Texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi



Download 13,31 Mb.
bet31/78
Sana13.06.2022
Hajmi13,31 Mb.
#666066
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
Bog'liq
Маруза матни-ТЖ ва УЭ-2020

Nazorat savollari

  1. Avtomobillarning tortish xususiyatlarini diagnostikasida qanday turdagi jihozlardan foydalaniladi?

  2. Chiqindi gazlar zaharliligini nazorat qilish jihozlarining turlari va ishlash tartibi qanday?

  3. Dizel dvigatellari ta’minot tizimi agregatlari qanday jihozlar yordamida diagnostikalanadi?

  4. Injektor tizimli avtomobillarning ta’minot tizimini diagnostikalash uchun qanday jihozlar qo’llaniladi?

  5. Kompressometr va kompressograflar qanday maqsadlarda ishlatiladi?

6. Dvigatelni ta’mirlashda qanday turdagi moslama va yechgichlardan foydalaniladi?


5-MAVZU. AVTOMOBILLARNING HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLOVCHI TIZIM VA BIRIKMALARINI DIAGNOSTIKALASH, TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH VA TA'MIRLASH ISHLARI UCHUN JIHOZLAR
REJA:
1.Avtomobillarning boshqaruv tizimlarini diagnostikalash jihozlari.
2. Yoritgichlarni nazorat qiluvchi jihozlar.
3.G’ildiraklarning o'rnatish burchaklarini diagnostikalash jihozlari.
4.Avtomobil osmasini diagnostikalash jihozlari.
5.Transmissiya agregatlari texnik holatini aniqlovchi va ularga texnik xizmat ko'rsatuvchi jihozlar.
6.Avtomobil G’ildiraklarini ajratish-yig’ish va muvozanatlash, shinalarni ta'mirlash jihozlari.
7.Moylash va to'ldirish ishlari uchun jihozlar.
Adabiyotlar ro’yxati: A-4, A-5, A-6, Q-3
1. Avtomobillarning boshqaruv tizimlarini diagnostikalash jihozlari
Bizga ma’lumki, avtomobillarning boshqaruv tizimlari xarakat xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi va o’z navbatida ular tormoz va rul boshqarmalari hisoblanadi. Har bir tizimni alohida o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Tormoz tizimlarini diagnostikalash jihozlari. Avtomobillarning harakatlanish davridagi tormoz tizimini tekshirishda deselerometr (sekinlanishni aniqlovchi asbob) yordamida yoki oddiy nazorat yo’li balan bajariladi. Bu usul juda noaniq bo’lib, hozirgi vaqtda tormoz tizimini jihozlar yordamida tekshirish keng tarqalmoqda.
Bu jihozlar rolikli bo’lib, ular kuchlar orqali ishlovchi va inerstiyali turlarga bo’linadi. Bunda, asosan, tormoz yo’li, sekinlashish, ishga tushish vaqti va bir o’qdagi tormoz kuchining farqi aniqlanadi.
Rolikli jihozlar butun dunyoga tarqalgan. Bu jihozlar 2 ta barabandan, bitta yoki 2 ta bir juft barabandan tuzilgan bo’lib, ulardan biri yuklovchi qurilmaga ulangan bo’ladi. Hozirgi vaqtda yuklovchi qurilmaning gidravlik va indukstion tormozli turlari keng tarqalgan.
Ular bir-biri bilan zanjirli uzatma yordamida biriktirilgan 2 ta bir juftli barabanlardan iborat. Elektromagnit muftalari orqali mustaqil dinamik tizimni tashkil qiluvchi barabanlarga aylanma harakat 55-90 kvt. quvvatga ega bo’lgan elektrodvigateldan reduktor yordamida etkazib beriladi.





4.1-rasm. Rolikli STM-8000 rusumli stendda avtomobil tormozini
diagnostikalash shakllari

Kuch yuritmali stendlarning tuzilishi inerstiyali jihozga (4.2.-rasm) o’xshash bo’lib, faqatgina har bir juft rolik alohida reduktor orqali 4-13 kvt. quvvatga ega bo’lgan elektrodvigatellar bilan harakatga keltiriladi. Bu jihozlarning afzalliklari roliklarning aylanish tezligining kamligi va ko’rsatkichining aniqligidadir, kamchiligi - og’irligida.
Jihoz yordamida diagnostikalashda avtomobilning old va orqa g’ildiraklari alohida-alohida stendga o’rnatilib, jihoz barabanlari elektrodvigatel yordamida aylantiriladi. Ular o’z navbatida avtomobil g’ildiraklarini chiziqli 40 kmsoat tezlikdagi aylanishlar sonigacha aylantiradi va shu holda tormoz pedali bosilib, g’ildiraklarning tormozlanishdagi ko’rsatkichlari aniqlanadi.



4.2-rasm. Kuch yuritmali tormoz stendining sxematik ko’rinishi.
1- rama; 2 - rolik; 3 - zanjirli uzatma; 4 - val; 5 - motor-reduktor; 6 - blokirovkalovchi rolik; 7- avtomobil g’ildiragi; 8- bosim datchigi.

Jihozda sinash ishlarini bajarishda engil avtomobillar va avtobuslar tormoz tepkisiga 490 N, yuk avtomobillari va avtopoezdlarga 686 N kuch bilan ta’sir etib bajariladi. Umumiy solishtirma tormoz kuchining qiymati quyidagicha aniqlanadi:



t  t  Ga,

bu erda: t – hamma g’ildiraklardagi tormoz kuchining umumiy maksimal qiymati; Ga – avtomobilning to’liq massasi
GOST 25478-82 bo’yicha t ning qiymati engil avtomobillar uchun 0,53 dan, avtobuslar uchun 0,46 dan, yuk avtomobillari va avtopoezdlari uchun 0,41 dan kichik bo’lmasligi kerak. O’q bo’yicha tormoz kuchining bir hilda emasligini hisobga oluvchi koeffistient - Kn avtomobilning har bir o’qi uchun alohida quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

bu erda: t.o’ng va t.chap – tormozlashda o’ng va chap g’ildiraklarda hosil bo’luvchi eng katta kuch.


Kn ning qiymati engil avtomobillar uchun 0,09, avtobuslar uchun 0,11, yuk avtomobillari va avtopoezdlar uchun 0,13 dan katta bo’lmasligi kerak.
Tormozning ishga tushish vaqti, tormoz tepkisi bosilgandan toki g’ildiraklar to’xtagunga qadar, ya’ni ajratuvchi rolik to’xtaguncha bo’lgan davrni o’lchash bilan aniqlanadi.
Tormoz mexanizmlarilarning tez ishga tushish vaqti maxsus jihozlar orqali aniqlanadi. Bunda jihozning datchigi tormoz tepkisiga o’rnatiladi, ikkinchi datchik (inerstion) esa avtomobil saloniga mahkamlanadi. Haydovchi tormoz tepkisini bosgan vaqtdan boshlab avtomobil salonining sekinlashishi boshlangan vaqtgacha bo’lgan vaqt tormoz mexanizmining tez ishga tushish vaqti bo’ladi. 4.3-rasmda avtomobil tormozini rolikli STM-8000 rusumli stendda diognostikalash jarayoni ko’rsatilgan. Bu jihoz yordamida tezlik, g’ildirakdagi quvvat (etaklovchi g’ildiraklardagi tortish kuchi), tezlashish va salt yurish ko’rsatkichlari, har xil yuklanish va tezliklarda yonilg’i sarfi aniqlanishi ham mumkin.





4.3-rasm. Tormoz tizimining samarodorligini aniqlovchi Effekt-02 jihozi

Engil va yuk avtomobillar, o’qiga 10 t. ortiq yuklanish tushmaydigan avtobuslar va avtopoezdlar tormoz tizimini diagnostikalovchi qo’zg’almas universal qurilmalar ham mavjud bo’lib, STS 10U-SP-11 (4.4-rasm) Rossiya-Germaniya hamkorligida ishlab chiqilgan. Ushbu qurilmada avtomobillarni diagnostikalash uslublari GOST R 51709-2001 andozasiga to’la mos tushadi.





4.4-rasm. STS 10U-SP-11, rusumli engil va yuk avtomobillar, o’qiga 10 tonnadan ortiq yuklanish tushmaydigan avtobuslar va avtopoezdlar tormoz tizimini diagnostikalovchi qo’zg’almas universal qurilma

Oqim qatorini nazorat etish avtomatlashtirilgan, modul ko’rinishidaligi uzunligini oqim qatorigacha uzaytirish imkonini beradi, qo’llanishi turli bo’lgan sharoitlar uchun xilma-xil ko’rinishlari mavjud. To’la yuritmali avtomobillarni nazorat etishi, avtomobil o’qini chuqur diagnostikalash imkoniyatiga, oddiy va shipli g’ildirak shinalar uchun po’lat qoplangan uzoq muddat xizmat qiluvchi roliklarga ega.
Diagnostikalash ishlarini tashkil etish va texnologiyasi bo’yicha asosiy qo’llanma va me’yoriy hujjat bo’lib, "Avtomobil transporti harakatlanuvchi tarkibi texnik holatini diagnostikalash bo’yicha qo’llanma" xizmat qiladi.
Tormoz kolodkasi qoplamasini almashtirish uchun eski parchin mixlar parmalanib chiqarib olinadi yoki maxsus press yordamida bosib-urib chiqariladi. R-304 turdagi press pnevmatik dastgohdan iborat bo’lib, bundan faqatgina eski parchin mixlarni urib (bosib) chiqarishda emas, balki bu parchin mixlar kallagini tayyorlashda ham foydalaniladi. Press tepki orqali boshqariladi.
Tormoz kolodkasiga yangi qoplamani elimlash uchun maxsus moslamadan foydalaniladi. Qoplama kolodka bilan birlashtirilib, maxsus moslamaga (4.5-rasm) o’rnatiladi hamda 0,2-0,4MPa bosim bilan siqiladi va 175-185S haroratda 1,5-2 soat quritiladi.





4.5-rasm. Tormoz kalodkasiga qoplamani elimlash moslamasi.
1-ushlagich;
2-chegaralovchi halqa;
3-vint; 4-chegaralagich;
5-tormoz kolodkasi;
6-qizdirgich






Download 13,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish