O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI
“TEXNOLOGIK JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH VA PARAMETRLARNI OPTIMALLASHTIRISH” fanidan kurs loyihasining
HISOB-TUSHUNTIRUV YOZUVI
Bajardi: 7M-TMJ-2020 guruh magistranti
H.Yodgorova
Tekshirdi: t.f.n., dots. B.Otaxanov
Namangan - 2021
MUNDARIJA
Kirish
Bugungi kunda Davlatimiz rahbarining 2019 yil 16 yanvardagi “Yog'-moy tarmog'ini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to'g'risida”gi qaroriga asosan, Yog'-moy sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi. Ayni paytda uning tarkibida 240 dan ortiq yirik va kichik korxona mavjud, ular tomonidan 60 turdagi va 200 dan ortiq xildagi yog'-moy mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Investitsiyaviy dastur doirasida tarmoqda 2021 yilda qariyb 300 milliard so'm miqdorida sarmoya o'zlashtirilishi, shundan 76,3 milliard so'mi kafolatlanmagan xorijiy kreditlar hissasiga to'g'ri kelishi mo'ljallangan,- deydi uyushma raisi o'rinbosari Qamariddin Serkaev. — Bu ko'rsatkichlar 2022 yilda 344,5 milliard so'mni (shundan 86,7 milliard so'mini kafolatlanmagan xorijiy kreditlar), 2023 yilda 386,1 milliard so'mni (shundan 92,2 milliard so'mi kafolatlanmagan xorijiy kreditlar)ni tashkil qiladi.
Tahlillar yirik korxonalar bilan bir qatorda ixcham quvvatlarning ham samaradorligini ko'rsatyapti. Uyushma mutaxassislari tomonidan yaratilgan moy ishlab chiqarish modul kichik tsexi uning amaliy tasdig'i. Hozirga qadar hech qaerda muqobili bo'lmagan bunday tsexning har biri kuniga 5-10 tonna xomashyoni qayta ishlash quvvatiga ega. Kichik konteynerga joylashtirilgan ushbu tsexga har qanday moyli mahsulotni tozalash, maydalash, sovuq usulda presslash, filьtrlash, rafinatsiyalash va qadoqlash uskunalari o'rnatilgan. Ularning 75-80 foizi mahalliylashtirilgan. Ayni paytda modul tsexlarga nainki yurtimizda, xorijda ham qiziqish ortib boryapti. Masalan, yaqinda afg'onistonlik tadbirkorlar tomonidan uning 4 tasi xarid qilindi. Bundan tashqari, tizim korxonalarida tish yuvish pastasi, oziq-ovqat emilsifikatorlari, atir sovun, o'simlik moyidan qattiq yog' ishlab chiqarish, soya va palьma moyini qayta ishlash bo'yicha zamonaviy korxonalar barpo etish singari istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Oziq-ovqat mahsulotlarining arzon va yetarliligi xalq roziligining asosiy omillaridan biridir. Buni ta`minlash maqsadida so'nggi 3 yilda mamlakatimizda oziq-ovqat, chorvachilik, meva-sabzavotchilik va qishloq xo'jaligining boshqa tarmoqlarini rivojlantirish uchun 28 trillion so'm kredit mablag'lari ajratilgan. Birgina chorvachilik yo'nalishida 11 trillion so'mlik loyihalar amalga oshirildi. Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasining narx-navoga ta`siri inobatga olinib, o'tgan yil aprelь oyidan boshlab asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importi bojxona to'lovlaridan ozod qilingan. Lekin shu kabi choralar ko'rilishiga qaramay, o'tgan yilga kelib dunyo bozorida o'simlik yog'i narxining oshishi 20 foizga ham yetmagan bir paytda, Markaziy bankning pul-kredit siyosati bo'yicha sharhida qayd etilishicha, yurtimizda yog' va moy mahsulotlarining narxi o'rtacha 26,9 foiz o'sgan. Yog'-moy sanoat korxonalari uyushmasi ma`lumotlariga qaraganda, 2021 yilning yanvarь-fevralь oylari davomida mamlakatimizda o'simlik yog'lari narxi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 17-18 foiz oshishi kuzatilgan. Keyingi paytda faqat paxta yog'i narxining barqarorligi saqlanib turibdi. Xususan, O'zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining shu yil 15-19 martdagi kotirovkasida paxta yog'ining bir litri 11712 so'mni tashkil etib, avvalgi haftadagiga nisbatan 0,3 foiz pasaydi.
Mamlakatimiz chigitni eksport qilmaydi. U, asosan, paxta yog'i olishda ishlatiladi. Demak, ekin maydonlari qisqarganiga qaramay, uning hosildorligi qancha oshsa, chigit shuncha ko'payadi va bu, o'z navbatida, paxta yog'i iste`mol narxining barqarorligini ta`minlashga, chorva ozuqalari ko'payishiga xizmat qiladi. Keyingi oylarda ham dunyo bozorida aksar oziq-ovqat mahsulotlari kabi o'simlik yog'i narxlarining o'sishi kuzatilyapti. Yog'-moy sanoat korxonalari uyushmasi raisi o'rinbosari Qamariddin Serkaevning ta`kilashicha, yurtimiz aholisining yog'-moyga bo'lgan ehtiyojining katta qismi import hisobiga qoplanadi. Bu esa narx-navo beqarorligiga katta ta`sir ko'rsatadi. 2019 yili Rossiyada 15 million tonnadan ko'proq moyli xomashyo yetishtirilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2020 yilda 12,5 million tonnani tashkil etdi. Shuning uchun Rossiya o'z bozorini himoya qilish choralarini ko'ryapti. Jumladan, 2021 yilning 9 yanvaridan 30 iyunigacha bo'lgan davrda Rossiya hukumati mamlakat tashqarisiga olib chiqiladigan kungaboqar va raps doniga eksport bojini 30 foizgacha oshirdi, uning pastki chegarasi bir tonna uchun 165 yevro etib belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |