Texnologik jarayonlarni modellashtirish va parametrlarni optimallashtirish


Rafinatsiyalash jarayonini matematik modeli



Download 451,02 Kb.
bet6/7
Sana23.01.2022
Hajmi451,02 Kb.
#406056
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kursavoy to\'liq 3-semestr

2.2. Rafinatsiyalash jarayonini matematik modeli

Bug’lanish tezligini oshirish uchun distillyasiya jarayoni ochiq bug’ berish bilan olib boriladi. Shunda uchuvchan modda molekulalari bir-biri bilan va dezodorasiyaga berilayotgan pufakchalari bilan uchrashadi. Bug’ oqimi uchuvchan moddalar molekulalarini ushlab qolib, ularni bug’lanish yuzasiga chiqaradi. Uchuvchan modda molekulalarini bug’lanish yuzasidan chiqib ketish tezligi, bug’lanish yuzasi ustidagi bosimga va kiritilayotgan o’tkir bug’ning umumiy yuzasiga bog’liq bo’ladi.

Bug’lanish yuzasiga chiqqan uchuvchan moddalarni hamma molekulalari kiritilayotgan bug’ga to’liq sorbsiyalanishi zarur.

Ochiq bug’ (острый пар) ishtirokida yog’dagi uchuvchan moddalarni bug’lanish jarayonini quyidagi bog’liqlik (formula) bilan ifodalash mumkin.

V = V1 – (1 – P/P1)

Bu yerda: V – distillyasiya tezligi;

V1 – bug’lanishning absolyut tezligi;

R – suyuqlik ustidagi kiritilayotgan bug’ni bosimi;

R1 – bug’lanish temperaturasidagi uchuvchan moddalarning to’yingan bug’ bosimi.

Amaliyotda dezodorasiya jarayoni har xil turdagi 5 ta asosiy texnologik omillarni o’z ichiga oladi: 1-vakuum; 2-temperatura; 3-bug’ning xossasi va sarfi; 4-dezodorasiya uskunasining konstruksiyasi o’ziga xosligi bug’ va yog’ hajmi turli xil nisbatidagi; 5-yog’ning hid va ta’mini belgilovchi uchuvchan moddalarning tarkibi ularning bug’ni elastikligi va bug’lanish tezligi.

Sanab o’tilgan omillarni dezodorasiya jarayonidagi bog’liqligi quyida ko’rsatilgan.

Bu yerda: A – dezodorasiya uchun sarflangan bug’ miqdori;

R – dezodoratordagi bosim;

Ro – dezodoratordan chiqib chiqayotgan toza uchuvchan moddadar

bug’ining bosimi;

Cn - Sk – yog’dagi uchuvchan moddalarning boshlang’ich va oxirgi

konsentrasiyasi;

a – bug’lanish koeffisiyenti

Keltirilgan tenglamaga binoan kiritilayotgan bug’ miqdori va dezodorasiya vaqti – dezodoratordagi qoldiq bosimga, dezodorasiya qilinayotgan yog’ning umumiy miqdoriga shuningdek uchuvchan moddalarning boshlang’ich va oxirgi konsentrasiyalari nisbatining logarifmiga to’g’ri proporsionaldir. Uchuvchan moddalar bug’larining umumiy bosimga va bug’lanish koeffisiyentiga teskari proporsionaldir.

Uchuvchan moddalarning to’liq bug’lanishi yog’ning yuza qatlamida bir zumda bug’lanishga ya’ni vakuumga bog’liq.

To’liq vakuum kiritilayotgan bug’ pufakchalarining maydalanishiga sharoit yaratadi. Natijada uchuvchan moddalar va bug’ning bir-biriga tegishini effektiv yuzasi kattalashadi va bug’lanish koeffisiyenti maksimal qiymatgacha ko’tariladi.

Bug’lanish jarayoni oson borishi uchun, yog’ni har bir tomchisi hamda bug’ pufakchalarini maksimal darajada havosi siyraklashgan muhitga o’tkazish hisobiga bug’lanish yuzasini kengaytirish zarur.

B unda davriy dezodorasiyada ma’lum darajada intensiv ravishda yog’ni aralashtirish va kiritilayotgan bug’ning hajmi bir zumda kattalashadigan yuqori darajadagi vakuum hosil qilish bilan erishiladi. Vakuum oshishi bilan bug’ning hajmi kengayadi, ya’ni pufakchalarni ishchi yuzasi ko’payadi.

Dezodorasiya jarayoni vakuum (siyraklashish) va berilayotgan ochiq bug’ni hajmiga bog’liq.

Vakuum 0 dan 702,6 mm sim.ust. gacha o’zgarganda bug’ hajmining kengayishi 0,76 dan 9,9 m3 gacha bo’ladi. Vakuum 755,4 mm sim.ust. ga teng bo’lganda, bug’ hajmi 93 m3 ga yetadi, ya’ni 702,6 mm sim.ust. ga qaraganda 10 marta ko’p. Shu bilan birga to’liq vakuum – vaqtni tejash va dezodorasiya jarayonining temperaturasini kamaytirishga imkon beradi.

