Texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi



Download 13,31 Mb.
bet30/78
Sana13.06.2022
Hajmi13,31 Mb.
#666066
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78
Bog'liq
Маруза матни-ТЖ ва УЭ-2020

3.24-rasm. Porshen halqasining tutashish joyidagi tirqish o’lchamini aniqlash.
1-shchup; 2-stilindr ichki yuzasi;
3-porshen halqasi

3.25-rasm. Porshen yig’masini stilindrga o’rnatish.
1-stilindr blokidagi gilza; 2-moslama; 3-porshenning shatun va halqalar bilan birgalikdagi yig’masi





3.26-rasm. Shpilkalarni echish uchun dinamometrik kalit:
1 - prujinka;2 - shpilka; 3 - shpilka mahkamlangan bo’dak;4 - disk

Kalitning(1) prujinasi Msh burovchi momentni uzatishi uchun etarli kuch bilan tortilgan bo’lishi kerak. Bunday rostlashda disk(4) to’rt-besh buralishdan so’ng engil buralishi kerak. Aks holda shpilkani almashtirish kerak.
Shpilkalarning o’rnatilishini tekshirish uchun dinamometrik kalitdan foydalaniladi. Buning uchun avval shpilka (2) (3.26-rasm) qo’l bilan burab kiritiladi, so’ng kalitning diskidan (4) ushlab, shpilkani bo’lak tanasiga (3) burab mahkamlanadi.
Tirsakli val podshipniklaridagi tirqish, nazorat qiluvchi jez plastinkalari yordamida aniqlanadi (3.27-rasm).






3.27-rasm. O’zak podshipniklarining diametrial tirqishini tekshirish: 1-podshipnik qopqog’i;2-nazorat plastinkasi

Moylangan plastinka ichquyma va val bo’yni orasiga qo’yiladi hamda qopqoq boltlari dinamometrik kalit yordamida har bir dvigatel uchun belgilangan me’yoriy burovchi moment bilan tortiladi. (ZIL dvigatellarida tayanch podshipniklari 110-130 Nm, shatun podshipniklari 70-80 Nm). Agar 0,025 mm li plastinka qo’yilganda tirsakli val juda bo’sh aylansa, bu - tirqishning katta ekanligini ko’rsatadi. U holda tirsakli val bo’yni orasiga har biri 0,025 mmga qalinroq bo’lgan moylangan plastinkalar qo’yib borilib tirsakli val hosil qiluvchi kuch bilan aylanadigan bo’lguncha davom ettiriladi va plastinkaning qalinligiga qarab kerakli o’lchamdagi vkladishlar tanlanadi.


Alyumindan tayyorlangan stilindr blokida klapan yo’naltiruvchi vtulkalarning teshigi edirilgan bo’lsa, yangisiga almashtirish uchun gidravlik press va maxsus moslama ishlatiladi. Klapan faskalarining edirilishi va o’yilishi tozalash yoki silliqlash yo’li bilan bartaraf qilinadi. Tozalash ishlari uchiga klapanni o’ziga majburan tortib turadigan «so’rg’ich» o’rnatilgan pnevmatik drel yordamida bajariladi.
Agar klapan egarlarining faskasini tozalash yo’li bilan tiklab bo’lmasa, u holda yuza yo’nish yo’li bilan ta’mirlanadi. Yo’nish 15, 30, 45, 75li yo’nuvchi asboblar yordamida bajariladi (3.28-rasm). 30li asbob kirituvchi klapan egarlari uchun, 45li asbob chiqaruvchi klapan egarlari uchun mo’ljallangan. Yo’nishdan so’ng faska siliqlanadi va tozalanadi.





3.28-rasm. Klapan egarlarini yo’nish ketma-ketligi

Klapan egari o’yilib ketgan yoki bo’shab qolgan bo’lsa, maxsus yechgich yordamida chiqarib olinadi (3.29a-rasm), teshik esa ta’mirlash o’lchamiga moslab kengaytiriladi. Ta’mirlash o’lchami bo’yicha tanlab olingan klapan egari maxsus presslagich yordamida qoqiladi (3.29b-rasm).


a)

b)

3.29-rasm. Klapan egarini yechgich yordamida chiqarish (a) va joyiga qoqish (b) shakllari: 1-yechgich korpusi; 2-vint; 3-uchta ushlagichli gayka; 4-tortish prujinasi; 5-ushlagichlarni tortuvchi konus; 6-yechgich ushlagichi; 7-klapan egari; 8-stilindr kallagi; 11-qoqkich; 12-markazlovchi barmoq

Klapanlarni saralashda, ularning to’g’riligi va ishchi faskalarini sterjenga nisbatan notekisligi aniqlanadi. Sterjen tag qismining notekis edirilishi charx yordamida tekislanadi. Koromislodagi edirilgan bronza vtulkalari yangisiga almashtirilib, uning ichki diametri ta’mirlash yoki me’yoriy o’lchamga keltiriladi.
Tirsakli valning edirilgan tayanch va shatun o’rnatuvchi bo’yinlari hamda gaz taqsimlovchi valning tayanch bo’yinlari silliqlash jihozlari yordamida ta’mirlash o’lchamlariga keltiriladi. Avtoservis korxonasida dvigatellarni ta’mirlash va boshqa ustaxonalardagi ajratish-yig’ish ishlarini bajarish uchun tuzilish jihatdan har hil bo’lgan jihozlardan foydalaniladi.
3.30-rasmda dvigatellarni ajratish va yig’ish stendlari keltirilgan bo’lib, ular a-bir ustunli, kam sig’imli dvigatellarga; b-ikki ustunli, katta sig’imli dvigatellarga; v- barabanli tuzilishda bo’ladi.







a) bir ustunli 5.4502 rusumli

b) ikki ustunli

3.30-rasm. Bir va ikki ustunli hamda barabanli dvigatelni ajratish va yig’ish jihozlari



v) barabanli


Download 13,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish