6. Avtomobil g’ildiraklarini ajratish-yig’ish va muvozanatlash, shinalarni ta’mirlash jihozlari
G’ildiraklarni ajratish-yig’ish jarayonidagi qo’l mehnatini engillatishda qo’zg’almas shinamontaj jihozlardan (4.22-rasm) foydalaniladi. Yuritma turiga qarab, bunday jihozlar mexanik, gidravlik va pnevmatik bo’ladi.
Monti 3300 GP-rusumli
|
TWC-502-rusumli
|
4.22-rasm. Shinamontaj qurilmalari
|
Avtomobil servisi korxonalari uchun texnologik jihozlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan xilma-xil shinamontaj qurilmalari ishlab chiqarilmoqda. Kuyida shularning ayrimlari bilan tanishtirib o’tamiz.
Yuk avtomobillarining shinasini demontaj qilish uchun Sh-509,TSKB-2467, StKB-2422, StKBSh-501 M-turdagi gidravlik yuritmali jihozlar ishlab chiqarilgan. Sh-509 turdagi jihoz 7,5020 dan 12,0020 gacha bo’lgan o’lchamdagi shinalarni demontaj va montaj qilish uchun mo’ljallangan. Buning uchun g’ildirak shinasi bilan (kameradan havosini chiqarib yuborib) vertikal holatda (gidravlik ko’targich yordamida markazga to’g’rilab) pnevmatik patron bilan mahkamlanadi. Mexanik qurilma yordamida qulflash halqasi echib olinadi. Bort halqasi 140 kN ga etadigan kuch bilan keriladi va echib olinadi. So’ngra, shinaga yechgich panjaralarini (g’ildirak diski xoshiyasi bilan bort orasiga) pona qilib qo’yiladi, bort g’ildirak xoshiyasidan (215 kN kuch bilan) ajratiladi va shina diskdan surib siljitiladi.
Yuk avtomobillarining g’ildiraklari yig’ilgan holatda (ayniqsa, juflanganlari) katta og’irlikka ega. Shuning uchun ularni echib olish va o’rnatish ma’lum qiyinchiliklarni tug’diradi. Bu ishlarni engillatish uchun avtomobil g’ildiraklarini echib olish, o’rnatish hamda ularni ta’mirlash stexlariga eltish uchun maxsus aravachalardan (4.23-rasm) foydalaniladi.
4.23.-rasm. Avtomobillar g’ildiraklarini echib olish, o’rnatish va tashish uchun aravacha. a- umumiy ko’rinishi; b- ish jarayonida.
ARTIGLIO MASTER 26 MI qurilmasi (4.24-rasm) universal, to’la avtomatlashtirilgan, o’lchami 26 dyuymgacha bo’lgan barcha turdagi g’ildiraklar uchun mo’ljallangan, qurilmada past profilli va RUN FLAT (shu jumladan, PAX) shinalarni xam ajratish va yig’ish mumkin. Jihoz avtomatik tarzda g’ildiraklarni ko’tarish, o’rnatish, ajratish-yig’ish, ajratish kalitini moslashtirish, shina chetini ajratish va ko’tarish amallarini bajaradi.
4.24-rasm. ARTIGLIO MASTER 26 MI avtomatik shina ajratish jihozi
|
Shinani havo bilan to’ldirish tizimi qisish mushtchasi orqali amalga oshiriladi. Tepki bosilganda montaj ustuni orqaga og’adi va pnevmoyuritma yordamida oldinga keladi. Montaj kallagi ishchi holatida pnevmatika yordamida ushlab turiladi. Shinaga havo berish tepki yordamida boshqariladi.
Shinaning bir tekisda eyilishini ta’minlash hamda undan uzoq muddat foydalanishga erishish uchun g’ildiraklarni almashlab qo’yiladi. Har 1012 ming km masofadan so’ng (yo’l sharoitiga bog’liq holda), g’ildirak shinasi bilan birga zavod tavsiya etgan shakl asosida o’rinlarini almashlab qo’yish tavsiya etiladi.
Barcha boshqarish tizimlari ergonomik pultga kiritilgan. Disk diametri 12...26 dyuym, shinaning maksimal diametri 1100/43 mm/dyuym, shina eni 360/14 dyuym, yuritma dvigatelining quvvati 0,55 kVt.
Zaxiradagi shina esa faqat uning holati, boshqa shinalar bilan bir xil bo’lgandagina almashlab qo’yiladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |