7-modda. Vakolatli davlat organi O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi (bundan buyon matnda Patent idorasi deb yuritiladi) tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashadi;
tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro'yxatga olishga doir talabnomalarni ko'rib chiqish uchun qabul qiladi, ular yuzasidan davlat ekspertizasini o'tkazadi;
tovar belgilarini, tovar kelib chiqqan joy nomlarini va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqini, tovar belgilariga doir huquqlarni boshqa shaxslarga o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazishni amalga oshiradi;
8-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro'yxatga olish uchun talabnoma berish Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) Patent idorasiga beriladi.Jamoaviy belgini ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasi nomidan birlashma qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish to'g'risidagi kelishuviga muvofiq beriladi.
9-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro'yxatdan o'tkazish uchun beriladigan talabnomaga doir talablar Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro'yxatdan o'tkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar belgisiga yoki tovar kelib chiqqan bir joy nomiga taalluqli bo'lishi lozim.
Talabnomada quyidagilar bo'lishi kerak:
tovar belgisi sifatida belgini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza;
talabnomada ko'rsatilgan belgining tasviri;
belgilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish so'ralayotgan tovarlarning ro'yxati;
tovar ishlab chiqarilgan joyni jo'g'rofiy obyekt chegarasida ko'rsatgan holda tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro'yxatdan o'tkazish so'ralayotgan tovar turining nomi hamda uning alohida xususiyatlari tavsifi.