Texnologik jihozlar va ularning ekspluatatsiyasi


v) Avtomobillarning yetaklovchi ko’prigini sinash jihozi



Download 13,31 Mb.
bet51/78
Sana13.06.2022
Hajmi13,31 Mb.
#666066
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Bog'liq
Маруза матни-ТЖ ва УЭ-2020

v) Avtomobillarning yetaklovchi ko’prigini sinash jihozi. Asosiy ta’mirlashga qabul qilingan avtomobillardan yetaklovchi ko’priklar yechib olinadi, tashqi tomoni yuviladi, alohida uzellar va detallarga qisman yoki to’liq ajratiladi, so’ng yuviladi, saralanadi. Ko’priklar quyidagi uzellarga ajratiladi: asosiy uzatma; yetaklovchi konussimon shesternya; differensial (g’ildiraklararo); yetaklanuvchi konussimon shesternya; yarim o’qlar. Orqa ko’prik yig’ilgandan keyin stendda sinaladi va yuklanishsiz ham yuklanish bilan ham ishlovga qo’yiladi. Bunda orqa ko’prikdagi nuqsonlar va yuqori tonli shovqinlar bor-yo’qligi topiladi. Shesternyalardan shovqin bir tekis chiqishiga yo’l qo’yiladi.
g) Amortizator, ressora va osma prujinalarini sinash jihozi. Ressorning egilishi andazalar yordamida tekshiriladi. Agar uning yoysimonli nominal yoysimonlikdan kichiqroq bo’lsa, u holda varaqlarni sovuqlayin egib tuzatiladi. Bordiyu ressorning egilishi ikki martadan ham ko’proq kamaygan bo’lsa, u holda varaqlarni dastlab 700-8000 ºC gacha qizdirib so’ng tuzatiladi. Shundan keyin ular moyda toblanadi va kerakli qattiqlikkacha bo’shatiladi. Yig’ishdan oldin ressor varaqlariga grafit yoki 30% universal surkov moyi, 30% «P» grafiti va 40% transformator moyidan iborat bo’lgan aralashma surtiladi.
Richagli amortizatorlardagi asosiy nosozliklar suyuqlikning sizib oqishi yoki richagning qiyin siljishidir.
Nuqsonlarni yo’qotish uchun amortizatorni avtomobildan echib olinadi, yaxshilab tozalanadi va kerosinda yuviladi. So’ng u qismlarga to’liq yoki qisman ajratiladi va tuzatiladi.
Amortizatorni yig’ish teskari ketma-ketlikda bajariladi. Amortizator valigining gaykasi 40-50 Nm, stilindr qopqog’i esa 450 Nm lahza bilan qotiriladi. Amortizator korpusiga suyuqlik qo’yilgandan so’ng, porshenning engil va ravon harakatlanishi richagni burib ko’rish orqali sinovdan o’tkaziladi. Maxsus stendda amortizatorning zichligi ham tekshiriladi.


5.35-rasm. Amortizator ustuni prujinasini tortish jihozi

Ikkala tomonga harakatlanishda ham amortizatorning qarshiligi bir hil bo’lsa va ravon ishlasa, bunday amortizatorlar soz deb hisoblanadi. Aks holda amartizatorni qismlarga to’liq ajratib, undagi eyilgan va shikastlangan detallar almashtiriladi.
Amortizatorni yig’ishda unga faqat yangi toza suyuqlik to’ldiriladi (urchuq moyi yoki trubina va transformator moylari teng ulushda qo’shilgan aralashma). Maxsus stendda amortizatorlar sinovdan o’tkaziladi. Amortizatorni ikkala yo’nalishdagi qarshiligi va shovqinsiz ishlashi aniqlanadi. Sinov natijalari texnik shartlarga mos tushishi lozim.

Siqish yoki qaytish yo’lidagi maksimal qarshilik kuchi, texnik shartlardan ko’rsatilgan quyi chegaradan 25 foizdan ortiq qiymatga pasayib ketsa, u holda amortizatorlar almashtiriladi.
Kapital ta’mirdan chiqarilgan amortizatorlarning barvaqt qizib ketishi sinovdan o’tkaziladi, shuningdek, nazorat qilish va rostlash uchun diagrammalar (xarakteristikalar) olinadi.
Amortizator richagining uchiga to’g’ri keladigan kuchni etalon diagrammadan aniqlasa bo’ladi, buning uchun etalon diagramma sinash vaqtida yozib olingan diagramma bilan solishtirib ko’riladi. Sinalayotgan amortizatorning ishga yaroqliligi etalon diagrammani sinash vaqtida yozib olingan diagramma ustiga qo’yib ko’rish yo’li bilan aniqlanadi.
Sinalayotgan avtomobilning avval tormozlari rostlanadi va bosh uzatma bilan differenstialning ishi tekshiriladi. Buning uchun tormoz qurilmasi bor turli stendlardan, masalan, asinxron elektrik dvigateli bor universal stendlardan foydalaniladi.
Orqa ko’prikning ishlashini va sinovini stendda ichki kuchlar bilan – yopiq kontur bo’yicha yuklanish berib o’tkazsa ham bo’ladi.



Download 13,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish