Rezbali birikmalarni hisoblash
Mahkamlash detallari asosan past va o’rtacha uglerodli – st.10, st.20, st.35 va boshqa po’latlardan tayyorlanadi. Po’lat vintlar, boltlar va shpilkalar tayyorlash uchun olingan materiallar 12-sinf pishiqligiga ega bo’lishi kerak. Ular ikki raqamli son bilan belgilanadi va uning birinchi soni 100 ga ko’paytirilsa, materialning pishiqlik chegarasini, agar birinchi sonni ikkinchisiga hamda 10 soniga ko’paytirilsa, materialning oquvchanlik chegarasi kelib chiqadi. Masalan, 4.6 belgi uchun = 400 MPa, 240 MPa bo’ladi. Mas’uliyatli detallar uchun 40X, 30XGSA po’latlaridan foydalaniladi va ularni zanglashdan saqlash uchun mis, stink va boshqa himoya metallari bilan qoplanadi.
6.14-rasm. Boltli mahkalash ulanmalari.
Rezbali maxkamlash ulanmalarning pishiqligi faqat mos material tanlashdan tashqari, to’g’ri rezba tanlash (katta, mayda bir-birini qoplovchi va b.) hamda detalning eng muqobil konstrkstiyasini tanlash, ya’ni bolt yoki gayka zo’riqish joylarida ma’lum egriliklar mo’ljallash hisobiga ham oshiriladi.
Rezbali ulanmalar quyidagi sabbalarga ko’ra ishdan chiqadilar:
-ezilish, eyilish, rezbani qirqilishi (6.14 a -rasm);
-kallakni sinishi (6.14 b-rasm);
-bolt kallagi ostidagi o’tuvchi qirqim bo’yicha yoki rezba bo’yicha sterjenni uzilishi ( 6.14 v-rasm).
Ko’rib chiqilgan sabablardan kelib chiqib, aytish mumkinki, rezbali mahkamlash ulanmalarini pishiqligi sterjenning cho’zilishiga bo’lgan pishiqligi bilan baholanadi, ya’ni asosiy mezon bo’lib hizmat qiladi. Bunda bolt rezbasining eng chuqur joyi havfli deb hisoblanadi va bu o’lcham ichki diametr di bilan belgilanadi.
Detallarni mahkamlashdagi har xil zo’riqishlarning paydo bo’lish hollari va ularni hisoblashni misollarda ko’rib chiqamiz.
O’q bo’yicha kuch ta’sir etuvchi, qotirilmagan bolt hisobi. Bu holda bolt, vint, shpilka faqat cho’zilishga ishlaydi (6.14 a-rasm). Bo’ylama R kuchi ta’sirida hosil bo’ladigan kuchlanish quyidagicha aniqlanadi:
bu erda: -bolt qirqimining yuzasi, mm2
Ushbu formula yordamida boltning ruxsat etilgan zo’riqishga chiday oladigan eng minimal diametrini aniqlash mumkin:
bu erda: do –bolt diametrining eng kichik diametri.
Tashqi cho’zuvchi kuch ta’sir etuvchi, qotirilgan bolt hisobi. Bu holda ulanmaning zichligi va qattiqligini ta’minlash maqsadida bolt, vint yoki shpilka dastlabki Ro kuch bilan qotiriladi (6.15-rasm).
bu erda Ro – dastlabki qotirish kuchi;
x - tashqi yuklamaning necha qismi boltga ta’sir etishini hisobga oluvchi koeffistient.
Agar ulanma detallari zichlagichsiz qotirilsa x = 0,2...0,3 ga, agar zichlagichlar yordamida qotirilsa x = 0,4...0,5 ga teng.
|
6.15-rasm. Tashqi cho’zuvchi kuch ta’sir etuvchi, qotirilgan bolt
|
Oldindan qotirilgan boltlar ham cho’zilishga ham buralishga ishlaydi. Shuning uchun ikki xil zo’riqishga tekshirib ko’riladi va ularning o’rtacha kvadratik qiymati aniqlanadi va uni ekvivalent zo’riqish deb belgilanadi:
Metrik rezbalar uchun ekvivalent zo’riqishni soddalashtirilgan formula bilan ham hisoblash mumkin:
Detallari teshikka tirqishsiz ulangan boltlar hisoblari (6.16-rasm). Bu xolatda bolt ko’ndalang kuch ta’sirida zo’riqadi, natijada bolt qirqilish va ezilishga ishlaydi. Qirqish zo’riqishi teng:
6.16-rasm. Detallari teshikka tirqishli a) va tirqishsiz b) ulangan boltlar.
Ezilish zo’riqishi teng
bu erda: δ -boltning kuch ta’sir etuvchi yuzasini o’lchami, mm.
Hisob ikki xil zo’riqish bo’yicha amalga oshiriladi va katta qiymat tanlanadi.
Agar ulanma tirqish yordamida qotirilgan bo’lsa, detallarni tashqi kuch ta’sirida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi asosida hisoblanadi. Qotirish kuchi quyidagicha aniqlanadi:
N
bu erda: i – ishqalanish yuzalari soni;
Do'stlaringiz bilan baham: |