AMALIY MASHG’ULOT № 34
Mashg’ulot maqsadi: Tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyalari.
Mashg’ulot maqsadi: Ta’limni tabaqalashtirishni o’rganish.
Foydalanuvchi vositalar: texnik vositalar, ko’rgazmali vositalar, yordamchi vositalar.
Asosiya nazariy qism
1. Iqtidorli bolalarga ta’lim berishning o’ziga xos jihatlari. Iqtidorli bolalar alohida xususiyatlari bilan tengdoshlaridan ajralib turadilar. Ularga hos bo’lgan eng muhum xususiyatlar quyidagilardir:
nodir qobilyatlarini namoyon eta olish;
yuksak natijalarni qo’lga kiritish imkoniyatlariga egalik;
bir yoki bir necha yo’nalishlarda (aqliy salohiyat, bilimlarini egallashdagi o’ziga hos, ijodiy tafakkur, tasviriy yoki amaliy san’atga bo’lgan layoqat, (psihomotor qobilyatlarga tayangan holda), muayyan natijalarni qo’lga kiritganlik kabilar. Iqtidorli bolalar ega bo’lgan nodir qobilyatlar orasida:
bir vaqtning o’zida bir necha faoliyatni bajara olish (masalan: eshitish, ko’rish, o’qish, yozish, fakir yuritish, muloqot qilish va boshqalar);
atrofida kechayotgan ikki yoki bir necha voqeyilikni baravariga qabul qilish (jumladan, o’qituvchining maruzasining eshitgani xolda, sinifdagi har bir o’quvchi faoliyatini kuzata olish);
o’ta qiziquvchanlik (tabiat va jamiyatda kechayotgan har bir voqea – hodisa (garchi ular eng ahamiyatsiz, e’tiborga tashlanmaydigan bo’lsa-da) mohiyatini bilishgaintilish, hadan ziyod ko’p savol berish);
miya faoliyatini biokimyoviy va elektirik foligi (miya deyarli to’htovsiz faoliyatko’rsatib, nihoyatda kam vaqt ``dam oladi``, - shuningdek, bilish jarayonida noaniqlik ko’zga tashlansa, ular tezda bartaraf etiladi; uyquchilik iqdidorlilarga xos xususiyat emas);
nutuq va fantaziyasining boyligi (iqtidorli bolalarning aksariyati juda erta gapirishni o’rganadi, ularning nutqi kutilmagandan ko’ra yuqori, shuningdek, ularda fantaziya (tasavvur qilish) qobilyati nihatda yuqori darajada bo’ladi);
kuchli hotira (yirik hajmdagi matnni, jumladan, dostonlarni bir marta o’qish bilan to’laligicha yodlab olib, uni so’zma – so’z qayta hikoya qilib berish qobilyati) ga egalik kabilar alohida o’rin tutadi. Iqtidor mohiyatiga ko’ra umumiy va maxsus kabi turlarga bo’linadi. Qayd etilgan hislatlar umumiy iqtidorga hosdir.
Umumiy iqtodor yaxlit holda kamdan – kam kishilardagina namoyon bo’ladi. Insoniyat tarixida bu kabi nodir hislatlarga ega kishilar sifatida Aleksand Makadoniskiy va Napaleon Banapart nom qozonganlar. Manbalarda yozilishicha, ular bir vaqtning o’zida yeti hil faoliyatni bajara olishganlar. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda milliy qadryatlarni qayta tiklash, milliy tarixni holis yoritishga qaratilgan harakat natijalari buyuk sohibqiron Amir Temurning ham nodir hislatga ega bolganligini ko’rsatdi. Xorijiy Maxsus iqtidor turli ko’rinishdagi faoliyatlar (matematika, texnik, musiqa, tasviriy san’at, adabiyot (poeziya va proza), jismoniy tayyorgarlik va boshqalar) bo’yicha namoyon bo’ladi. Umumiy yoki maxsus iqtidorga ega bolalarga ta’lim va tarbiya berish o’ta murakkab jarayon. Ana shu jarayoni muvaffaqiyatlarni tashkil etish maqsadida mahsus (ixtisoslashgan)ta’lim muassasalarini tashkil etish borasida xalqaro tajriba to’plagan.mavjud tajribaga tayangan hoda, mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini shakilantirish va ularda ta’lim – tarbiya samaradorligini ta’milashga aloxida e’tibor qaratib kelmoqda.
Bugungi kunda ixtisoslashgan umumiy o’rta ta’lim muassasalari quyidagi yo’nalishlarda faoliyat olib bormoqda:
ijtimoiy fanlar;
gumanitar fanlar;
matemtika;
fizika;
kimyo;
biologiya;
xorijiy tillar;
musiqa;
sport; 10) raqs.
Qo’shimcha ta’lim muassasalari sifatida etirof etilganitisaslashgan ta’lim tarmoqlari quyidagi yo’nalishlarda samarali faoliyat olib bormoqda:
radio havaskorlik;
xalq amaliy san’ati (ganchkorlik, o’ymakorlik, naqqoshlik, duradgorlik, kashtachilik, zardozlik, kulolchilik va boshqalar);
tasviriy san’at;
musiqa; 5) raqs;
6) maishiy xizmat ko’rsatish (elektr asboblarini tamirlash, umumiy ovqatlanish va boshqalar). An’anaviy va ixtisoslashgan umumiy o’rta ta’lim maktablari o’rtasida o’xshashliklar mavjud bo’lsada, ular muayyan xususiyatlarga ko’ra bir – biridan farqlanadi. Bular quyidagilarda ko’rinadi: I. Umumiy o’xshashliklar:
ta’lim O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ``Ta’lim to’g’risida``gi
Qonuni talablariga muvofiq tashkil etiladi;
barcha fanlar bo’yicha beriladigan ta’lim mazmuni Davlat ta’lim
standartlarida o’z ifodasini topadi;
ta’lim va tarbiya birligining ta’minlashiga alohida e’tibor qaratiladi; 4) ta’lim muassasasi faoliyati tegishli yuqori tashkilotlar (jumladan, tuman, shaxar va viloyat xalq ta’limi bo’limlari, O’zbekiston Xalq Ta’limi vazirligi, - 31 - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi) tomonidan nazorat qilib boriladi;
5) ta’lim muassasasi yuqori tashkilotlar oldida hisobat berish majburiyatiga ega va boshqalar. Asosiy farqlar:
ta’lim umumiy yoki maxsus o’quv dasturlari asosida tashkil etiladi;
umumiy o’rta ta’lim mussasalarida ta’lim olish majburiy, ixtisoslashgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qish esa ixtiyoriy;
ixtisoslashgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim uchun ajratilgan soatlarning asosiy qismi maxsus fanlarning chuqur o’qitilishi uchun ajratiladi;
ta’lim samaradorligi;
umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilarning fanlar bo’yicha
o’zlashtirish ko’rsatkichlari;
ixtisoslashgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida qo’shimcha ravishda ta’lim o’quvchilarning turli yo’nalishlarda tashkil etilgan tanlov, ko’riklardagi muvaffaqqiyatli ishtiroki bilan ham belgilanadi. Demak, ixtisoslashgan umumiy o’rta ta’lim maktablarining faoliyatida uning ichki xususiyati hamda ta’lim muassasasiga jalb etilgan iqtidorli bolalarning shaxsiy imkoniyatlarini inobatga olgan holda tashkil etish kutilgan natijalarni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |