Avtomobil transporti vositalarini innavastion (noananaviy tarzda) tozalash usullari Suv tanqisligi sharoitida horijiy firmalar avtomobillarni suvsiz yoki qisman suv ishlatib yuvadigan avtomobil transportini yuvish jihozlarini ishlab chiqmoqdalar.
Shulardan, Olmoniyaning «OBAG» firmasi 1/4/70/6 modelidagi avtomobillarni suvsiz yuvish jihozini ishlab chiqdi. Uning ishlash tartibi quyidagicha: rels ustida rolik yordamida harakatlanuvchi oddiy yuvish qurilmasiga uchta elektrodli nurlatgichlar o’rnatilgan va ularga 220 v li kuchlanish tarmog’iga ulangan elektrodlardan kichik to’lqinlar yuboriladi. Bunday nurlanish ta’sirida yuzadagi chang va kirliklarda molekulyar tebranishlar hosil bo’lib, ular yumshaydi. Bunda suv umuman ishlatilmaydi. Sarflanadigan quvvat atigi 2000 Vt ni tashkil etadi. Ish jarayoni 5 sekunddan oshmaydi (bu vaqt ichida yuvish qurilmasi avtomobil sirtidan uzunasi bo’ylab bir marta o’tadi. Uning kamchiligi yuvish sirtini biroz isishi hisoblanadi (tahminan 40 0S gacha). Ammo firma tomonidan o’tkazilgan sinashda, bunday harorat yuvish sirtiga salbiy ta’sir ko’rsamasligi aniqlandi.
Italiyaning “IALA” firmasi ishlab chiqqan cho’tkasiz yuvish jihozida avval avtomobil kuzovi manfiy zaryadlangan mayda yuvish tarkibi bilan bombardimon qilinadi. Tomchilar chang va kirliklarga urilib, ularni yuza sirtidan ko’chiradi. So’ngra yuzaga musbat zaryadlangan dush beriladi. Bunda yuza kirdan to’liq holos bo’ladi. Yuvish oxirida avtomobil chayiladi va issiq havo bilan quritiladi. Ish jarayoniga hammasi bo’lib 4 minut vaqt sarflanadi.
Olmoniyada elektr o’tkazuvchi materiallardan tayyorlangan predmetlar, shu jumladan avtomobil kuzovini yuvish usuli patentlangan. U sachratilayotgan yuvish tarkibini o’tkazgich sifatida ishlatilishi bilan xarakterlanadi. Elektr toki sachratma orqali o’tib, yuzaning tozalanishini yaxshilaydi. Tozalanayotgan yuza va yuvish tarkibini sepuvchi sepgich o’zgarmas tok manbaining qutblariga ulangan. Tok manbai sifatida “liandr” turidagi kichikroq chastotali generator ishlatiladi. Sachratmaning elektr o’tkazuvchanligini oshirish uchun yuvish aralashmasiga qo’shimcha qo’shiladi. Tokning bir tekis o’zgarishini “sepgich-sachratma-yuvish sirti” zanjiriga ulangan reostat amalga oshiradi. Yuzani yaxshi yuvish uchun sachratish yo’nalishi va tok qutblari o’zgartirib turiladi.
Avtomobil sirtini “yuvish elkanchalari” yordamida tozalash ham patentlangan. Bu holda yuvish mashinasining asosini rama tashkil etib, uning orasidan avtomobilning o’tishi ta’minlanadi. Har bir tozalash moslamasida qattiq element bo’lib, u sirpanish xususiyatiga ega. Element ichiga esa elkanchalar o’rnatilgan. Elkanchalar parallel osilgan bo’lib, ular avtomobil yo’nalishiga ko’ndalang tarzda harakatlanadi. Elkanlar bir qator osilgan bir nechta lentalardan iborat. Harakatlanish natijasida lentalar yuvish sirtining tepa, yon, oldingi va orqa hamda chuqur yuzalariga va bamperga ta’sir etib, ularni tozalaydi.
Avtomobilni yuvishdan so’ng artuvchi aylanuvchan moslama ham patentlangan bo’lib, u yuvish mashinasining tarkibiy qismi sifatida ishlatiladi. U rotorli artuvchi va avtomobilning tagidan bo’ylama harakatlanuvchi moslamalardan tuzilgan. Harakatlanuvchi rotor gorizontal tekslikda aylanadi, unga qisqa masofalarda suv shimuvchi yumshoq lentalar osib qo’yilgan. Lentalar yuzaga tegib aylanishi natijasida suv qoldiqlari quritiladi. O’z navbatida namlangan lentalarni quritish va suvini siqish ham ko’zda tutilgan.
Avtomobil agregatlarini yuvish qurilmalarining ba’zilari 2.12 rasmlarda keltirilgan.
Avtomobil agregatlarini yuvish qurilmalaridan ba’zilarining (rasmlar ilovada keltirilgan) texnik tavsiflari 2.2-jadvalda keltirilgan.