Dezodorasiyaning texnologik sharoitlari Effektiv Davriy dezodorasiyani samarali ishlashi uchun asosiy talablarni keltirib o’tamiz.

1. Imkon boricha to’liq – chuqur vakuum hosil qilish.

2. Yog’ni tezlik bilan qizdirish va kerakli temperaturagacha sovitishni ta’minlash.

3. Yog’ va kiritilayotgan quruq bug’ning kontaktini ta’minlash.

4. Vakuum sistemasini maksimal darajada zichligini ta’minlash.

5. Yog’ va kiritilayotgan bug’ning ularda erigan havodan ajratish.

6. Yog’ni, uskuna va aralashmalarni katalitik oksidlashidan himoya qilish.

Davriy dezodorasiya jarayoni 170-2100C da uzluksiz dezodorasiya 2100C dan yuqori temperaturada olib boriladi. Qoldiq bosim 0,66 kPa dan oshmasligi kerak.

Dezodorasiya jarayoniga ta’sir qiluvchi ayrim omillar.

1. Vakuum-qoldiq bosim 2-5 mm sim.ust. da bo’lishi kerak. Bu vakuum ko’p bosqichli bug’ ejektorli vakuum nasos yordamida hosil qilinadi.

2. Dezodorasiya temperaturasi. Yuqorida ko’rsatilgandek davriy dezodorasiya 170-210 0C temperaturada olib boriladi. Har bir yog’ o’ziga xos optimal temperaturaga ega. Shular jumlasidan, kungaboqar, paxta, soya, kanop va boshqa ayrim yog’lar 165-190 0C temperaturada yaxshi dezodorasiyalanadi.

3. Kiritilayotgan bug’. Ma’lumki dezodorasiya jarayonida faqatgina suv bug’i emas balki yog’ga nisbatan neytral va hidga ega bo’lmagan arzon gazlar ishlatilishi mumkin.

Dezodorasiyaga keladigan bug’ quruq bo’lishi kerak. Chunki nam bug’ yog’ni gidrolitik parchalashga olib kelishi mumkin.

Kiritilayotgan bug’ning temperaturasi past bo’lsa, yog’ning ta’miga salbiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga yuqori temperatura ham salbiy ta’sir ko’rsatib yog’ni oksidlanishiga olib keladi. To’yingan bug’ning qo’llanilishi esa kondensat hosil bo’lishiga olib keladi.

Xulosa

Xulosa qildimki donni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish uchun mamlakatda korxonalarning tarmoqlari tashkil qilingan. Bu tarmoqning samarali tuzilganligi don va uni qayta ishlash mahsulotlari hajmi bilan belgilanganligi bilan katta ahamiyatga ega ekanligini, hamda Elevator sanoati tarmoqlarini tuzishda korxonaning vazifasi donni tayyorlovchidan iste’molchiga yetkazib berishdagi o'rnidan kelib chiqadi. Bu qoidaga asoslanib elevator—omborxona korxonalari tayyorlov, oraliq va ishlab chiqaruvchi turlarga bolinadi.

Tayyorlov korxonalari donni ishlab chiqaruvchilardan qabul qiladi, dastlabki ishlov beradi, saqlavdi va vazifasiga ko‘ra jo‘natadi. Don ko'pinclia avtomobil transportidan qabul qilinadi va temir yo‘l hamda suv transportiga vuklab, jo‘natiladi. Tayyorlov kor­xonalarida urug‘lik donga ishlov berish muhim o'rin tutadi. Oraliq korxonalar donni operativ zaxiralarini saqlashga mo‘ljallangan. Oraliq korxonalarning asosiy vazifasi: donni temir yo‘l hamda suv transportidan qabul qilishi, tozalasli va quritish, uzoq muddat saqlash, temir yo‘l transportiga yuklash. Oraliq korxonalarga don dastlabki ishlov berilgan holda keltiriladi. Shunga qaramasdan, donni tozalash va quritish oraliq korxonalarning aso­siy jarayoni hisoblanadi. Oraliq korxonalar yirik don turkumlarini jo‘natishga tayyorlaydi. Bu donlar ma’lum talablarga javob berishi kerak. Bu korxonalar yirik don turkumlariga ishlov beradi va yuqori unumdorlikdagi texnologik va transport jihozlari bilan ta’minlangan.

Oraliq elevator korxonalari yirik temir yo'l stansiyalarida, temir yo‘l va suv yo'llari kesishgan joylarda quriladi. Bu korxonalar katta unumdorlikdagi donni qabul qilish va jo‘natish jihozlari bilan ta’minlangan. Elevator sanoatining oraliq korxonalariga davlat don zaxiralarini saqlashga moijallangan elevatorlar kirishi. Davlat zaxiralariga moijallangan don uch—to'rt yil saqlanadi. Shu sababli donnnig sifatiga yuqori talablar qo'yilganini anglab yetdim va bilib oldim.




Download 451,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish