5.4-rasm. Dinamometrik kalit: 1-kallakni o’rnatgich; 2-ko’rsatkich; 3-egiluvchan sterjen; 4-shkala; 5-ushlagich
Cho’yan kallaklar issiq holatda, alyumin kallaklar esa sovuq holatda mahkamlanadi.
Katta qotirish momenti (300-900 N.m.) talab qiluvchi mahkamlash birikmalari, masalan, ressor stremyankasi va yuk avtomobili g’ildiraklarining gaykalarini qotirish uchun inerstiyali kalit keng qo’llaniladi. Inerstiyali kalit sterjen, uch tomonlariga qo’shimcha massa o’rnatilgan burchak va almashtiriladigan kallak to’plamidan iborat. Aylantirgich sterjenga maxsus mufta bilan ulangan. Mufta konstrukstiyasi aylantirgichni sterjenda taxminan yarim aylanishgacha erkin buralishini ta’minlaydi. Aylantirgichni erkin buralish chegarasida keskin burash va uning tayanchga urilishi natijasida inerstiya kuchi dinamik yuklama hosil qilinadi.
Mexanizatstiyalashgan asboblarga turli gayka va vint buragichlar kiradi. Ular yuritmasining turiga qarab elektrik, pnevmatik va gidravlik turlariga bo’linadi. Mahkamlash detallarini qotirish xarakteriga qarab aylanuvchi va aylanuvchi-uruvchi gaykaburgichlar mavjud. Ularning hammasi qotirish momentini o’zgartirish imkonini beruvchi maxsus qurilmaga ega.
5.5-rasm. 15.100 modelli g’ildirak gaykasini qotirish va echish gaykaburagichi
|
TXK va JT postlarida maxsus gaykaburagichlar ishlatiladi. Masalan, I-330 turidagi gaykaburagich yuk avtomobillari va avtobuslar g’ildiragi gaykalarini qotirish va echish uchun xizmat qiladi (5.5-rasm).
Gaykaburagichning ishlash prinstipi - ulash vaqtida maxovikda hosil bo’lgan quvvatni etaklanuvchi valga uzatishdan iborat.
Richag yoqilganda, elektrodvigatelda hosil bo’lgan burovchi moment yassi tasma orqali etaklovchi val maxovigiga ikki kulachokli uzatgich, ikki kulachokli shlistali mufta, prujina, etaklanuvchi val, kallakli kalit orqali uzatiladi.
|
Birinchi yuklanishda burovchi moment 350-450 Nm ni tashkil etadi. 1000-1100 Nm moment hosil qilish uchun muftani 4-5 marta uzib-ulash zarur. Gaykaburagichlardan foydalanish avtochilangarlarning ish sur’atini 3-4 barobarga oshiradi.
|
|
5.6-rasm. 420 Nm, pnevmatik
gaykaburagich
|
5.7-rasm. GEDORE OZ 1040 EI-TH, uruvchi, reversiv gaykaburagich
|
Pnevmatik va dinamik drellar (5.6-5.9 rasmlar) ham TXK va ta’mirlash ishlarida keng qo’llaniladi. Ularning o’qiga har hil o’lchamda almashtiriluvchi kallaklar o’rnatish mo’ljallangan.
Mahkamlash-qotirish ishlarini bajarish uchun doimiy ravishda chilangarning kalitlar komplekti (majmuasi), maxsus kalitlar va moslamalar keng qo’llaniladi.
Ta’mirlash jarayonida detallarni oddiy tiskilar va maxsus moslamalar yordamida verstakka mahkamlanadi. Maxsus moslamalarda ishchi organi bo’lib eksstentriklar keng qo’llaniladi.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun parma dastak va sakrovchi tishli (trecho’tka) kalitlar qo’llaniladi.
|
|
5.8-rasm. GEDORE 5137, to’pponcha dastali buragich
|
5.9-rasm. GEDORE 5019, pnevmatik drel patron 10 mm
|
Agregatlarni ta’mirlashda, qimirlamaydigan qilib o’rnatilgan detallarni ajratish uchun, qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan qo’l presslari qo’llaniladi.
Presslar qo’l va mexanizastiyalashtirilgan, sug’urgich va moslamalar (s’emniki), kuzov koftasini to’g’rilash jihozlari, kuzovni ta’mirlash va to’g’rilash stendi, agregatni stendga siqib qo’yish jihozlari kabi turlarga bo’linadi.
Presslar mexanik-vintli, gidravlik va pnevmogidravlik yuritmali turlarga bo’linadi.
Presslab biriktirilgan bo’laklarni ajratish va presslab biriktirish uchun qo’l kuchidan foydalanuvchi har xil yyechgichlar mavjud.
Yechgichni ishlatish jarayonida korpusdagi rezba vaqt o’tishi bilan edirilib ketadi, uni tiklash murakkab va qimmat hisoblanadi. Shuni nazarda tutib, korpus teshigiga kuch vinti uchun ichki rezbali vtulka o’rnatiladi va ular edirilganda almashtiriladilar. Vtulkalar korpusga rezba yordamida yoki presslab o’rnatiladilar va stopor vinti yordamida qo’zg’almas holatda mahkamlanadilar.
Vtulkani korpusga o’rnatishda ( rezba yordamida yoki presslab kiritishdan qat’iy nazar) eng maqbuli korpusning tag qismidan o’rnatish hisoblanadi, chunki bu holatda o’q bo’yicha vintga tushuvchi kuch korpusga vtulka orqali uzatiladi.
Pnevmatik yechgichlar ishlashi va tuzilishi bo’yicha gidravliklarga o’xshash bo’ladi. Ularning hosil qiluvchi kuchlari uncha katta emas 4000-8000 N, chunki tizimdagi havoning bosimi katta bo’lmaydi. Ammo bo’laklarni echishda katta kuch talab etilmasa, bunday yechgichlar oddiy va ishlatilishi qulay hisoblanadi. Misol tariqasida 5.13-rasmda 4-105Pa (4 kgs/sm2) havo bosimiga mo’ljallangan va 7000 N (700 kG) gacha kuch hosil qiluvchi pnevmatik yechgich tasvirlangan.
Presslarni mexanizastiyalashda gidravlik va pnevmogidravlik yuritmalar keng qo’llaniladi (5.14-5.15 rasmlar).
Agregatlarning ta’mirtalab bo’laklariga ishlov berish: teshik ochish (5.16- rasm), bukish, yuza qismlarini silliqlash hamda metall xom-ashyodan korxona sharoitida bo’laklar yasash uchun turli jihozlardan foydalaniladi.
a)
|
b)
|
|
5.13-rasm. Traktor gidroyurit-masidan ta’minlanuvchi gidro-yuritmali yechgich:
A-birinchi variant; 1-ilgak; 2- traversa; 3-trubka; 4-shlang; 5-trubka; 6-kran; 7-shtok; 8-zaщelka; b)ikkinchi variant: 1-yuklovchi vint; 2-gayka; 3-prujina; 4-shlang; 5-stilindr; 6-plunjer; 7-ilgak.
|
|
|
5.14-rasm. 5.2146-rusumli pol ustida joylashuvchi gidravlik press, 45 t.
|
5.15-rasm. 5.2125-rusumli stol ustida joylashuvchi gidravlik press, 10 t.
|
Bo’laklarga teshik ochish uchun chilangarlik stoli(5.21-rasm) ustiga joylashtiriluvchi parmalash stanogidan yoki qo’l drelidan, bo’laklarni mahkamlab qo’yib ularni ta’mirlash uchun turli qisqichlar(5.17-rasm)dan, yangi bo’laklarni yasash uchun esa tokarlik stanoklaridan (5.18-rasm) foydalaniladi.
|
|
|
5.16-rasm. E-1516B/230 rusumli stol ustida parmalash jihozi.
|
5.17-rasm. Qisqichlar
|
|
5.18-rasm. Mini-tokarlik stanogi SM-300E
|
5.19-rasm. Universal tokarlik stanogi
JET-516
|
5.20-rasm. Chilangarlik stoli
mod. 01.2-55-G5015
|
Do'stlaringiz bilan baham: |