5. Dvigatelni ta’mirlash jihozlari
Dvigatelni ta’mirlashdagi eng asosiy va muhim ishlar quyidagilardan iborat: porshen halqalari, porshenlarni, porshen barmoqlarini, o’zak va shatun bo’ynidagi vkladishlarni (ta’mirlash o’lchamlariga moslab), blok qistirmasini almashtirish, klapanning egarini silliqlash, so’ngra maxsus aralashma bilan artish, maxsus eritmalar bilan moy yo’llarini yuvish va tozalash, redukstion klapanni tozalash yoki almashtirish va boshqalardir.
Gilzani stilindr blokidan echib olish juda og’ir ish hisoblanib, uni pastki qismidan yuqoriga tortib chiqaruvchi maxsus yechgich (3.20-rasm) yordamida siqib chiqariladi. Gilzalarni boshqa usullar bilan chiqarish, stilindrlar blokidagi qo’nim teshigini va gilzalarning o’zi shikastlanishiga olib keladi. Rezinali zichlovchi halqalar o’rnatilgan gilzalar stilindrlar blokiga press yordamida o’rnatiladi. Bu ishni maxsus moslamalar yordamida bajarish ham mumkin. Bunday moslamalardan birining tuzilishi 3.9-rasmda keltirilgan. Rezinkali halqalarni gilzaga kiygizishda, uning ariqchada cho’zilib va buralib ketmasligiga e’tibor berish zarur.
Porshenni almashtirishdan avval uni stilindrga moslab tanlab olish zarur, buning uchun gilzaning o’lchamlar gruppasiga mos keluvchi porshen tanlab olinadi va lentasimon shup yordamida stilindr hamda gilza orasidagi tirqish tekshiriladi (3.21-rasm). Buning uchun porshen yassi shchup bilan birgalikda yuqori qismi bilan stilindrga kiritiladi. Shchup porshen barmog’i o’rnatilish teshigi o’qiga perpendikulyar joylashishi zarur. Keyin dinamometr yordamida shchup tortiladi va shchupni chiqish vaqtidagi kuch aniqlanadi. Aniqlangan kuch avtomobil dvigatellarining turiga qarab, ekspluatastiya yoki ta’mirlash qo’llanmasida keltirilgan me’yoriy ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Masalan, ZIL dvigatellari uchun shupning qalinligi 0,08 mm, eni 13 mm va uzunligi 200 mm bo’lishi hamda uni stilindr bilan porshen orasidan tortib chiqaruvchi kuchning kattaligi 35-45 N ni tashkil qilishi kerak. Agarda tortib chiqaruvchi kuch me’yoridagi ko’rsatkichdan farq qilsa, u holda porshen boshqasiga almashtiriladi.
|
|
3.20-rasm. Gilzani stlindrlar blokiga presslash moslamasi: 1-maxsus o’q; 2-ushlagich; 3-gilza; 4-tanyach halqa; 5-tiqin
|
3.21-rasm. Porshen va stilindr orasidagi tirqishni tekshirish shakli
|
Porshen bilan shatunni bir-biriga biriktirishdan avval shatun kallaklari parallelligini tekshirish zarur, buni indikatorli tekshirish moslamasida (3.22-rasm) amalga oshiriladi.
Tekshiruvdan so’ng porshen 60S haroratdagi moyli vannaga solinib qizdiriladi, keyin esa porshen barmog’i porshen babishkasi va shatunning yuqori kallagiga presslanadi. Presslangandan so’ng babishkadagi ariqchaga chegaralovchi halqalar o’rnatiladi. Porshen bilan shatun yig’masini stilindr blokiga o’rnatishdan avval, porshen halqalarini porshen ariqchasiga joylashtiriladi. Porshen ariqchasi bilan porshen halqasi orasidagi tirqish shchup yordamida (3.23-rasm) aniqlanadi.
|
3.22-rasm. Shatunni tekshirish va to’g’rilash moslamasi:
1-shatunni to’g’irlash uchun tayanch; 2-moslama korpusi; 3-shatun; 4-shatunning yuqori kallagi uchun tiqin; 5,7-indikatorlar; 6,8-tayanchlar; 9-to’g’rilash uchun kalit; 10-shatunning pastki kallagi uchun tiqin
3.23-rasm. Porshen halqasi va ariqchasi orasidagi tirqishni tekshirish shakli
|
Porshen halqasining tutashish joyidagi tirqish shchup yordamida (3.24-rasm) aniqlanadi. Agar u me’yoridan kichik bo’lsa, halqaning tutashish joylari egovlanadi. Bu ishlarni bajargandan so’ng halqa porshenga o’rnatiladi. O’rnatilgan halqalarning tutash joylari har tomonga aylana bo’yicha qo’yib chiqiladi. Porshen yig’masini stilindrga o’rnatish maxsus moslama yordamida amalga oshiriladi (3.25-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |