Konstruksiyasi. Bir tomonlama ishlaydigan randalash dastgohlari — zagotovkaning faqat bir sirti (odatda, bir qatlami)ni yoki ikki o‘tishda birin-ketin ikkala sirtini randalab tekislaydi. Gorizontal joylashgan pichoqlar vali dastgohning ish qismi hisoblanadi, mazkur valga ikkita, ba‘zan to‘rtta pichoq o‘rnatiladi.
3-rasm. Zamonaviy randalash
dastgohining umumiy ko‘rinishi.
4-rasmda bir tomonlama ishlaydigan randalash dastgohining sxematik chizmasi ko‘rsatilgan. Dastgohning staninasi (20)
qutisimon bo‘lib, quyib yasalgan. Dastgohning old (13) va ketingi (1) stollari, yo‘naltiruvchi chizg‘ichi (12) bor. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich quyib yasalgan va tayanch tekisligi bilan vertikal tekisligiga yaxshilab ishlov berilgan. Chizg‘ich dastgohga kronshteyn (8) yordamida biriktirilib, vintlar (9) va (11) bilan
mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |