f – ishqalanish koeffistienti;
k- zaxira koeffistienti (k=1,3...1,5).
Oddiy muxandislik hisoblari uchun soddalashtirilgan quyidagi formula tavsiya etilgan:
Hisoblangan eng katta kuch asosida bolt diametri yuqorida keltirilgan formulalar yordamida aniqlab olinadi va yaxlitlab qabul qilinadi.
Ekstsentrik yuklamali boltni hisoblash (6.17-rasm). Bu sharoitda boltga elkada R kuch ta’sir etgani uchun cho’zilish va egilish zo’riqishi paydo bo’ladi. Shuning uchun bu ulanmada umumiy zo’riqish quyidagi ibora bilan aniqlanadi:
bu erda: -umumiy zo’riqishli (cho’zilish+egilish) MPa;
-cho’zilish zo’riqish, MPa;
-egilishdagi ishchi zo’riqish, MPa;
l - R kuch qo’yilgan nuqtadan bolt o’qigacha bo’lgan masofa, mm;
d1 - rezbaning ichki diametri, mm.
|
6.17-rasm. Eksstentrik yuklamali boltlar.
|
Kronshteyn shaklidagi ulanmalar hisobi. Kronshteyn (6.18-rasm) devorga ikki dona bolt bilan mahkamlangan. Kronshteynga qo’yilgan tashqi kuch Q, N va H tashkil etuvchilarga ajratilib ko’rilishi mumkin. Kronshteyn bolti devorga R kuch bilan qotirilgan. Devor aks ta’siri esa R kuch bilan ko’rsatilgan va u teng:
N
bu erda: -tayanch boltlarni 2R qotirish kuchi ta’siridagi ezilish zo’riqishi, MPa;
F - plita tayanch yuzasi, mm2.
Ruxsat etilgan ezilish zo’riqishi [ ] g’ishtli devor uchun 0,8...1,2 MPa, yog’och uchun 1,2...2,0 MPa, po’lat va cho’yan uchun 120....180 MPa;
h –plita balandligi, mm.
Pastki boltni devor bilan tutashgan nuqtasiga nisbatan kuchlar tengligi sharti asosida muvozanat tenglamasi tuziladi:
Tenglamadan R kuchi topiladi va ruxsat etilgan zo’riqish qiymati asosida bolt diametri aniqlanadi. Topilgan R kuchi asosida kronshteynni devorda sirpanib ketmaslikka tekshirib ko’rish kerak bo’ladi, ya’ni boltlarni tortish natijasida shunday kuchi paydo bo’lishi kerak-ki, paydo bo’ladigan ishqalanish kronshteynni devorda sirpanib ketishiga yo’l qo’ymasin:
Bu erda: f - ishqalanish koeffistienti. Cho’yan – g’isht devorda 0,40...0,45; Cho’yan – yog’ochda 0,40...0,45; Cho’yan – cho’yanda 0,18...0,20 ga teng.
6.18-rasm. Kronshteyn shaklidagi ulanma.
e) Prujinalarning hisobi. Avtomobil transporti vositalarida va unga texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash jarayonida ishlatiladigan asbob–uskuna va jihozlarda prujinalar ko’p qo’llaniladi. Prujinalar qisiluvchi, buraluvchi va cho’ziluvchi turlarga bo’linadi. Ulardan eng ko’p qo’llaniladigani stilindrik vintli prujina bo’lib, yumaloq qirqimali simdan tayyorlanadi.
Prujinalar uskunalar konstrukstiyasida klapanlarning jipsligini ma’lum holatda ushlab turish, issiqdan kengayish deformastiyasini qoplash kabi hilma-xil vazifalarni bajarishda ishlatiladi. Barcha prujinalar uch sinfga bo’linadi va ularning chidamliligi Davlat standartlari bilan kafolatlanadi. Masalan, avtomobil transporti sohasidagi texnologik jihozlar va moslamalarda saqlovchi, o’tkazuvchi va redukstion klapanlarda, ijrochi mexanizm membranasida va boshqa moslamalarda asosan 2-sinf prujinalari ishlatiladi.
Prujinalar sovuq xolda tortilgan uglerodli po’latdan, legirlangan po’latdan va bronza kabi materiallardan tayyorlanadi. Ularni tayyorlashda ruxsat etilgan zo’riqishni, puxtalikni oshirish hamda zanglamaslikni ta’minlash uchun termik ishlovlar beriladi hamda maxsus qobiqlar bilan qoplanadi.
Texnologik jihozlarni loyihalash va ekspluatastiya etishda prujinalar tanlash zaruriyati tug’iladi.
Prujinani tanlash va hisoblash uchun quyidagi dastlabki ma’lumotlar berilishi mumkin: prujinaning tashqi diametri D, mm; prujina kuchi P, N; (agar dastlabki deformastiyasi mavjud bo’lsa P2 kuchi; ishchi yurish masofasi h, mm). Bulardan tashqari prujinaning vazifasi va ishlash sharoitidan kelib chiqib, qo’shimcha prujina qattiqligi, tashqi o’lchamlari va boshqalar berilishi mumkin.
Muxandislik konstrukstiyalarni loyihalash bo’yicha adabiyot va me’yoriy hujjatlarda prujinalar hisobi keng yoritilgan. Shuning uchun avtotransport korxonasi muxandis-texnik xodimlari uchun soddalashtirilgan hisob tartibini keltiramiz:
1. Prujina tayyorlash uchun material tanlash (ekspluatastiya sharoiti, ma’suliyat darajasi, harakat o’zgarishi va b.).
2. Tanlangan material uchun eng katta ruxsat etilgan zo’riqish belgilanadi.
3. Prujinaning o’ramalarini bir-biriga tekkuncha qisadigan kuch miqdori aniqlanadi.
4. Axborotnomadagi jadvallardan prujina diametri d tanlanadi.
5. Prujina simlaridagi haqiqiy zo’riqish aniqlanadi.
6. Prujinaning kerakli qattiqligi hisoblanadi.
7. Prujina ishchi o’ramlar soni aniqlanadi.
8. Prujinaning to’liq o’ramlar soni.
9. Prujinaning o’rtacha diametri
10. Prujinaning dastlabki deformastiyasi
11. Prujinaning ishchi deformastiyasi
12. Prujinaning maksimal deformastiyasi
13. Prujinaning uzunligi (maksimal deormastiyada)
14. Erkin holatdagi prujina uzunligi
15. Prujinaning ishchi deformastiyasidagi uzunligi
16. Erkin holdagi prujina qadami cho’ziluvchi prujina uchun
17. Tarqatilgan prujina uzunligi
Keltirilgan hisoblar bilan birgalikda adabiyotda keltirilgan nomogrammalardan, kompyuter dasturlaridan ham foydalanib prujinani tanlash va tekshirib ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |