan kelib chiqqan holda ta’limning tashkiliy shakllari, o‘qitish metodlari va texnik vositalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi didaktik jarayonlar;

  • pedagogik tizim va faoliyatni tashkillashtiradigan professor-o‘qituvchilar;

  • ta’lim jarayoni natijalariga erishganligini aniqlovchi baholash tizimi.

Har qanday pedagogik tizim atrof-muhit bilan o‘zaro bog‘liqdir va muhit talablariga qarab o‘z faoliyatini unga moslashtiradi, uning ta’siri ostida bo‘ladi va har qanday pedagogik tizim ma’lum bir muddatga belgilangan bo‘ladi.
Pedagogik tizimning tashkiliy tuzilmasi ob’ekt va sub’ekt (talaba–o‘qituvchi– rahbar) o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarni, komponentlar majmuining (maqsad–tarkib– usullar–vositalar–ta’lim shakllari, tarbiya va rivojlantirish) tartiblashtirilganligini va darajalar ierarxiyasini o‘zida ifoda etadi. Binobarin, kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida maqsad belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo‘lishi kerak. Agar maqsad o‘zgarsa mavjud tizim ham o‘zgarishi muqarrardir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni bosh maqsad qilib qo‘ydi.
Demak, Milliy dastur ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi hisoblanadi. Faqat ijtimoiy (davlat) buyurtmagina ta’lim–tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab beradi yoki uzluksiz (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb– hunar va oliy) ta’lim uchun pedagogik tizimning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Demak, zamonaviy qo‘yilgan talablarga javob beruvchi mutaxassisni shakllantirishi o‘qituvchi uchun lozim bo‘lgan pedagogik tizimni quyidagi o‘zaro bog‘liq komponentlar tashkil etadi:
– davlat ta’lim standarti talablari;
− ta’lim maqsadlari, ta’lim mazmuni;
− didaktik jarayonlar – ta’limning tashkiliy shakllari;
− o‘qitishning metodlari va texnik vositalari;
− kasb ta’limi o‘qituvchisining nazariy va amaliy tayyorgarliklari;
− ta’lim sifatini nazorati.
Pedagogik tizimda bitta ko‘rsatkichning pasayishi qolganlarining ortda qolishiga sabab bo‘ladi va natijada tizim harakatining eng past darajasini ko‘rsatadi.
Demak, tizimli yondashuv ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo‘nalishi sifatida universal tavsifga ega bo‘lib, pedagogikada keng qo‘llaniladi. Ta’lim tizimiga tizimli yondashuvni qo‘llash ta’lim-tarbiya jarayonining har bir bo‘g‘ini alohida pedagogik tizim sifatida qarash imkoniyatini beradi, ular orasida bog‘liqliklar umumiy ta’lim samaradorligiga olib keladi.

Download 9,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   351




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish